Reja:
2.1. Inson geografiyasi fanining shakllanish tarixi
2.2. O’zbekistonda inson geografiyasi fanining ilmiy yo’nalishlarini rivojlanishi.
2.3. Inson geografiyasining boshqa fanlar bilan o’zaro aloqasi.
2.4.Ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirish va hududiy tashkil qilish tushunchalari.
2.5. Ishlab chiqarishni joylashtirishning klassik g’oyalari.
Tayanch so’zlar: kashfiyotlar, siyosiy arifmetika, harbiy geografiya, iqtisodiy
geografiya, harbiy-siyosiy vaziyat, sotsial geografiya, siyosiy geografiya,
geografiya jamiyati.
Geografiya fanining rivojlanishi qadimgi Antik davrida mamlakatlar o’rtasida
hududiy (geografik) mehnat taqsimoti, ya’ni har bir hududning o’ziga xos tabiiy
sharoiti va resurslari, iqtisodiy geografik o’rni, xalqlarning urf-odatlari va an’anlari
asosida ma’lum bir mahsulotlarni ishlab chiqarish va xizmatlar ko’rsatishga
ixtisoslashishi va ular o’rtasida tovar ayirboshlash jarayonining shakllanishi
davriga borib taqaladi.
Mamlakatlar o’rtasida hududiy mehnat taqsimotining shakllanishi geografiya
fanlari tizimida dastlab iqtisodiy geografik tadqiqotlarni vujudga kelishiga olib
keldi. Qadimgi yunon olimi Strabon o’zining o’n yetti tomlik “Geografiya” deb
nomlangan asarida, aholining hududiy joylashuvi, mamlakatlar va hududlar
o’rtasidagi tovar ishlab chiqarish va savdo sotiq aloqalarini yoritgan.
Ayniqsa, milodning V asridan XVII asr o’rtalariga qadar bo’lgan davrda
ishlab chiqarish kuchlarining sezilarli taraqqiyoti (foydali qazilmalardan keng
foydalanish, metal eritish, ip va shoyi gazlamalar to’qish, gilam, qog’oz va chinni
buyumlar ishlab chiqarish, shamol va suv kuchidan foydalanish, kemachilikning
rivojlanishi va dastlabki geografik kashfiyotlar, mamlakatlarning siyosiy, savdo va
madaniy markazlari sifatida shaharlar rolining ortishi, fanning taraqqiyoti, ichki
bozorning shakllanishi) davlatlar o’rtasidagi savdo-sotiqning rivojlanishi natijasida
sharqiy yarim sharda 3 ta yirik mintaqaviy savdo markazlarining (Janubiy va
Janubi-Sharqiy Osiyo, Yevropa-Venetsiya, Genuya, Ginza Ittifoqi va Yaqin Sharq)
shakllanishi xalqaro bozorning yuzaga kelishi uchun shart-sharoit hozirladi.
Shuningdek, kapitalning dastlabki jamg’arilishi jarayoni, tabiiy fanlar
ravnaqi, xalqlarning millat bo’lib shakllanishi, Buyuk geografik kashfiyotlar,
aholining migratsion harakatlarining boshlanishi, xalqaro savdoning kuchayishi –
xalqaro bozorlarning yuzaga kelishiga, mustamlakachilikning boshlanishiga va
dastlabki iqtisodiy hamda iqtisodiy geografik qarashlarning ta’limot sifatida
mujassamlashuviga olib keladi.
Ma’lumki, Buyuk geografik kashfiyotlar xalqaro savdo va ilk kapitalistik
munosabatlarning rivojlanishiga sabab bo’lgan. Bu davrda hududiy mehnat
taqsimotining chuqurlashishi va jahon xo’jaligining shakllanishi, o’z navbatida,
iqtisodiy geografiya fanining rivojlanishiga muhim bosqich bo’ldi. Mamlakatlar va
Do'stlaringiz bilan baham: |