Geografiyasi


Ishlab  chiqarish  kuchlarini  rivojlanishi  va  joylashishiga  ta’sir  etuvchi



Download 2,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet168/212
Sana31.12.2021
Hajmi2,74 Mb.
#245748
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   212
Bog'liq
Inson geografiyasi qollanma

Ishlab  chiqarish  kuchlarini  rivojlanishi  va  joylashishiga  ta’sir  etuvchi 
umumiqtisodiy qonunlarQonun – tabiat va jamiyatdagi voqea va hodisalarning 
(o’zaro aloqadorligini) barqaror takrorlanib turuvchi sabab-oqibat bog’lanishlarini 
ifodalasa,  qonuniyat  voqea  va  hodisalarning  ketma-ketligining  barqarorligini  va 
qonunlar majmuasininig o’zaro uyg’unligini ifodalaydi. 
Ishlab 
chiqarish 
kuchlari 
taraqqiyotining 
butun 
tarixiy-geografik 
bosqichlarida  amal  qiladigan  ularning  sababiy  aloqa  va  o’zaro  ichki 
bog’lanishlarini  ifodalaydigan  iqtisodiy  qonunlar  majmuasi  umumiy  iqtisodiy 
qonunlar deyiladi. Iqtisodiy qonunlar majmuasi ishlab chiqarish munosabatlarining 
ishlab  chiqaruvchi  kuchlarning  xarakteri  va  rivojlanish  darajasi  bilan  bog’liqligi, 
samarali  ishlab  chiqarish  jarayonini  tashkil  etish,  mehnat  unumdorligining  o’sib 
borishi,  iqtisodiy  va  ijtimoiy  ehtiyojlarning  oshib  borishi,  ishlab  chiqarish 
jarayonlarining umumlashu vi va iqtisodiy integratsiyasining chuqurlashuvi, davlat 
monopolistik  mulki  va  iqtisodiyotning  rivojlanishi  ishlab  chiqarish  monopolizmi 
va davlatning antimonopolistik tadbirlari, davlatning iqtisodiyotning boshqaruviga 
aralashu  vi,  mintaqaviy  rejalashtirish  va  bashorat  qilish  va  mintaqaviy,  iqtisodiy 
rayonlashtirish kabilardan iborat. 
Ishlab  chiqarish  munosabatlarining  ishlab  chiqarish  kuchlari  xarakteri  va 
rivojlanish darajasiga mos kelishi, jamiyat taraqqiyotini tezlashtiradi. Ayni vaqtda, 
ishlab  chiqarish  munosabatlari  (moddiy  ne’matlarni  ishlab  chiqarish,  taqsimlash, 
ayirboshlash  va  iste’mol  qilish  jarayonlaridagi  o’zaro  munosabatlar  majmuasi) 
ishlab chiqarish kuchlarining belgilovchi ta’siri ostida rivojlanadi. 
Bugungi  kunda,  bozor  iqtisodiyotiga  o’tish  va  bozor  munosabatlarini 
shakllantirish,  murakkab  va  umuminsoniy  jarayon  bo’lib  ob’ektiv  zaruriyatga 
aylandi.  Chunki,  bozor  iqtisodiyoti  jahon  tsivilizatsiyasining  g’oyat  ulkan  yutug’i 
sifatida  –  iqtisodiy  rivojlangan  mamlakatlarda  iqtisodiy  o’sish  va  aholi 
farovonligini uzluksiz ta’minlovchi iqtisodiy tizim ekanligini isbotladi. 


181 
 
Bozor  iqtisodiyoti  ishlab  chiqarish  kuchlaridan  unumli  va  samarali 
foydalanishni 
ta’minlash  bilan  shunga  mos  yuksak  ishlab  chiqarish 
munosabatlarini  ham  yuzaga  keltiradi.  Chunki,  iqtisodiy  taraqqiyot  yo’li  yangi 
tizim  zaminida  inson  manfaatini  yuzaga  chiqarish,  uning  mehnatini  kadrlash, 
aholining  nochor  qatlamini  sotsial  himoyalash  maqsadlari  yotadi.  Bozor 
iqtisodiyoti  tajribasi  uning  amal  qilish  mexanizmi  ijtimoiy  yangilanishning  eng 
samarali vositasi hisoblanadi, u xalqning ijodiy va mehnat salohiyatini to’la ishga 
tushiradi,  boqimandalik  va  tekinxurlik  kayfiyatiga    chek  qo’yadi.  Iqtisodiy 
tashabbus  va  ishbilarmonlikni  rivojlantiradi.  Har  bir  kishining  milliy  boylikni 
ustirish  mas’uliyatini  ortiradi,  har  bir  kishini  boy  qilish  orqali  jamiyatni  ham 
boyitib boradi. 
Ishlab  chiqarish  kuchlarini  joylashtirishning  ijtimoiy-ekologik,  tabiiy  va 
ijtimoiy-iqtisodiy omillari. Ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirishda qonuniyatlar 
bilan  bir  qatorda  tabiiy,  ijtimoiy-iqtisodiy,  ijtimoiy-demografik  va  ijtimoiy-
ekologik  omillar  ham  muhim  o’rin  tutadi.  Ishlab  chiqarish  kuchlarni  joylashtirish 
omillari  ishlab  chiqarish  korxonalari,  korxonalar  guruhi,  milliy  xo’jalik 
tarmoqlarining  oqilona  joylashtirish  uchun  hisobga  olinmog’i  lozim.  Ishlab 
chiqarish kuchlarini joylashtirishdagi omillarni, ularning belgilovchi roliga ko’ra, 4 
guruhga bo’lish mumkin. 
1.  Tabiiy omillar;  
2.  Ijtimoiy-iqtisodiy omillar; 
3.  Ijtimoiy - demografik omillar; 
4.  Ijtimoiy-ekologik omillar. 
1.  Ishlab  chiqarish  kuchlarining  tabiiy  omillari  –  tabiiy  sharoit  va  tabiiy 
resurslarning  iqtisodiyotning  tarmoq  hamda  rayonlarning  rivojlanishiga  ta’siridan 
iborat.  Bunda  yer  resurslari,  foydali  qazilmalarning  joylashishi,  miqdori,  sifati, 
foydalanish darajasi, iqlim va suv resurslari, o’rmon resurslari muhim o’rin tutadi.  
Ayniqsa,  qishloq  xo’jaligi  ishlab  chiqarishi  tarmoqlarining  joylashishida 
tabiiy  sharoit-havo  harorati,  vegetatsiya  davri,  yog’inlar  miqdori  va  uning  davri, 
yer  osti  suvlarining  ko’tarilish  darajasi,  shamollar,  yer  usti  tuzilishi  (relef), 
yaylovlar  va  ularning  mahsuldorlik  darajasi,  yer  fondi  va  uning  tarkibi,  qishloq 
xo’jaligiga yaroqli yerlar, tuproq tarkibi va tabiiy unumdorlik darajasi kabi omillar 
majmuasining o’rni kattadir. 
Sanoatning  muhim  tarmog’i  –  qazib  beruvchi  sanoat  tarmoqlari  (tog’-kon 
sanoati) tabiiy resurslarga, ya’ni mineral xom-ashyo resurslarining - tog’-geologik 
sharoitlari,  ruda  va  rudali  xom-ashyolarning  yer  ostida  joylashishi  darajasi,  sifati 
(ruda tarkibida - metall miqdori), rangli metallar majmuasi, neft va tabiiy gaz sifati, 
ko’mir  (qatlamlarining  joylashish  va  qalinlik  darajasi  kabilar),  baliq-konserva, 
oziq-ovqat, o’rmon-tsellyuloza korxonalari xom-ashyoga bog’liq holda joylashadi. 
Ayniqsa,  qora  metallurgiya  (cho’yan,  po’lat  va  prokat),  gidroliz,  o’rmon-
tsellyuloza, mineral o’g’itlar ishlab chiqarish korxonalari (1 tonna mahsulot ishlab 
chiqarishga  2  tonnadan  6-7  tonnaga  qadar  xom-ashyo  talab  qiladi)  joylashishida 
xom-ashyoga bog’liqlik kuchlidir. 
2.  Ishlab  chiqarish  kuchlarining  joylashishida  ijtimoiy-iqtisodiy,  ya’ni 
davlatning iqtisodiy taraqqiyot darajasi, davlat siyosati, transport-geografik, dengiz 


182 
 
bo’yi holati, qo’shinchilik va chegaradoshlik (iqtisodiy rivojlangan hududlar bilan) 
omillarining  hissasi  kattadir.  Mamlakatlarning  iqtisodiy  taraqqiyot  darajasi  ilmiy-
texnika  inqilobi  bilan  bog’liq  zamonaviy  ishlab  chiqarish  tarmoqlarini 
rivojlantirish  imkoniyatlarini  beradi.  Ayniqsa,  iqtisodiyotda  muhim  o’rin  tutuvchi 
avtomobilsozlik,  samolyotsozlik,  atom  sanoati,  elektrotexnika,  priborsozlik, 
kontrol-o’lchov,  kosmik-raketa  va  boshqalar-avtomatlashtirish,  robototexnika 
tarmoqlarining  rivojlanishini  ta’minlaydi.  Davlatning  sanoatning  yangi  va  eng 
yangi  tarmoqlarini  va  inqiroz  hamda  turg’unlikka  uchragan  tarmoqlarini 
rivojlantirishga  qaratilgan  tadbirlardan  iborat  siyosati  mamlakat  va  uning 
mintaqalarida  ishlab  chiqarish  kuchlarining  barqaror  rivojlanish  imkoniyatlarini 
yuzaga keltiradi. 
Davlatning  iqtisodiyotni  rivojlantirishga  qaratilgan  tadbirlari,  chunonchi 
yangi  resursli  hududlarni  intensiv  o’zlashtirish,  ijtimoiy-iqtisodiy-ekologik 
zo’riqqan  hududlarni  engillashtirish  kabilar  ishlab  chiqarish  kuchlarining 
rivojlanishi  va  joylashishida  sezilarli  o’zgarishlarga  olib  keladi.  Transport-
geografik  holatning  qulayligi,  dengiz  bo’yi  hududlari,  qo’shnichilik  va 
chegaradoshlik  holatlari  xalqaro  mehnat  taqsimotining  chuqurlashuvi  va  xalqaro 
iqtisodiy  integratsiyaning  rivojlanishi  bilan  ishlab  chiqarishni  xalqaro  bozorga 
chiqish  qulay  hududlarga,  dengiz  bo’ylariga  (bu  hol  keyingi  yillarda  yirik  port  - 
sanoat  ishlab  chiqarish  majmualarini  rivojlanishiga  olib  keldi),  rivojlangan 
mamlakatlar  bilan qo’shnichilik  va  chegaradoshlik  esa  ishlab  chiqarish kuchlarini 
chegara hududlarida rivojlanishiga (“Umumiy bozor” doirasida) olib kelmoqda. 
3. Ishlab chiqarish kuchlarining joylashishida ijtimoiy-demografik omillar – 
aholi  soni,  aholi  sonining  ko’payishi,  zichligi,  milliy  tarkibi,  mehnat  resurslari  va 
uning  sifat  tarkibi,  aholining  iqtisodiy  (malaka)  tarkibi,  ma’lumot  darajasi, 
migratsion  harakatlarga  tortilishi,  aholining  hududiy  joylashish  tizimi  (ovul, 
qishloq, kichik, o’rta, yirik va o’ta yirik shaharlar) katta o’rin tutadi. 
Ishlab  chiqarish  kuchlarini  rivojlantirish  va  joylashtirishda  demografik 
jarayonlarning  bugungi  va  istiqboldagi  holati  hisobga  olinadi.  Mehnat  resurslari 
mavjud  hududlarda  sermehnat  iqtisodiyot  tarmoqlarini,  ishlab  chiqarish  va 
noishlab  chiqarish  infrastrukturasi  tizimlarini,  yuqori  malakali  mehnat  resurslari 
mavjud  hududlarda  zamonaviy  va  o’ta  zamonaviy  sanoat  tarmoqlarini 
rivojlantirishni  taqozo  qiladi.  Aholining  hududiy  joylashishiga  mos  ishlab 
chiqarish  tizimini  shakllantirish  migratsion  jarayonlarning  tartibga  solish  va 
boshqarish  imkonini  beradi.  Bu  o’rinda  sanoat  korxonalarini  “filiallashtirish” 
orqali  ishlab  chiqarish  kuchlarini  hududlar  bo’yicha  bir  tekis  rivojlantirishdan 
tashqari ekologik muammolarni ham yumshatish mumkin. 
4.  Ishlab  chiqarish  kuchlarini  joylashtirishning  ijtimoiy-ekologik  omillari 
XX  asrning  ikkinchi  yarmidan  boshlab  ilmiy-texnika  inqilobi  tufayli  yuzaga 
kelgan ekologik inqirozlar va sanoatning eng yangi sohalarining sof tabiiy muhitga 
bo’lgan  talabi  bilan  bog’liqdir.  Aholi  o’sishi  va  ishlab  chiqarish  sur’atlarining 
haddan  tashqari  tezlashu  vi,  uning  to’planuv  jarayonining  kuchayishi  oqibatida 
atrof-muhitga  ta’siri  kuchaydi.  Atmosferaning  ifloslanishi,  tuproq  va  yer 
resurslarining  yaroqsiz  holga  kelishi,  o’rmon  resurslarining  qisqarishi,  yirik 
shaharlardagi  (megalopolislar)  ijtimoiy-ekologik  muammolarning  haddan  tashqari 


183 
 
kuchayishiga    olib  keldi.  Natijada,  ishlab  chiqarish  kuchlarini  “engillashtirish”, 
ya’ni  sanoat,  qishloq  xo’jaligi,  transport  va  infrastuktura  sohalarini  mamlakat 
hududlari  bo’yicha  bir  tekis  joylashtirish,  atrof-muhitga  ta’siri  kuchli  korxonalar 
(kimyo,  neft-kimyo,  metallurgiya  va  boshqalar)  qurilishini  cheklash  siyosatini 
amalga  oshirilishi  iqtisodiy  rivojlangan  mamlakatlarning  boshqa  hudud  va 
mamlakatlarga  “iflos”  ishlab  chiqarish  sohalarini  ko’chirish  siyosatini  yuzaga 
keltirdi. 
Iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarda ishlab chiqarishga tobora keng sur’atda 
kamchiqit  va  chiqitsiz  texnologik  jarayonlarni  qo’llashdan  iborat  berk  ishlab 
chiqarish tizimini to’la joriy qilish qo’llanmoqda. 
Umuman,  sanoat,  qishloq  xo’jaligi,  transport,  ishlab  chiqarish  va  noishlab 
chiqarish  sohalarining  rivojlanishi  va  joylashishida,  bu  tarmoqlar  iqtisodiy 
samaradorligini  oshirishda  mavjud  tabiiy  va  ijtimoiy-iqtisodiy-resurslardan 
samarali foydalanishda barcha omillar majmuasini hisobga olish samarali hududiy 
ishlab chiqarish tizimini shakllantirish imkonini beradi. 
Ishlab  chiqarish  tarmoqlarini  joylashtirishda  barcha  shart-sharoitlar,  omillar 
hisobga  olinadi.  Lekin,  ma’lum  tarmoqni  hududiy  tashkil  etishda  barcha  omillar 
emas, balki ulardan faqat ayrimlari yetakchi, hal etuvchi rolь uynaydi. Bu masalani 
tushunish  uchun  yaratiladigan  mahsulot  uchun  suv  yoki  elektr  quvvati,  ishchi 
kuchining  qay  darajada  sarflanishi  ko’rsatish  kifoya.  Boshqacha  qilib  aytganda 
kasr  maxrajida  mahsulot  birligi,  uning  suratida  esa  alohida-alohida  omil  turadi 
(masalan, 1 tonna shakar olish uchun qancha kand lavlagi ishlatiladi, qancha elektr 
quvvati  yoki  mehnat  sarflanadi)  turadi.  Qaysi  omil  bo’yicha  yirik  son  chiqsa, 
odatda  uning  ahamiyati  shuncha  joylashtirishda  belgilovchi,  aniqlovchi  vazifani 
o’taydi. 
Shuni alohida qayd etish joizki, malum tarmoqqa kiruvchi barcha korxonalar 
yoki  kichik  “tarmoqchalar”  uchun  bittagina  omil  tegishli  bo’lishi  mumkin. 
Jumladan, mashinasozlik tarmog’iga kiruvchi ba’zi bir korxonalarni joylashtirishda 
xom  ashyo  (metall)  ko’proq  ahamiyatga  ega  bo’lsa,  boshqasi  uchun  malakali 
ishchi kuchi muhim omil hisoblanadi. 

Download 2,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   212




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish