Erkin savdo hududlari ham dunyoda keng tarqalgan. Erkin savdo hududlari
AQShda eng ko’p rivoj topgan. Ularni tashkil qilish 1934 yildagi maxsus qonunda
nazarda tutilgan. Uning maqsadi savdoni rag’batlantirish, savdo operatsiyalarini
tezlashtirish, savdo xarajatlarini kamaytirishdan iborat.
Oddiy erkin savdo hududlari qatoriga yirik xalqaro aeroportlardagi maxsus
“dьyuti fri” magazinlarini kiritish mumkin. Rejim nuqtai nazaridan ular davlat
chegaralaridan tashqarida deb hisoblanadi. Erkin savdo hududlari qatoriga
imtiyozli holatga ega bo’lgan an’anaviy erkin portlarni kiritish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |