185
Shunday ekan, ularni tashib borish uchun transport xarajatlari va pirovard natijada
eritilgan cho’yanning tannarxi uncha yuqori bo’lmaydi. Bu esa korxonalarni
yoqilg’i (kokslanuvchi ko’mir) rayonida yoki unga yaqin joylarda qurishni taqozo
etadi. Qozog’iston Respublikasidagi Qaraganda to’liq tsiklli metallurgiya
kombinati bevosita ko’mir havzasi rayonida joylashtirilgan, Lipetsk, Tula,
Krivoy Rog kombinatlari esa xom ashyo, ya’ni temir rudasi konlariga yaqin
qurilgan.
Ba’zan metallurgiya zavodlari xom ashyo va yoqilg’i rayonlari o’rtasida
joylashtirilgan, chunki mazkur sanoat tarmog’i uchun bu ikki omilning
ahamiyati deyarli bir xil. Bunga yorqin misol bo’lib Cherepovetsk metallurgiya
kombinati (Rossiya Federatsiasi) xizmat qiladi. U Pechora kokslanuvchi
ko’mir havzasi bilan Kola yarim oroli temir rudasi konlarining taxminan
o’rtasida qurilgan. Ammo korxona aniq ikki oralik masofada emas, u biroz
g’arbga "tortilgan", sababi Sankt-Peterburgning yirik mashinasozlik sanoatini
po’lat va prokatga bo’lgan extiyojini qondirishdir. Korxona yaqinida katta suv
ombori ham bor.
Shuningdek, ko’mir va temir rudasini bir-biri bilan hududiy
(mayatniksimon) almashuvi asosida har ikkala rayonda shakllangan qora
metallurgiya markazlari mavjud. Bu borada o’tgan asrning 30-yillarida amalga
oshirilgan Ural-Kuznetsk kombinati (UKK)ni ko’rsatish o’rinli. Ushbu dastur
hududiy ishlab chiqarish majmuining dastlabki ko’rinishi bo’lib, uni hayotga
tatbiq etishda ham xom ashyo rayonida — Janubiy Ural temir rudasi konlari
asosida (eng yirik Magnitogorsk metallurgiya kombinati), ham yoqilg’i rayoni
— Kuznetsk toshkumir havzasida, ya’ni Novokuznetskda bunday ulkan
korxonalar bunyod etilgan edi.
Ma’lumki, Donetsk-Dnepr bo’yi rayoni Ukraina davlatining asosiy
yoqilg’i va qora metallurgiya bazasi hisoblanadi. U ilgari dunyoga dongi
ketgan Uralni allaqachon orqada qoldirib, o’tgan asrning oxirgi choragida
kapitalistik asosda gurkirab rivojlangan, o’sha paytlarda Janubiy sanoat rayoni
deb atalgan o’lkadir. Hozirgi davrda bu yerda qora metallurgiyaning ikkita
ixtisoslashgan rayoni shakllangan bo’lib, ular bir-birlari bilan xom ashyo va
yoqilg’i almashuvi negizida ishlaydilar. Bu ham bo’lsa Donbass va Dnepr
bo’yidagi bir guruh korxonalar uyushmasidir. Donbassda kokslanuvchi ko’mir,
Dnepr bo’yida temir rudasi (Krivoy Rog havzasi) bor. Mazkur mintaqada
uchinchi, lekin oldingilarga qaraganda kichikroq metallurgiya rayoni, aniqrog’i
markazi ham mavjud. Bu yerda Mariupoldagi korxonalar birikmasi nazarda
tutilmokda. U Donbass ko’miri va Kerch yarim orolidagi Qamishburun temir
rudasi negizida ishlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: