Gidroenergetik qurilmalar elektr qismi, rele himoyasi va avtomatikasi



Download 3,69 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/148
Sana08.01.2022
Hajmi3,69 Mb.
#332674
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   148
Bog'liq
fayl 1629 20210826

Kontaktorlar  -  bu  uzoqdan  ta’sir  etadigan  apparatlar  boʻlib,  normal  ish 
rejimidagi elektr zanjirlarni koʻp ulash va uzish uchun xizmat qiladi.
 Kontaktorlar 
3-4000  A  tokka  kuchlanishining  oʻzgarmas  tokida  220,  440,  650,  750  V  va 
oʻzgaruvchan tokida 380, 500 va 660 V ga moʻljallab ishlab chiqariladi va soatiga 
600-1500  marta  ulash  imkonini  beradi.  Kontaktorlarning  ayrim  maxsus  seriyalari 
soatiga 14000 martagacha ulash imkoniyatini beradi. 
Kontakt  tizimi  elektromagnit  yordamida  ulanadigan  elektromagnit 
kontaktorlar eng koʻp qoʻllaniladi.  
Kontaktorlar bosh kontaktlar tizimi, yoy soʻndiruvchi qurilma elektromagnit 
tizim va yordamchi kontaktlardan tashkil topgan. Kontaktorning ishlash prinsipini 
shartli sxemasi boʻyicha koʻrib chiqamiz (3.3-rasm). Elektr sxemasidan koʻrinadiki 
(3.3-rasm,  a),  kontaktorning  bosh  kontaktlari  K  dvigatel  D  zanjiriga  ulangan, 
g’altak esa yordamchi kontaktlar BK va boshqarish knopkalarining ishga tushirish 
Pusk toʻxtatish Stop orqali boshqarish zanjiriga ketma-ket ulangan. 
Kontaktorning  konstruktiv  sxemada  (3.3-rasm,  b)  oʻzak  14  ga  oʻrnatilgan 
g’altak  15  dagi  kuchlanish  uzilgan  va  harakatlanuvchi  tizim  prujina  11  ta’sirida 
normal  holatga  kelgan  momenti  tasvirlangan.  Kontaktlar  2  va  7  orasida  hosil 
boʻladigan  yoy  izolyatsion  toʻsiqlar  4  bilan  kamera  5  da  soʻnadi.  Yoy  kameraga 
magnit  tizim  hosil  qilgan  magnit  maydon  hisobiga  tortiladi  va  u  bosh  zanjirga 
ketma-ket ulangan  g’altak 16 dan,  poʻlat  oʻzak 1  va qutb uchliklar 17 dan tashkil 
topgan. 


 
63 
 
3.3-rasm. Kontaktorning shartli sxemasi: a)-bir qutbli kontaktorning elektr 
sxemasi; b) – shartli konstruktiv sxemasi 
 
Kameraning  chiqishida,  kamera  tashqarisiga  ionlashgan  gazlarning 
chiqishiga toʻsqinlik qiladigan yoy soʻndiruvchi panjara 3 oʻrnatilgan. 
Kontaktorni  ulash  uchun  g’altak  qismasiga  ishga  tushirish  knopkasi  Puskni 
bosish yoʻli bilan kuchlanish beriladi.  G’altakda magnit oqim F hosil boʻladi va u 
yakor  10  ni  oʻzakka  tortadi.  Yakorda  harakatlanuvchi  kontakt  7  mahkamlangan 
boʻlib,  u  qoʻzg’almas  kontakt  2  ga  tekkandan  keyin,  uning  ustida  sirpanadi  va 
kontaktlar  sirtidagi  oksid  plyonkani  buzadi.  Kontaktlarda  bosish  prujina  8 
yordamida  hosil  boʻladi.  Kumushdan  tayyorlangan  kontakt  ustquymalar  6  oʻtish 
qarshiligining  minimal  boʻlishini  ta’minlaydi.  Ayrim  hollarda  ustquymalar  yoyga 
chidamli  metallokeramikadan  tayyorlanadi.  Kontaktor  ulangan  vaziyatda  oʻzining 
g’altagi  ulangan  holda  ushlab  turiladi.  Kontaktor  ulangandan  soʻng  yordamchi 
kontaktlar  12  (BK)  ishga  tushirish  knopkasi  Puskni  shuntlaydi,  shuning  uchun 
ishga tushirish knopkasining ajralishi g’altak 15 (K) zanjirini uzmaydi. 
Yakor 10 da temirdan tayyorlangan nomagnit qistirma 9 boʻlib, u oʻzakdagi 
qoldiq 4 induksiyadan hosil boʻladigan tortish kuchini kamaytiradi. Shunday qilib, 
g’altak  15  dan  kuchlanish  olinganda  yakor  «yopishib  qolmaydi».  Boshqarish 
zanjiridagi  kuchlanish  ancha  kamayganda,  shuningdek,  u  yoʻqolganda  kontaktor 
avtomatik ravishda uziladi. 


 
64 
Zamonaviy  kontaktorlar  yopiq  plastmassa  korpusda  (KTU  seriyasi)  ishlab 
chiqariladi. 
 
3.4-rasm. PA tipli magnitli ishga tushirgich: a) – elektr sxemasi;  
b) – konstruktiv sxemasi 
 
Kontaktorlar  qurilmani  normal  boʻlmagan  rejimlar  (oʻta  yuklanish,  q.t. 
toklari)  dan  muhofazalay  olmaydi,  shuning  uchun  ular  avtomatik  boshqarish 
sxemasida  normal  boʻlmagan  rejimni  sezadigan  va  elektromagnit  g’altakning 
zanjirini uzadigan maxsus rele bilan birgalikda qoʻllaniladi. 
Magnitli  ishga  tushirgichlar  -  bu  odatda,  uch  qutbli  kontaktordan, 
oʻrnatilgan  issiqlik  relelaridan  va  yordamchi  kontaktlardan  tashkil  topgan 
qurilmadir.
  Ular  quvvati  75  kVt  gacha  boʻlgan  uch  fazali  elektr  dvigatellarni 
boshqarish  uchun  xizmat  qiladi.  Ishga  tushirgich  PA  ning  konstruktiv  va  elektr 
sxemasi  44-rasmda  koʻrsatilgan.  Ishga  tushirish  knopkasi  Pusk  bosilganda, 
toʻxtatish Stop knopkasi va issiqlik relelarining TRP
1
, TRP
2
 ajraladigan kontaktlari 
orqali,  kontaktor  K  (5)  ning  g’altagiga  tok  beriladi.  Elektromagnitning  yakori  oʻq 
O
1
  atrofida  aylanib,  oʻzak  4  ga  tortiladi.  Bunda  qoʻzg’almas  kontaktlar  2 
qoʻzg’aluvchan kontakt koʻprigi 8  bilan  tutashadi.  Kontaktlardagi bosilish prujina 
9 yordamida amalga oshiriladi. Bir vaqtda yordamchi kontaktlar BK tutashib, ular 
ishga  tushirish  Pusk  knopkasini  shuntlaydi.  Elektrdvigatel  yuklama  ortganda 


 
65 
issiqlik relelari 11 ning ikkalasi  yoki bittasi ishga tushadi,  g’altak zanjiri  TRP
1
 va 
TRP
2
  kontaktlari  orqali  uziladi.  Bunda  yakor  6  oʻzak  orqali  boshqa  ushlab 
turilmaydi  va  oʻzining  xususiy  og’irligi  hamda  prujina  7  ta’sirida  qoʻzg’aluvchan 
tizim  kontaktlarni  ajratib,  uzilgan  holatga  oʻtadi.  Har  bir  fazada  ikki  marta  (ikki 
joyda) uzish va yopiq kamera 10 maxsus qurimasiz yoyning soʻnishini ta’minlaydi. 
Toʻxtatish  Stop  knopkasi  bosilganda  ham  ishga  tushirgich  xuddi  kontaktor  kabi 
uziladi. 
Amortizatsiyalaydigan prujina 3 ulash vaqtida qoʻzg’aluvchan qismni keskin 
zarblardan  saqlaydi.  Ishga  tushirgichning  hamma  detallari  metall  asos  1  ga 
mahkamlanadi. 

Download 3,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   148




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish