79
4.4-rasm Havoli uzgichlarining konstruktiv sxemalari: a, b – katta nominal tokka muljallangan
uzgich; v – 35 kVli ochiq
qurilmalardagi uzgich; g – 110 kVli ochiq qurilmalardagi uzgich; 1 –
siqilgan
havoli rezervuar; 2 – yoy sundiruvchi kamera; 3 – shuntlovchi rezistor;
4 – bosh
kontaktlar; 5 – ajratkich; 6 – sig’imli kuchlanish boʻlgich
Havoli uzgichlarning konstruktiv sxemalari turlicha boʻlib, ularning nominal
kuchlanishi, uzilgan holatdagi kontaktlar orasida izolyatsion oraliq hosil qilish
usuli yoy soʻndiruvchi qurilmaga siqilgan havoni yuborish usuliga bog’liq. Katta
nominal toklarga moʻljallangan uzgichlarda(4.4-rasm, a, b) kam moyli МГ va
МГГ lariga oʻxshash bosh va yoy soʻndiruvchi kontur mavjud. Uzgich ulangan
holatda tokning asosiy qismi ochiq joylashgan bosh kontaktlar 4 boʻyicha uzadi.
Uzgichlar uzilganda bosh kontaktlar birinchi boʻlib uziladi, bundan soʻng tok
kamera 2 ga joylashgan yoy soʻndiruvchi kontaktlardan oʻtadi. Bu kontaktlarning
uzilish vaqtida kameraga idish (rezervuar) 1 dan siqilgan havo beriladi, yoyni
soʻndiruvchi kuchli puflash hosil boʻladi.
Puflash boʻylama (4.4-rasm, a) yoki koʻndalang (4.4-rasm, b) boʻlishi mumkin.
Uzilgan holatda kontaktlar orasida kerakli izolyatsion oraliq yoy soʻndiruvchi
kamerada kontaktlarni kerakli oraliqqacha ajratish yoʻli bilan (4.4-rasm, b) yoki
80
ochiq joylashgan maxsus ajratgich 5 (4.4-rasm, a) bilan hosil qilinadi. Ajratgich 5
uzilgandan soʻng kameraga siqilgan havo haydash toʻxtatilib, yoy soʻndiruvchi
kontaktlar tutashadi. Bu konstruktiv sxema asosida tayyorlan-gan uzgichlar ichki
qurilmalar uchun 15 va 20 kV li kuchlanish va 20000 A gacha boʻlgan toklar (ВВГ
seriyasi) ga moʻljallab ishlab chiqariladi.
Ochiq qurilmadagi uzgichlarda yoy soʻndiruvchi kamera chinni izolyator
ichiga joylashib, 35 kV li kuchlanishga har bir faza uchun bitta uzilish boʻlishi
yetarli hisoblanadi (4.4-rasm, v), 110 kV ga esa har fazaga ikkita uzilish lozim
boʻladi (4.4-rasm, g). Bu konstruksiyalar orasidagi farq shundaki, 35 kV li
uzgichda izolyatsion oraliq yoy soʻndiruvchi kamera 2 da hosil qilinadi, 110 kV li
va undan yuqori kuchlanishli uzgichlarda esa yoy soʻndirilgandan keyin ajratgich 5
kontaktlari uziladi va ajratgich kamerasi uzilgan holatdagi butun vaqt ichida
siqilgan havo bilan toʻla boʻladi. Bunda siqilgan havo yoy soʻndiruvchi kameraga
berilmaydi va undagi kontaktlar tutashadi. Yuqorida koʻrib chiqilgan havo
uzgichlar kontaktlarning pastiga oʻrnatilgan alohida siqilgan havo bakiga ega.
Agarda kontakt tizimini yerdan izolyatsiya qilingan siqilgan havo kamerasiga
oʻrnatilsa, yoyning soʻnishi ancha tez boʻladi (4.4-rasm, d). Bu yerda uzgich
oʻchganda siqilgan havoning bakini bajaruvchi yoy soʻndiruvchi kamera 2, puflash
kanallar orqali tashqi muhit bilan bog’langan, shuning uchun puflash hosil boʻladi
va yoy soʻnadi.
Do'stlaringiz bilan baham: