Mehnat predmetlari - inson mehnati (kuchi) sarflanadigan ob’ekt yoki
manbalardir. Mehnat predmeti ishlab-chiqarish iste’molga yaroqli holga keltirish
uchun qayta ishlanadi. Mehnat predmetlariga: a) yer osti va yer usti tabiiy
boyliklari; b) dastlabki qayta ishlashga mo’ljallangan materiallar - po’lat, prokat,
ip-gazlama, plastmassa kabilar kiradi. Mehnat predmetlari tayyor mahsulotlar
bo’lgunga qadar bir nechta ishlab chiqarish bosqichini o’tashi mumkin.
Shuningdek, ilmiy-texnika inqilobi mehnat predmetlariga ta’sir etib mutlaqo yangi
tabiatda uchramaydigan sifat va xossalarga ega bo’lgan materiallarni yuzaga
keltirdi. Bu materiallar iqtisodiyotning yangi va eng yangi sohalarida qo’llanilishi
tufayli mamlakatlar milliy iqtisodiyotida va jahon xo’jaligida inqilobiy
o’zgarishlarni yuzaga keltirmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |