Geologiya-qidiruv va kon-metallurgiya ” fakulteti “hayot faoliyati xavfsizligi” kafedrasi


Yoqilg’i quyish shaxobchalarining shaharsozlik tizimida joylashishga doir me’moriy va texnik qoidalar



Download 0,62 Mb.
bet5/18
Sana14.07.2022
Hajmi0,62 Mb.
#796920
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
tayor buldi 14.06.22 lotin

1.3.Yoqilg’i quyish shaxobchalarining shaharsozlik tizimida joylashishga doir me’moriy va texnik qoidalar


AYOQSda xizmatchi-xodimlar uchun quyidagi xizmat va maishiy bino(xona)lari joylashishi mumkin: operatorlar, ma’muriyat, qozonxona, ovqat qabul qilish, qo‘riqlash xizmati, neft mahsulotlari namunalarini saqlash xonalari, hamda sanuzellar, maxsus kiyim, asboblar, ehtiyot qismlar, anjomlar va jihozlar uchun omborlar.Ko‘rsatilganlardan tashqari ko‘p yoqilg‘ili AYOQS, AGTKS va AGQS (bir devorli rezervuarli AGQSdan tashqari) hamda suyuq motor yoqilg‘isi saqlanishi uchun belgilangan rezervuarlari er ostida joylashgan AYOQSlar hududida yo‘lovchi, haydovchi va ularning transport vositalariga servis xizmati ko‘rsatish binosi(xonasi) joylashtirishga ruxsat etiladi. Yo‘lovchi va haydovchilarga servis xizmati ko‘rsatish 15 tagacha odam sig‘adigan kafelar, savdo zalining umumiy maydoni 20 m2 dan ortiq bo‘lmagan ehtiyoj mollari magazini va sanuzellar, transport vositalariga servis xizmati ko‘rsatish uchun texnik xizmat ko‘rsatish va avtomobillarni yuvish postlari nazarda tutilishi mumkin.
Er osti rezervuarlariga to‘liq yoki qisman er ustida joylashgan usti kamida0,2 metr (suyuq motor yoqilg‘ili rezervuar va quvurlar uchun) yoki kamida 0,5 metr (siqilgan tabiiy gaz yoki suyultirilgan uglevodorodli gaz va ularning bug‘i bo‘lgan sig‘im, rezervuar va quvurlar uchun) tuproq qatlami bilan berkitilgan yoki yong‘inda xuddi shunday issiqlik izolyasiyasini ta’minlaydigan boshqa yonmaydigan materiallar bilan himoyalangan rezervuarlarni tenglashtirish mumkin. Bunda shuqatlam (tuproq qatlamining buzilishini, rezervuar (quvur) va himoyalovchi qatlam orasida bo‘shliq hosil bo‘lishining oldini olish va h.k.) butunligini vaqt oraligida va rezervuar (quvur)larning ishlatilishi sharoitlarida saqlanishini ta’minlashlozim.

2-rasmda YoQSh ning yonilg’i rezervari joylashishi va uning qo’shimcha jihozlarga ulanish sxemasi ko’rsatilgan.


AYOQSH hududida A, B (AYOQS texnologik tizimiga kiruvchi siqilgan tabiiy gazlar va suyultirilgan uglevodorod gazlarni oqizish-uzatish uchun belgilangan jihozlar joylashgan xonalardan tashqari) va G toifasiga mansub xonalarning joylashishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Transport vositalariga servis xizmati ko‘rsatish xonalarida yonuvchan gaz, engil alangalanuvchi suyuqlik hamda yonuvchi chang ishlatiladigan texnologik jarayonlarni (misol uchun, bo‘yoqlash, payvandlash ishlari va x.k.) joylashtirishga yo‘l qo‘yilmaydi.
AYOQS hududida joylashgan bino va inshootlar S0 yoki S1 sinfiga mansub, olovga bardoshlilik darajasi I, II va III yoki S0 sinfiga mansub, olovga bardoshlilik darajasi IV bo‘lsa odatda bir qavatli bo‘lishi kerak. Tarkibida engil alangalanuvchi va yonuvchi suyuqliklar uchun ombor xonalari bo‘lmagan olovga bardoshliligi I yoki II darajali, S0 sinfiga mansub,maydoni 150 m2gacha bo‘lgan ikki qavatli binolarni loyihalashtirishga yo‘l qo‘yiladi.Hamma turdagi AYOQSlar hududida elektr qozonli qozonxonalardan tashqari hamma turdagi yoqilg‘ida ishlaydigan qozonxonalarni joylashtirishga yo‘l qo‘yilmaydi.AYOQS uchun elektr qozonli qozonxona loyihalashtirilganda issiqlik tashuvchisining harorati 80oS dan ortiq bo‘lmagan avtomatlashtirilgan suv isitish qozonlari nazarda tutilishi lozim.Avtomatlashtirilgan suv isitish elektr qozonli qozonxonalarni AYOQS xodimlari yoki transport vositalarini yuvish uchun belgilangan, S0, S1 sinflarigamansub olovga bardoshliligi I yoki II darajali alohida turgan binolarga taqab yonma-yon qurishga yo‘l qo‘yiladi. Avtomatlashtirilgan suv isitish elektr qozonlarining jihozlari PUE talablariga javob berishi zarur.
AYOQS hududida er osti xonalari, erto‘lalar hamda bo‘sh hajmi bo‘lganer osti inshoot (tonnel, kanal va x.k.)larini joylashtirishga yo‘l qo‘yilmaydi.AYOQS binolari ostidan va evakuatsiya chiqish yo‘llari tomonidan quvurlar o‘tkazish taqiqlanadi.
AYOQS xodimlari uchun belgilangan xonalar, operatorlar xonasini,
haydovchi yo‘lovchi va ularning transport vositalariga servis xizmati ko‘rsatish binolarida joylashtirishga ruxsat etiladi. Bunda ko‘rsatilgan xonalar asosiy binoning olovga bardoshlilik darajasiga muvofiq bo‘lgan konstruksiyalardan bajarilgan bo‘lib, haydovchi yo‘lovchi va ularning transport vositalariga servis xizmati ko‘rsatish xonalaridan yong‘inga qarshi 1-turdagi to‘siq va 3-turdagi orayopmalar bilan ajratilishi kerak.
Agar haydovchi va yo‘lovchilarga servis xizmati ko‘rsatish xonalarida
texnologik tizim elektr agregatlarini elektr ta’minlash kabellari maxsus elektrshchitlari xonasida joylashtirilgan sharoitlarida, texnologik tizim ishiniboshqarish va operator tomonidan AYOQS elektr ta’minotini kuchsiz tokli boshqarish tizimi yordamida toksizlantirilish hamda AYOQS texnologik operatsiyalari ustida ko‘z bilan nazorat qilish imkoniyatini ta’minlash uchun operator joyini nazardatutishga yo‘l qo‘yiladi.
YAkka binoda birlashtirish mumkin emas:
transport vositalariga servis xizmati ko‘rsatish xonalari (suyuq motor
yoqilg‘isida ishlaydigan avtomobillarni yuvish mexanizatsiyalashtirilgan
xonalardan tashqari) bilan haydovchi va yo‘lovchilarga servis xizmati ko‘rsatish xonalarini; tarkibida engil alangalanuvchi va yonuvchi suyuqliklar bo‘lgan mollarni sotish ko‘zda tutilgan magazinlarni va jamoat ovqatlanish xonalarini.
Transport vositalariga servis xizmati ko‘rsatish binolarida uchtadan ortiq bo‘lmagan texnik xizmat ko‘rsatish postlari joylashtirish mumkin.Turli xil vazifa bajarish uchun belgilangan xonalarni yonmaydigan materiallardan bajarilgan to‘siqlar bilan ajratish, transport vositalarini qo‘yish uchun belgilangan xonalarni esa(mexanizatsiyalashtirilgan yuvish xonalaridan tashqari)yong‘inga qarshi turdagi to‘siq bilan ajratish lozim.Aholi yashash punktlarida joylashtirish uchun belgilangan AYOQSlarni loyihlashtirishda faqat engil avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish postlari bo‘lgan xonalarni nazarda tutish mumkin.
AYOQS binolarida olov bilan bog‘liq va payvandlash ishlarini bajarish uchun belgilangan xonalarni joylashtirish taqiqlanadiV toifasidagi (solishtirma yong‘in yuklamasi 181 MDj/m2 va undan ortiq bo‘lgan) xonalar hamda engil alangalanuvchi va yonuvchi suyuqliklarni saqlash uchun belgilangan magazin ombor xonalarini binoning deraza tuynuklari bo‘lgan tashqi devori yaqinida joylashtirish lozim. Moylar(ishlatilganlari ham) umumiy sig‘imi 1 m3dan ortiq bo‘lmagan sig‘imlarda, yo er ostida joylashgan, yo boshqa xonalardan 1-turdagi to‘siq bilanajratilgan va binodan tashqariga mustaqil chiqish yo‘li bo‘lgan maxsus xonalardasaqlanishi zarur.Agar moylarni qabul qilish, saqlash va tarqatish uchun belgilangan jihozlar va ularning joylashishi suyuq motor yoqilg‘isi AYOQSsi texnologik tizimlariga qo‘yilgan mazkur me’yor talablariga javob bergan hollarda, ko‘rsatilgansig‘imlarning umumiy sig‘imini ko‘paytirish va mustaqil moyquyish orolchalaridan transport vositalariga moy quyish mumkin.
Agar AYOQS binolaridan chiqish ATS maydoni, yoqilg‘i tarqatish kolonkasi va yoqilg‘i saqlash rezervuarlaridan 15 metrdan kam masofada joylashgan bo‘lsa, u holda binodan ko‘rsatilgan inshoot va qurilmalardan 15 metrdan ortiq bo‘lgan masofada joylashgan yoki ulardan qarama qarshi tomonga chiqadigan qo‘shimcha evokuatsion yo‘lini nazarda tutish lozim.Bostirmalar yonmaydigan materiallardan bajarilishi kerak.Balandligi 4 metrdan ortiq bo‘lgan bostirmalarning tomyopmalarida qiyin yonuvchi materiallar ishlatilishi mumkin (yuk avtomobillariga yoqilg‘i quyish joylari ustida joylashgan bostirma yoki uning qismlaridan tashqari). ATS maydoni va suyuq motor yoqilg‘isi hamda SUG saqlash uchun belgilangan rezervuarlar ustida bostirma joylashtirishga(ularnibostirma ostidajoylashtirishga) ruxsat berilmaydi.
Texnologik tizimlar shunday bajarilgan bo‘lishi yoki joylashtirilishi kerakki, ularga AYOQS loyihsida aniqlangan (belgilangan) mumkin bo‘lgan kuchlanishlar (seysmik, transport vositalarining harakati vato‘xtashida, erning silkinishida va x.k.) ta’sirida ularning butunligi va ishqobiliyati ta’minlanadigan (saqlanadigan) bo‘lsin. Blokli va konteynerli AYOQSlarda yoqilg‘i saqlash bloki va konteynerlari, an’anaviy va modulli AYOQSlardagi yoqilg‘i tarqatish kolonkalarihamda AGTKS va AGQSlardagi yoqilg‘i tarqatish kolonkalari transport vositalari tomonidan shikastlanishidan himoyalangan bo‘lishi kerak. Yirik (katta gabaritli) texnikaga (yuk avtomobillari, avtobuslar, qurilish va qishloq xo‘jaligi texnikasi va x.k.) yoqig‘i quyish uchun belgilangan AYOQSlarda himoya moslamalarini blok vakonteynerlarga maxkamlash taqiqlanadi.
O‘tish yo‘llari, yoqilg‘i orolchalari va ATS uchun belgilangan maydonlar qoplamasi neft mahsulotlari ta’siriga chidamli bo‘lishi kerak.Muxandislik inshootlari quduqlarining er usti qismining balandligi 0,05 metrdan past bo‘lmasligi kerak.Quduq konstruksiyasi unga er osti suvlari tushishining oldini oladigan bo‘lishi lozim.Suyuq yoqilg‘ili ATS uchun belgilangan maydon quyidagilar bilanjihozlanishi kerak:balandligi 150 mm bo‘lgan o‘ralgan devor (bort)bilan;ATS larning xavfsiz chiqib tushishi uchun maydon cheti qiya yo‘lak (pandus)lar bilan;oqizish-qo‘yish operatsiyalari davrida ATSni erga ulash moslamasi bilan;avariyaviy rezervuar (bir devorli rezervuarlarni ishlatish mumkin) va ATSning oqizish patrubkasida zichsizlik hosil bo‘lganida yoqilg‘ining AYOQSning boshqa hududlariga yoyilib ketmasligini ta’minlaydigan maydondan oqizib olish quvurlari bilan.Bunda avariyaviy rezervuar yonmaydigan, yoqilg‘ini erga singib o‘tishiga yo‘l bermaydigan materialdan bajarilgan bo‘lishi zarur. Bu rezervuarning sig‘imi AYOQSda ishlatiladigan avtotsisternalar sig‘imining 10%dan kam bo‘lmasligi kerak.Oqizib olish quvurining uchi rezervuar tubidan 0,1 metrdan ortiq bo‘lmaganmasofada bo‘lishi lozim. Avariyaviy sig‘im AYOQS ishga tushirilishidan oldin sathi0,3 metrdan kam bo‘lmasligini ta’minlaydigan miqdordagi suv bilan to‘ldirilishi kerak. Avariyaviy rezervuar mazkur me’yorda yoqilg‘i saqlash rezervuarlaridagi deaeratsiya quvurlariga qo‘yilgan talablarga javob beradigan deaeratsiya quvuri bilan, yopiq usulda bo‘shatish va suv sathini o‘lchash patrubkalari bilan jihozlanishi kerak. Ko‘rsatilgan patrubkalar zich yopiladigan tiqin (qopqoq)lar bilan ta’minlangan bo‘lishi lozim.Avariyaviy rezervuar va oqizish quvurining joylanish chuqurligi yilning sovuqdavrlarda ulardagi suvning muzlab qolmasligini ta’minlashi zarur.
Oqizish quvuri va yog‘ingarchilik tarnovlari berkitish armaturalari (tiqin,surma qopqoq va x.k.) bilan jihozlanishi lozim.YOqilg‘i saqlash konteynerlari fundamenti rezervuarlar ostida yoqilg‘ito‘planishining oldini olishi kerak. Fundamentning balandligi u bilan tutashgan maydonga nisbatan 0,2 metrdan kam bo‘lmasligi lozim, uning rejaviy o‘lchamlariyoqilg‘i saqlash konteyneri o‘lchamlaridan hamma tomoniga 0,5 metrdan ortiq bo‘lmagan qiyalikka ega bo‘lishi kerak.
YOqilg‘i saqlash konteynerlari va uning texnologik bo‘lmalarini to‘sish uchun o‘rash konstruksiyalari ishlatilgan hollarda, ular shamol o‘tadigan, maydonibo‘yicha teshiklari bir tekisda joylashgan yonmaydigan to‘siq ko‘rinishida bo‘lishikerak.
AYOQSlarini neft mahsulotlari bilan ifloslangan atmosfera yog‘ingarchiliklari suvlarini tozalash inshootlari bilan jihozlaganda, bu
inshootlar quyidagi talablarga javob berishi kerak:jihozlari bo‘sh hajmiga yoqilg‘i bug‘lari kirishi mumkin bo‘lgan tozalashinshootlari er ostida joylashtirilishi;to‘plagich-sig‘imlarini (agar bo‘lsa) nominal sathigacha tulganida AYOQSoperatoriga signal berilishini ta’minlaydigan sath datchiklari bilan jihozlash;to‘plagich-sig‘imlarni mahsulotlaridan bo‘shatish jihozlari, shu operatsiyani yopiq usulda amalga oshirilishini ta’minlashi lozim;sig‘imlarni deaeratsiya qilish tizmalari mazkur me’yorda yoqilg‘i saqlash rezervuarlaridagi deaeratsiya tizmalariga qo‘yiladigan talablarga muvofiqbo‘lishi kerak;suyuqlik quvurlarini gidravlik qulflar bilan jihozlash zarur;neft mahsulotlari bilan ifloslangan atmosfera yog‘ingarchiliklari suvlari tarnovlarida o‘rnatiladigan qumtutkich lyuklari qopqoqlari qumtutkichning shamollatilishini ta’minlaydigan panjara ko‘rinishida bajarilgan bo‘lishi kerak.AYOQS telefon yoki radioaloqa hamda baland ovozli aloqa tizimi bilan jihozlangan bo‘lishi shart.



Download 0,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish