Geologiya-qidiruv va kon-metallurgiya ” fakulteti “hayot faoliyati xavfsizligi” kafedrasi



Download 0,62 Mb.
bet4/18
Sana14.07.2022
Hajmi0,62 Mb.
#796920
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
tayor buldi 14.06.22 lotin

1.2.Yoqilg’i quyish shaxobchalarining joylashishga bo‘lgan talablar


Avtomobillarga yoqilg‘i quyish stansiyalari ko‘p hollarda turar joy,ishlab chiqarish va jamoat bino va inshootlarining shamol ustunlik qiladigan yo‘nalishdan teskari tomonida joylashtirilishi zarur.
Avtomobillarga yoqilg‘i quyish stansiyalarini kesishgan ko‘prik yo‘l ustida va ostida hamda suzib yuruvchi vositalarda joylashtirishga ruxsat etilmaydi. Maydonida bino va inshootlarning joylashishini hisobga olgan holda avtomobillarga yoqilg‘i quyish shaxobchalarining rejaviy tuzimi avariya holatida to‘kilgan suyuqliklarning avtomobillarga yoqilg‘i quyish stansiyasi maydoni bo‘ylab hamda undan tashqariga yoyilib ketishiga yo‘l qo‘ymaydigan bo‘lishi lozim.
Avtomobillarga yoqilg‘i quyish shaxobchalariga kirish va chiqish joylarida balandligi 0,2 metrdan kam bo‘lmagan qiya ko‘tarma yoki neft mahsulotlari bilan ifloslangan yomg‘ir, qor suvlarini yoqilg‘i saqlash rezervuar (sig‘im)lar va avariya holatidagi rezervuarlardan, ichida yoqilg‘i yoki uning bug‘lari bo‘lgan erdagi va er ustidagi asbob-uskunalar devorlaridan, yoqilg‘i tarqatish kolonkalari va suyultirilgan yoki siqilgan uglevodorodli gazlarni tarqatish kolonkalari korpusidan, avtotsisterna uchun belgilangan maydoncha va texnologik quduqlar chegarasidan, tozalash inshootlarining texnologik jihozlari devorlaridan, AYOQSH binosi tashqi devori va konstruksiyalaridan maktabgacha yoshdagi bolalar muassasalari, umumta’lim maktablari, maktab internatlar, statsionari bo‘lgan davolash muassasasi er maydonining chegarasigacha hamda boshqa maqsadlar uchun belgilangan turar joy va jamoat binolarining uchun esa – deraza (eshik)larigacha; xonaning eng yaqin devorigacha (bitta binoda funksional belgilanishi bo‘yicha turli xildagi xonalar joylashganida).
Avtomobillarga yoqilg‘i quyish stansiyasi xodimlari uchun belgilangan, haydovchilarga, yo‘lovchilarga va ularning transport vositalariga servis xizmati ko‘rsatish bino (xona)laridan to avtomobillarga yoqilg‘i quyish shaxobchasiga tegishli bo‘lmagan ob’ektlargacha bo‘lgan masofalar mazkur me’yorlarda aniq belgilanmaydi. Avtomobillarga yoqilg‘i quyish stansiyalarining tozalash inshootlariga tushirib yuboradigan drenaj tarnovlar o‘rnatish zarur. Avtomobillarga yoqilg‘i quyish shaxobchalarini joylashtirishda quyidagi minimal masofalarni aniqlash lozim:
Avtomobil yo‘llari va aholi yashash punkti ko‘chalarigacha bo‘lgan minimal masofa ularning toifasiga bog‘liq holda SHNK 2.07.01-03 bo‘yicha aniqlanadi, chunonchi: umumshahar ahamiyatiga ega magistral yo‘l va magistral ko‘chalargacha – xuddi I, II va III toifadagi umumiy tarmoq avtomobil yo‘llarigacha bo‘lganidek; posyolka yo‘llarigacha, tuman ahamiyatidagi magistral ko‘chalargacha, qishloqlarning bosh va asosiy ko‘chalarigacha - xuddi IV va V toifadagi umumiy tarmoq avtomobil yo‘llarigacha bo‘lganidek; qolgan yo‘l va ko‘chalar uchun –me’yorlashtirilmaydi.
Rezervuarlari er ustida joylashgan suyuq motor yoqilg‘isi saqlash uchun belgilangan avtomobillarga yoqilg‘i quyish stansiyalari ikki turga bo‘linadi: A turi - umumiy sig‘imi 20 m3 dan ortiq bo‘lgan konteynerli avtomobillarga yoqilg‘i quyish stansiyalari; B turi - umumiy sig‘imi 20 m3 dan ortiq bo‘lmagan konteynerli avtomobillarga yoqilg‘i quyish stansiyalari; konteynerli avtomobillarga yoqilg‘i quyish stansiyalari rezervuarlarining umumiy hajmi ular aholi yashash punktlari hududida joylashtirilsa 40 m3dan va aholi yashash punktlaridan tashqarida joylashtirilsa 60 m3dan oshmasligi lozim.
Avtomobillarga yoqilg‘i quyish stansiyalarining rezervuyarlari yoki kameralari har birining hajmi (kameralari orasi ikki qvatli devor bilan ajratilgan ko‘p kamerali rezervuarlar ishlatilganida) ular aholi yashash punktlari hududida joylashtirilsa 10 m3dan va aholi yashash punktlaridan tashqarida joylashtirilsa 20 m3dan oshmasligi kerak.
Moduli avtomobillarga yoqilg‘i quyish shaxobchalarining umumiy sig‘imini va rezervuarlaridan har birining hajmini (shu bilan bir qatorda avtomobillarga yoqilg‘i quyish shaxobchalarini A va B turlariga bo‘ladigan kattalikni ham) 2 marotabagacha ko‘paytirish mumkin.
Suyuq motor yoqilg‘isini saqlash uchun belgilangan bir devorli rezervuarlar ishlatilganida sig‘imi bo‘yicha ko‘rsatilgan parametrlarni bajarilishi shart bo‘lgan (shartli) 3-ilovaga muvofiq aniqlash lozim.
Suyuq motor yoqilg‘ili avtomobillarga yoqilg‘i quyish shaxobchalariga qarashli ob’ektlargacha bo‘lgan minimal masofa 1- jadvalga muvofiq qabu qilinadi. Rezervuarlari er ostida joylashgan AYOQSH hududida joylashgan bino va inshootlar orasidagi minimal masofa 2-jadvalga muvofiq qabul qilinadi.
1- jadval



Oraliq masofasi aniqlanishi zarur bo’lgan obyektlar nomi

Rezervualari yer ostida joylashgan AYoQShdan bo’lgan masofa

Rezervualari yer ostida joylashgan AYoQShdan bo’lgan masofa

A turi

B turi

1



Ishlab chiqarish ombor ma’muriy- maishiy va sanoat korxonalarining inshootlari



15



25

2



O’rmonlar:











igna bargli va aralash

25

40

30

bargli

10

15

12

3

Uy-joy jamoat binolari

25

50

40

4

Odamlar ko’p yig’iladigan joylar

25

50




5

Individual garajlar va avtomobillar uchun ochiq turar joy

18

30

20

6

Savdo do’konlari

20

25

7

Umumiy tarmoq va avtomobil yo’llari (qatnov qismining cheti )













I , II va III toifalari

12

20

15




IV va V toifalari

9

12

9




Elektirlashgan shaxar transporti qatnov yo’li (kontakt tarmog’igacha)

15

20

20

8

Umumiy tarmoq temir yo’llari (ko’tarmaning nishabi pastgi cheti yoki o’yilgan joyning cheti)

25

30

9

AYOQS ga tegishli bo’lmagan kanalizatsiyaning tozalash inshootlari va nasos stansiyalari

15

30

25

10

“Yong’in xavfi mavjud texnologik qurilmalar”, radioaktiv va GOST 12.1.007 bo’yicha xavfliligi I va II sinfga mansub zararli moddalar mavjud bo’lgan bin ova inshootlar

100

11

Elektr uzatish tarmoqlari, elektropodstansiyalar (shu jumladan transformator podstansiyalari)

PUE bo’yicha

12

Yog’och materiallari, tolasimon yonuvchi moddalar, pichan, somon omborlari

20

40

30

13

Paxta dalalari va g’alla ekinlari maydon (massiv) lari, xirmon, g’aram, va h.k.

75

100

14

Ko’priklar, ko’prikyo’l (puteprovod)lar

75

100

Ichida yonuvchi gaz; engil alangalanuvchi va yonuvchi suyuqliklar; yonuvchi chang va/yoki tolalar; suv,havodagi kislorod bilan va/yoki o‘zaro ta’sir qilganida yonishi mumkin bo‘lgan modda va/yoki materiallar; ishlov berish jarayoni nur issiqligi uchqun va/yoki alanga ajralib chiqishi bilan kuzatiladigan issiq, qizigan va/yoki erigan holatdagi yonmaydigan modda va/yoki materiallar, hamda yoqilg‘i sifatida yoqiladigan yoki utilizatsiya qilinadigan yonuvchi gaz, suyuqlik yoki qattiq moddalar bo‘lgan (saqlanadigan, qayta ishlanadigan, uzatib beriladigan) qurilmalar; shunday shart bilanki, belgilangan modda va materiallar tashqi qurilmalardan 30 metr masofada bosim to‘lqinlarini hosil qilib yonganida individual xavf kattaligi yiliga 10-6 dan ortiq bo‘lsa.
Rezervuarlari er ustida joylashgan hamda rezervuarlari er ostida joylashgan AYOQSHdan 1-jadvalda ko‘rsatilgan S0 yoki S1 sinfiga mansub olovga bardoshlilik darajasi I va II bo‘lgan turar joy va jamoat binolarigacha bo‘lgan masofani 25%gacha kamaytirish mumkin, er ustida joylashgan bir devorli tomyopmali rezervuarlargacha bo‘lgan masofadan tashqari. AYOQSH texnologik tizimi flegmatizatsiya yoki boshqa alangalanishni yoki texnologik jihoz ichidagi bug‘-havo aralashmasining yonib ketishini oldini olish tizimlari bilan ta’minlanganida 1-jadvalda ko‘rsatilgan masofalarni 25% gacha kamaytirishga ruxsat beriladi.
AYOQSH o‘rmon yaqinida joylashtirilganida ninabargli va aralash o‘rmongacha bo‘lgan masofani ikki marta kamaytirishga ruxsat etiladi, bunda o‘rmon va AYOQSH chegarasiga tutash maydon chegarasi uzunligi bo‘ylab er yuzasi o‘z sirtida yong‘in tarqalishiga yo‘l bermaydigan materiallardan bajarilgan qoplamaga ega yoki er 5 metr kenglikda haydalgan bo‘lishi kerak.
AYOQSH dagi avtotsisternalar uchun belgilangan maydon chetidan er ustida joylashgan texnologik jihozlargacha, bostirma konstruksiyalari va er osti rezervuarlarining texnologik shaxtalarigacha bo‘lgan masofa 2 metrdan kam bo‘lmasligi zarur. Agar er osti rezervuarlari texnologik shaxtalarining ichki bo‘shlig‘i yonmaydigan material bilan to‘ldirilgan bo‘lsa, u holda shaxtalargacha bo‘lgan masofa me’yorlanmaydi. AYOQSH devor bilan o‘ralgan bo‘lsa, u shamol o‘tadigan va yonmaydigan materialdan bajarilgan bo‘lishi kerak. AYOQSH hududida transport vositalarining harakati odatda bir tomonlama bo‘lishi zarur. Bu holda alohida kirish va chiqish nazarda tutilishi zarur.Avtotsisternaning oqizish-quyish maydonidan AYOQSH hududidan chiqishgacha bo‘lgan yo‘lni eng qisqa bo‘ladigan qilib loyihalashtirish lozim.
AYOQSH hududini gullagan paytida o‘zidan parcha-parcha, tolali moddalar va tuk qoplagan urug‘lar ajratadigan buta va daraxtlar bilan ko‘kalamzorlashtirishga yo‘l qo‘yilmaydi.
AYOQSH larni yong‘in tarqalishi mumkin bo‘lgan qishloq hujaligi ekinlari (g‘alla, paxta va h.k.) yaqinida joylashtirilganida AYOQSH ning ekinzorga tutash bo‘lgan maydon chegarasi uzunligi bo‘ylab er yuzasi o‘z sirtida yong‘in tarqalishiga yo‘l bermaydigan materiallardan bajarilgan qoplamaga ega yoki er 5 metr kenglikda haydalgan bo‘lishi kerak.



Download 0,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish