4.3.1.
Ichki qurilmalar uchun ajratkichlar
Ichki qurilmalar uchun bir qutbli (РВО) yoki uchqutbli (РВ, РВК, РВРЗ va
shu kabi) ajratkichlar qoʻllaniladi. Uch qutbli ajratkichlar umumiy ramada yoki har
bir qutb uchun alohida ramada tayyorlanishi mumkin. Har bir qutb ajratkichning
yuritmasi bilan ulangan umumiy val orqali birlashtiriladi. 1000 A gacha boʻlgan
toklarga ajratkichning pichog’i ikkita mis polosadan, katta toklar uchun pichoq
uch-toʻrt polosadan tayyorlanadi. Shina konstruksiyalaridagi kabi, katta toklarda
materialdan yaxshi foydalanish uchun, qoʻzg’almas kontaktlar qutisimon kesimda,
ajratkich pichog’i, esa tog’ora shaklda tayyorlanishi kerak.
87
Do'stlaringiz bilan baham: |