Geografiyasi


Ijtimoiy-iqtisodiy omillar



Download 2,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet173/212
Sana31.12.2021
Hajmi2,74 Mb.
#245748
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   212
Bog'liq
Inson geografiyasi qollanma

Ijtimoiy-iqtisodiy omillar ichida eng muhimi aholi va mehnat resurslaridir. 
Albatta,  har  qanday  ishlab  chiqarish  jarayoni  ishchi  kuchisiz  sodir  bo’lmaydi.  Bu 
o’rinda ikki holni qayd qilish lozim: birinchidan, shunday korxonalar borki, ularga 
son  jihatdan  ko’p  ishchi  kerak  Masalan,  tikuv  fabrikasi,  konserva  zavodi,  paxta 
yetishtirish,  uni  qayta  ishlash  va  x.k.  Ayni  bir  paytda  boshqa  bir  korxonalarga 
mehnat  resurslarining  miqdori  ko’p  bo’lishi  shart  emas,  aksincha  «oz  bo’lsa  ham 
soz  bo’lsin"  ma’nosida  ularga  malakali  ishchi  kuchi  talab  qilinadi.  Mazkur 
korxonalar  va  tarmoqlar  (radio  yoki  priborsozlik  aniq  mashinasozlik  va  shunga 
o’xshash)  malakali  ishchi  kuchi  mavjud  bulgan  shaharlarda,  ilmiy  texnik 
markazlarida joylashtiriladi. 
O’zbekistonda  mehnatga  layoqatli  aholi  soni  juda  ko’p.  Ularning  miqdori 
qishloq  joylarda  va  sust  rivojlangan  kichik  shaharlarda  juda  yuqori.  Binobarin, 
bunday  joylarda  ish  o’rinlarini  kengaytirish,  yangi  sanoat  va  boshqa  korkonalar, 
madaniy-maishiy muassasalarni qurish zarur. 
Aholi  faqat  ishchi  kuchi  emas,  balki  u  eng  avvalo  iste’molchi  hamdir.  Bu 
omilning roli esa hozirgi kunda, xalqning yashash sharoiti va darajasini yaxshilash 
doirasida  keskin  oshib  bormoqda.  Aholini  ijtimoiy  muhofaza  qilish,  muvaqqat 
qiyinchiliklarga  barham  berish unga kerak  bo’lgan oziq-ovqat, kiyim-kechak  va 
boshqa  extiyojlarni  qondiruvchi  mahsulotlarni  yetarli  darajada  ishlab 
chiqarishni  taqozo  etadi.  Shu  sababli  iste’mol  omili  oziq-ovqat  korxonalarini 
o’ziga  "tortadi",  ya’ni  bunday  zavod  yoki  fabrikalar  bevosita  aholi  yashovchi 
maskanlarda joylashtiriladi. 
Iste’mol  omili  faqat  xalq  ehtiyoji  bilan  belgilanmaydi.  Ishlab 
chiqarishning  o’zining  talabi,  boshqa  xil  mahsulotlarning  keng  miqdorda 
sarflanishi,  ularni  transportda  keltirishning  noqulayligi  ham  bunday 
korxonalarni  iste’mol  rayonlarida  tashkil  etishni  nazarda  tutadi.  Masalan, 
qishloq  xo’jalik  mashinasozligi  o’sha  mintaqaning  ishlab  chiqarish 
ixtisoslashuviga muvofiq shu yerda rivojlanishi zarur. 
Umuman,  qaysi  rayon  nimaga  ixtisoslashsa  shunga  mos  mashinasozlik 
tarmog’i bu yerda yaxshi rivojlangan bo’lishi qonuniy bir holdir. O’zbekistonda 
paxta  teruvchi,  Belorussiyada  —  kartoshka,  Ukrainada  qand  lavlagi,  Shimoliy 
Kavkaz  va  Volga  bo’yida  g’alla  yig’uvchi,  Qirgizistonda  pichan  taxlovchi, 
Gruziyada  choy  teruvchi  mashinalarni  ishlab  chiqarish  bunga  yaqqol  misol 
bo’la  oladi.  Xuddi  shunday,  rayonlarni  ma’lum  bir  sanoat  tarmoqlariga 
ixtisoslashuvi  o’sha  sohalarga  tegishli  mashina,  asbob-uskuna,  jihozlar  ishlab 
chiqarilishini  talab  etadi.  Chunonchi,  Uralda  metallurgiya  sanoati  uchun, 
Bokuda—neft, 
Donbassda 
—  ko’mir,  Petrozavodskda  —  o’rmon, 
O’zbekistonda to’qimachilik mashinasozligi rivojlangan. 
Boshqa sanoat va qishloq xo’jalik tarmoqlarini ham aholi yashab turgan 
joylarda tashkil etish maqsadga muvofiq.  Bu o’rinda ko’p iste’mol qilinadigan 
qishloq ho’jalik mahsulotlari — sut, piyoz, karam va boshqalarni shahar atrofi 
xo’jaligi  doirasida  tashkil  etish  kerak.  Yoki:  neftni  keltirib,  undan  benzin, 
kerosin,  mazut  va  shunga  o’xshash  qator  mahsulotlarni  olish,  kimyo  sanotini 


188 
 
rivojlantirish  yaxshimi  yoki  ularning  har  birini  alohida-alohida  keltirish-mi? 
Tabiiyki,  bu  yerda  birinchi  variant  ma’qulroqdir.  Xuddi  shunga  o’xshash: 
boshqa mamlakatlardan g’alla olish yaxshimi yoki u yerdan suxari,  pechenьe, 
makaron, vermishel va boshqalarni keltirish-mi? 
Go’sht sanoatini joylashtirish ham o’ziga xos xususiyatga ega. Bu sanoat 
bevosita  chorvachilik  rayonlarida  rivojlantirilsa,  unda  iste’molchiga  faqat 
muzlatilgan  go’sht  keltiriladi.  Bunday  go’shtdan  esa  kolbasa,  konserva  va 
boshqa  go’sht  mahsulotlarini  ishlab  chiqarib  bo’lmaydi.  Agar  go’sht  sanoati 
iste’mol rayonlarida joylashtirilsa-chi? Unga molni (chorvani) keltirish kerak, 
ammo bu davrda biroz bo’lsada u (chorva) o’z tirik vaznini yo’qotadi. Bundan 
tashqari,  go’sht  mahsulotini  ishlab  chiqarish  molning  juni  va  terisi,  qoni  va 
suyagidan  shu  joyning  o’zida  foydalanish  imkoniyatini  bersa-da,  mazkur 
zavodlarni (aniqrog’i kombinatlarni) yirik shahar ichida o’rnashtirish ekologik 
nuqtai nazardan to’g’ri kelmaydi. 
Bir vaqtlar yirik go’sht kombinati Toshkentning Beshyog’och dahasida, 
Bo’zsuv  arig’i  bo’yida  qurilgan  edi.  O’z  navbatida  bu  korxona  ko’nchilik, 
poyafzal  sanoatining  aynan  shu  rayonida  shakllanganiga  sabab  bo’lgandi. 
Keyinchalik  mazkur  korxonaning  shahar  ichida  joylanishini  ko’p  jihatdan 
nomaqulligi  sezilib  qoldi  va  u  Zangiota  tumanidagi  O’rtaovul  shaharchasiga 
ko’chirildi.  Demak,  bu  korxona  o’z  o’rnini  chorvachilik  rayonida  ham  emas, 
shaharda  ham  emas-ekologik  bexatar,  iste’molchilarga  nisbatan  yaqin  joyda 
topdi. 

Download 2,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   212




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish