Gidroenergetik qurilmalar elektr qismi, rele himoyasi va avtomatikasi


Kesuvchi  tipdagi  ajratkichlarda



Download 3,69 Mb.
Pdf ko'rish
bet46/148
Sana08.01.2022
Hajmi3,69 Mb.
#332674
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   148
Bog'liq
fayl 1629 20210826

 Kesuvchi  tipdagi  ajratkichlarda
  pichoq  qoʻzg’almas  kontaktlardan 
birining atrofida aylanadi, pichoqqa harakat chinni tortqi orqali valdan uzatiladi. 
Kontaktlardagi  kerakli  bosim  prujinalar  orqali  hosil  qilinadi.  Kesuvchi 
tipdagi  ajratkichlarning  kontakt  tizimining  tuzilishini  koʻrib  chiqamiz  (4.9-rasm). 
Izolyator  1  da  toʻg’ri  burchak  ostida  bukilgan  mis  shina  mahkamlangan  boʻlib,  u 
qoʻzg’almas  kontakt  2  hisoblanadi.  Kontakt  2  ning  yon  tomonlari  silindrik  sirt 
koʻrinishida  ishlangan,  shuning  uchun  pichoq  6  plastinalari  bilan  chiziqli  kontakt 
hosil  qiladi.  Sterjen  5  ga  oʻrnatilgan  prujinalar  4  poʻlat  plastinalar  Z  ni  bosadi, 
plastinalar  chiqqan  joylari  bilan  pichoqlarni  qoʻzg’almas  kontaktga  siqadi. 
Kontaktda bosim qancha katta boʻlsa, oʻtish qarshiligi shunga kichik boʻladi, lekin 
uzishlar  va  ulashlardagi  ishqalanish  hisobiga  kontaktlar  yeyilishi  katta  va 
ajratkichni  operatsiyalardagi  harakatlantirish  uchun  qoʻyiladigan  kuch  shuncha 
katta boʻladi. 
Q.t.  toklarining  oʻtishi  paytida  tokning  pichoq  plastinalaridan  kontaktlarga 
oʻtish  joylarida  elektrodinamik  kuchlar  hosil  boʻladi,  ular  kontaktdan  pichoqlarni 
itarishga  harakat  qiladi.  Boshqa  tomondan,  pichoq  plastinalari  bir  tomonga 
yoʻnalgan  toklarning  oʻzaro  ta’siri  sababli  bir-biriga  tortiladi.  Q.t.  toklari  katta 
boʻlganda itarish kuchlari plastinalar pichoqlarining tortish kuchidan katta boʻlishi 
mumkin,  bu  plastinalar  pichoqlarini  kontaktdan  otilib  chiqishiga,  yoyning  paydo 
boʻlishiga,  ya’ni  avariyaga  olib  keladi.  Buning  oldini  olish  uchun  ajratkichlarda 
magnit  qulf  qurilmasi  koʻzda  tutiladi.  U  pichoq  tashqarisiga  joylashgan  ikkita 
poʻlat plastinalar 3 dan iborat boʻlib, birinchidan, prujinalar bosimini uzatish uchun 
xizmat  qilsa,  ikkinchidan,  q.t.  toklaridan  magnitlanib  bir-biriga  tortiladi  va 
kontaktda  qoʻshimcha  bosim  hosil  qiladi.  Ikkinchi  izolyatordagi  ajratkichning 
kontakt  tizimi  ham  shunday  konstruksiyaga  ega,  faqat  kontaktlar  sirpanuvchi, 
sharnirli, lekin ajralmaydigan boʻladi, chunki pichoq oʻq 7 atrofida aylanadi.  
Yerga  tutashtiruvchi  pichoqlar  boʻlsa,  ular  sharnirli  yoki  ajraluvchi 
kontaktlar  tomonida  yoki  ikkala  tomonda  joylashishi  mumkin.  Uch  qutbli 
qurilmalarda, ular umumiy mis shinalar bilan qisqa tutashtiriladi.  
Yerga  tutashtiruvchi  pichoqlar  bosh  pichoqlar  ulangan  holatda,  ularning 


 
88 
ulanishiga  yoʻl  quymaydigan  mexanik  blokirovkaga  ega.  Yerga  tutashtiruvchi 
pichoqlarni  boshqarish  uchun  dastadan  valga  harakat  beruvchi  richaglar  (ПР) 
tizimidan yoki chervyakli yuritmadan (ПЧ) tashkil topgan oddiy qoʻl yuritmasidan 
foydalaniladi.  Bosh  pichoqlarni  ulash  yoki  uzish  bu  operatsiyalarni  masofadan 
amalga  oshirish  imkonini  beradigan  elektr  dvigatel  yuritmasi  (ПДВ)  tomonidan 
amalga oshiriladi.  
Oʻz-oʻzidan  uzilishi  yoki  ulanishni  yoʻqotish  uchun  yuritmaning  richaglar 
tizimi yordamida ajratkich ulangan yoki uzilgan holatda ishonchli tutib turiladi. 
Komplekt ekranlangan tok oʻtkazuvchi qurilmalar uchun pichog’i ilgarilama 
harakat  qiladigan  aylanuvchi  tipidagi  ajratkichlar;  chervyakli  yuritma  bilan 
boshqariladigan  qirquvchi  tipidagi; 
ZR
  tipidagi  yerga  tutashtiruvchi  ajratkichlar 
qoʻllaniladi. 

Download 3,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   148




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish