133
ko’ramiz. Agar yuz yillikning birinchi yarimida jahon tovaraylanmasining 2/3
oziq-ovqatga, xom ashyo va yonilg’iga to’g’ri kelgan bo’lsa, asr oxiriga kelib,
tovaraylanmasining 1/4 qismi to’g’ri keladi. Savdoda qayta ishlash sanoati
mahsulotlari 1/3 dan 1/4 ga o’sdi va nihoyat, XX asr oxirida mahsulotlari 1/3 dan
ziyod o’sdi. Bu – mashinalar va uskunalar savdosidir.
Xalqaro tashkilotlar (BMT, XVF) ma’lumotlariga qaraganda, 1980 yildan
2010 yilgacha xalqaro savdo har yili o’rtacha 5 % dan o’sib borgan.
Jahon savdosining tez sur’atlarda o’sishi asosan AQSh, Italiya, Kanada,
Ispaniya, Shuningdek sanoati taraqqiy etgan mamlakatlar (Yaponiyadan tashqari)
Uzoq Sharq va Lotin Amerikasida xo’jalik kon’yukturasining yaxshilanishi bilan
bog’liqdir.
Jahon savdosi taraqqiyotida alohida mamlakatlar rolini qarab chiqar
ekanmiz, eng yirik eksportchi va importchi AQSh bo’lganini ko’ramiz. AQShdan
keyin Germaniya va Yaponiya borayapti. Birinchi yirik savdo mamlakatlari
o’nligida Frantsiya, Buyuk Britaniya, Italiya, Kanada, Gollandiya, Belьgiya
(Lyuksemburg bilan) joy olgan. Butunjahon savdo tashkiloti (BJST)
ma’lumotlariga ko’ra, Rossiya eksportda 20 – va importda 25 – o’rinni egallaydi.
Rossiya umumiy tashqi savdo hajmi bo’yicha 16–o’ringa chiqdi. Eksportning
dinamik taraqqiyoti bo’yicha Xitoy, Singapur, Chili va Finlyandiyada sezilarli
o’sish ko’zga tashlanayapti. Markaziy va Sharqiy Yevropa yaxlit mintaqa sifatida
eksport sur’atlari bo’yicha Osiyodan keyin 2–o’rinni egallaydi. Jahon savdosida
kechayotgan jarayonlarni tahlil qilar ekanmiz liberilizatsiya uning asosiy
tendantsiyasidir. Bojxona poshlinalari darajasi sezilarli pasayishi ro’y berdi,
ko’plab cheklovlar, kvotalar va boshqalar bekor qilindi. Ammo biroq, bir kator
muammolar mavjud. Asosiylaridan biri-iqtisodiy guruhlar darajasida protektsion
tendentsiyaning avj olishi, ko’p sohada bir-biriga qarshi turuvchi mamlakat savdo-
iqtisodiy bloklari.
Savdo – iqtisodiy bloklar tashkil qilishda birinchi bahosiga ko’ra, bugungi
kunda ushbu hududlar doirasida jahon savdosining 42 % amalga oshirilgan.
Ko’proq taniqli hududlar orasida Yevropa erkin savdo assotsiatsiyasi (EESA),
Yevropa Ittifoqi (EI), Shimoliy Amerika erkin savdo hududi (ShAESH), Osiyo-
Tinch okeani iqtisodiy hamkorlik (OTIH) tashkiloti va boshqalar bor.
Bundan tashqari, davlat organlariga o’zida bor narsani chetdan sotib olish,
ishlab chiqarishda milliy xom ashyoning ma’lum qismidan foydalanish tartibi,
temir yo’llar, portlarni ajnabiylar uchun taqiqlab qo’yishda xom ashyo
cheklashlarining boshqa shakllaridan foydalanish mumkin.
Protektsion choralar tizimida eksportni rag’batlantirishning davlat vositalari
ham muhim rolь o’ynaydi. Hozirgi zamon sharoitida turli shakldagi moliyaviy
imtiyozlar tizimi
shakllangan. Ular tashqi va ichki bozorda milliy
eksportchilarning raqobatbardoshligini oshirishga qaratilgan. Ularga quyidagilarni
kiritish mumkin:
Do'stlaringiz bilan baham: