Germaniy. Qalay. Qo’RG’oshin germaniy. Z=32



Download 28,38 Kb.
bet3/5
Sana12.07.2022
Hajmi28,38 Kb.
#780464
1   2   3   4   5
Bog'liq
Germaniy. Qalay. Qo’rg’oshin

Qorg’oshin Rb.Z=82 elektron konfigurasiyasi: KLMN 6s2 6p2. Qo’rg’oshinni rudalardan ajratib olish oson bo’lganligi uchun qo’rg’oshin insonlarga qadim zamonlardan beri ma’lum. U faqat birikmalar holida uchraydi. Qo’rg’oshinning eng muhim minerali galenit yoki qo’rg’oshin yaltirog’i PbS dir. Uning anglezit (PbSO4), serussit (PbSO3), krokoit (PbCrO4) kabi minerallari ham sanoat ahamiyatiga ega.
Olinishi
2PbS + 3O2 → PbO + 2SO2
PbO + C → Pb + CO
Qo’rg’oshin kul rang tusli yaltiroq metall bo’lib, uning sirti havoda xiralanib qoladi. Qo’rg’oshinni pichoq bilan kesish mumkin, u og’ir metall. Issiqlik va elektr tokini ancha yomon o’tkazadi.
Qo’rg’oshin kislorod ishtirokida suv bilan reaksiyaga kirishadi:
2Pb + O2 +2H2O → 2Pb(OH)2
Hosil bo’lgan Pb(OH)2 – amfoter xossasiga ega:
Pb(OH)2 + 2NaOH → Na2PbO2 +2H2O yoki
Pb(OH)2 + NaOH → Na[Pb(OH)3]
Qo’rg’oshin galogenlar bilan sal qizdirilgandayoq shiddatli reaksiyaga kirishib PbF4, PbF2, PbSl2, PbBr2, PbI2, PbI4 tarkibli birikmalarni hosil qiladi.
Qo’rg’oshin azot bilan bevosita birikmaydi. U ko’pchilik metallar bilan intermetall birikmalar hosil qiladi.
Suv yuqori haroratda qo’rg’oshin sirtidagi oksid pardani erita olishi sababli, qo’rg’oshin issiq suvda asta-sekin oksidlanadi. Qo’rg’oshin, xlorid va sulfat kislotalarda eriy oladi, lekin bu vaqtda uning sirti oz eruvchan xlorid va sulfat qavatlar bilan qoplanib qolishi sababli, erish jarayoni sustlashib ketadi. Qo’rg’oshin suyultirilganda nitrat kislotada yaxshi eriydi:
3Pb + 8HNO3 → 3Pb(NO3)2 + 2NO + 4H2O
Qo’rg’oshin sirka kislotada ham eriydi:
2Pb + 4CH3COOH + O2 → 2Pb(CH3COOH)2 + 2H2O
Qo’rg’oshin, xuddi qalay kabi, konts. ishqor eritmasida qaynatilganda eriydi va vodorod gazi ajralib plyumbitlar hosil bo’ladi:
Pb +2NaOH +2H2O → Na2[Pb(OH)4] +H2
Qo’rg’oshin kislotalarda eriganda ikki valentli qo’rg’oshin tuzlari hosil bo’ladi. Ikki valentli qo’rg’oshin birikmalari nihoyatda mustahkam, ularni to’rt valentli qo’rg’oshin birikmalariga o’tkazish uchun kuchli oksidlovchilar ta’sir ettirish kerak. Ikki valentli qo’rg’oshin birikmalari qaytaruvchilik xossasini namoyon etmaydi, to’rt valentli qo’rg’oshin birikmalari esa kuchli oksidlovchilar hisoblanadi.
Qo’rg’oshin uch xil oksid: PbO, PbO2, Pb3O4 hosil qiladi. Ular rangli moddalardir. Qo’rg’oshinning barcha birikmalar zaharli.
Pb(NO3)2 + Cl2 + 2H2O = PbO2 + 2HCl + 2HNO3
PbO2 – qo’ng’ir tusli kukun bo’lib, kislotali muhitda juda kuchli oksidlash xossasini namoyon qiladi. Masalan, kislotali muhitda ikki valentli marganesni etti valentli holatga o’tkazadi:
2Mn(NO3)2 + 5PbO2 + 6HNO3 → 2HMnO4 + 5Pb(NO3)2 + 2H2O
PbO2 +4HCl ↔ PbCl4 +2H2O
PbCl4↔ PbCl2 +Cl2
Qo’rg’oshin (IV)- oksid 3440 C ga qadar qizdirilganda Pb3O4 va kislorodga ajraladi. Agar qo’rg’oshin (IV)- oksidga o’yuvchi natriy qo’shib qizdirilsa, Na[Pb(OH)6] tarkibli komleks birikma hosil bo’ladi. Bu tuz suv yo’qotganda metaplyumpat Na2PbO3 ga aylanadi.

Download 28,38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish