O’zbekistonning gidroenergetika salohiyati
Respublikada ishlab chiqarilayotgan umumiy elektr quvvatining 15%i gidroelektrostantsiyalar qolgan 85%i – issiqlik elektr stantsiyalarida ishlab chiqariladi.
Bugungi kunda Oʻzbekistonda umimiy quvvati 12400 MVt boʻlgan 45 ta elektrostantsiya faoliyat yuritmoqda. Ulardan 32tasi gidroelektrostantsiyalar boʻlib, ularning umumiy quvvati 1900 MVtni tashkil qiladi.
Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning qaroriga koʻra, yaqin besh yil ichida Oʻzbekiston elektr ishlab chiqarish tizimiga 890 mln. dollarlik investitsiyalar kiritish rejalashtirilgan.
Elektroenergetika rivojlanishida asosiy eʼtibor qayta tiklanadigan energiya manbaalariga qaratiladi. Xususan gidroenergetika sohasida 42 ta oʻrtacha va kichik GESlar qurilib, mavjud boʻlgan 32ta GES zamonaviylashtiriladi.
Oʻzbekistonda gidroenergetika rivojlanishiga bagʻishlangan infogrfikamizda ushbu maʼlumotlar bilan batafsil tanishishingiz mumkin.
Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning qaroriga muvofiq 2017-2021 yillarda, 42ta yangi gidro elektro stantsiyalar qurilishi va 32 ta amal qilayotgan GESlarni zamonaviylashtirish rejalashtirilgan.
Respublikada gidroenergetika rivojlanishining quyidagi ustuvor yoʻnalishlari belgilangan:
Qayta tiklanadigan energiya manbaalari hisobidan, yangi generatsiya quvvatlari yaratish va mavjud quvvatlarni yangilash;
Har taraflama asoslangan ilmiy-texnik yechimlar asosida katta, oʻrta, kichik va mikro GESlar qurish bilan Respublika gidroenergetika quvvatini oshirish;
Respublika suv manbaalariga har tomonlama ehtiyotkorona munosabatda boʻlish;
Boshqa davlatlar bilan chegara hududlarida joylashagan suv manbaalariga oid xalqaro shartnomalar asosida qabul qilingan majburiyatlarni toʻliq bajarish;
Prezident qarori, Respublika energetika balansida qayta tiklanadigan energiya manbaalari miqdorini bosqichma-bosqich oshirib borish va shuning asosida ekologik toza generatsiya manbaalari yaratish, mavjud boʻlgan gidroelektro stantsiyalarni texnik va texnologik qayta jihozlash, xalqaro tajribani hisobga olib suv manbaalarida samarali foydalanish, energetika manbaalarini oʻzaro mvofiqligini oshirish va shuning hisobidan aholi va korxonalarning elektr energiyasiga boʻlgan talabini toʻliq qondirish maqsadida qabul qilingan.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Muxammadiev М.М., Nizomov O.Х. Gidroturbinalar. O’quv qo’llanma.- Т., 2006
2. A.Rahimov, “Umumiy elektrotexnika”, Toshkent, “O‟qituvchi”, 1981-yil.
3. A.Rahimov, “Elektrotexnika va radiotexnikadan amaliyot”, Toshkent, “O‟qituvchi”, 1983-yil
Internet manbalari
1. http://www. Google.com
2. http://www. Ziyonet.uz
3. http://www.globaltrouble.ru
4. http://www.fizika.uz
Do'stlaringiz bilan baham: |