Germaniy. Qalay. Qo’RG’oshin germaniy. Z=32


Germaniy (IV-xlorid) GeCl



Download 28,38 Kb.
bet2/5
Sana12.07.2022
Hajmi28,38 Kb.
#780464
1   2   3   4   5
Bog'liq
Germaniy. Qalay. Qo’rg’oshin

Germaniy (IV-xlorid) GeCl4 – germaniy xlor oqimida qizdirilganda, shuningdek, germaniy(IV)-oksidning HCl dagi qaynoq emulsiyasiga vodorod yuborilganda hosil bo’ladi:
GeO2 +4HCl → GeCl4 +2H2O
GeCl4 – oson harakatlanuvchan rangsiz suyuqlik, o’z xossalari jihatidan SiCl4 ga o’xshaydi.
Germaniy (IV)-sulfid – GeS2 . Uning 2 xil o’zgarishi amorf va kristalik shakl o’zgarishilari ma’lum. Havodagi nam GeS2 ni parchalab, vodorod sulfid ajratib chiqaradi:
GeS2 + 2H2O → GeO2 +2H2S
Germaniy (IV)-sulfid barqaror tiotuzlarni oson hosil qiladi.
Germaniy asosan elektronika va radiotexnika uchun kerakli yarim o’tkazgich asboblar tayyorlash uchun ishlatiladi. Germaniy va GeO2 katalizator sifatida ham qo’llaniladi.
Qalay. Sn.Z=50 elektron konfigurasiyasi: KLM 5s2 5p2. Qalayning 10 dan ortiq sun’iy radioaktiv izotoplari olingan. Qalay insoniyatga qadim zamonlardan beri ma’lum element.
Qalay tabiatda erkin holatda deyarli uchramaydi, uning eng muhim
minerali qalaytosh SnO2 bo’lib, eng boy rudalarda 5-6% qalay uchraydi.
Olinishi:
Qalaytosh yuqori haroratda ko’mir bilan qaytarib qalay olinadi:
SnO2 + 2C → Sn + 2CO
Konserva bankalarini qayta eritish yo’li bilan va elektroliz usulida ham qalay olinadi.
Qalay oson yassilanadigan va oson suyuqlanadigan kumushdek oq va yumshoq metall. U polimorf modda, odatdagi oq qalay (β- qalay)+ 13,2 C dan yuqorida barqaror bo’lib, tetragonal kristall panjaraga ega. Agar β- qalay qattiq (-33 0C gacha) sovutilsa, u kul rang tusli va kubik strukturadagi α – qalayga aylanadi.Qalay odatdagi haroratda havoda ham, kislorodda ham oksidlanmaydi. Suv bilan reaksiyaga kirishmaydi, suyultirilgan kislotalar qalayga juda sekin ta’sir etadi. Kuchli oksidlovchilar yuqori haroratda qalayni oksidlab, uni ikki va to’rt valentli holatda o’tkazadi.
Masalan, Sn +2Cl2 → SnCl4
Qaynoq konsentrlangan xlorid kislota qalayni eritadi:
Sn +2HCl → SnCl2 + H2
Qaynoq konsentrlangan nitrat kislota qalay bilan reaksiyaga kirishib, qalayni suvda va kislotalarda erimaydigan oq tusli kukunga – β stannat kislotaga aylantiradi.
Sn +4HNO3 → H2SnO3 + 4NO2 + H2O
Qaynoq konsentrlangan sulfat kislota qalay bilan reaksiyaga kirishib qalay (IV)- sulfatga o’tadi:

Sn +4H2SO4 → Sn(SO4)2 + 2SO2 + 4H2O


Qalay amfoter xossaga ega bo’lganligi sababli, kuchli ishqorlarda erib stannitlarga aylanadi:
Sn +4NaOH → Na2SnO2 + H2
Qalayning ikkita oksidi: qalay (II) –oksid SnO – qora tusli va qalay (IV)- oksid SnO2 olinadi.
SnO2 suvda va xlorid kislotada erimaydi, lekin konts. sulfat kislotada uzoq qizdirilganda u qalay (IV)-sulfatga aylanadi. SnO2 ishqor eritmalarida erimaydi, lekin qizdirilganda quruq holatdagi ishqor bilan reaksiyaga kirishadi.
Qalay (IV)-gidroksid – Sn(OH)4 – amfoter gidroksid bo’lib, unda kislota xossalari ustun turadi. U α – stannat kislota va ikkinchisi β – stannat kislota shaklida bo’ladi. Yangi cho’ktirilgan va kislotalarda eruvchan qalay (IV)-gidroksid α – stannat kislota deb yuritiladi. Uning tarkibi SnO2*nH2O formula bilan ifodalash mumkin. Bu modda uzoq vaqt tursa, gel shaklidagi β – stannat kislotaga aylanib qoladi.
α – stannat kislota H2SnO3 SnCl4 eritmasiga ammiakning suvdagi eritmasi ta’sir ettirilganda hosil bo’ladi:
SnCl4 + 4NH4OH → ↓ H2SnO3 + 4NH4Cl +H2O
Cho’kma quritilganda sekin-asta suvini yo’qotadi, bora-bora toza SnO2 hosil bo’ladi. Shuning uchun muayyan tarkibli birorta ham kislota hosil qilib bo’lmaydi.
α – stannat kislota ishqor va kislotalarda eriydi:
H2SnO3 + 2NaOH + H2O → Na2[Sn(OH)6]
H2SnO3 + 4HCl → SnCl4 + 3H2O
β – stannat kislota esa ishqorlarda ham, kislotalarda ham erimaydi.
Qalay (II) – gidroksid SnO qalayning kislorod kam joyda yonishidan yoki Sn(OH)2 ning SO2 atmosferasida parchalanishidan hosil bo’ladi. Uning asosli xossalari qalay (IV)- oksidnikidan kuchliroq ifodalangan.
SnO qizdirilganda parchalanadi (havosiz joyda 4000 C da):
2SnO → SnO2 + Sn
Qalay (II) – gidroksid Sn(OH)2 oq tusli suvda kam eruvchan amfoter modda. U ishqorlarda erisa, stannitlar hosil bo’ladi.
Sn(OH)2 + NaOH → Na[Sn(OH)3]
Qalay (II) – xlorid- SnCl2 kuchli elektrolit bo’lib, tuz xossalariga ega, suvda yaxshi eriydi. SnCl2 eritmasi qizdirilganda yoki unga suv qo’shib juda suyultirilganda, qisman gidrolizlanib, gidroksi tuz cho’kmasi hosil bo’ladi:
SnCl2 +H2O →Sn(OH)Cl +HCl
U metall xloridlari bilan Me2[SnCl4] masalan, K2[SnCl4] tarkibli komlekslar hosil qiladi. SnCl2 kuchli qaytaruvchidir. Mas: FeCl3 ni FeCl2 ga qaytaradi:
2FeCl3 + SnCl2 →2FeCl2 + SnCl4
Sulema eritmasiga SnCl2 ta’sir ettirilsa, kalomelning oq cho’kmasi hosil bo’ladi:
2HgCl2 + SnCl2 → Hg2Cl2 + SnCl4
Agar SnCl2 ortiqcha bo’lsa, sulemaning qaytarilishi davom etib, simob metali hosil bo’ladi:
HgCl2 + SnCl2 → Hg + SnCl4
Qalayning oltingugurt bilan ikkita birikmasi ma’lum: ulardan biri – qalay monosulfid SnS, ikkinchisi –qalay disulfid SnS2 dir.
Qalay disulfid SnS2 ga ishqor qo’shib qizdirilsa, tiostannatlar hosil bo’ladi:
3SnS2 + 6NaOH → 2Na2SnS3 + Na2SnSO3 + 3H2O
SnS2 + (NH4)2S → (NH4)2SnS3
(NH4)2SnS3 +2HCl → ↓SnS2 + H2S + 2NH4Cl

Download 28,38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish