Geografiya va ekologiya fakulteti



Download 0,8 Mb.
bet52/70
Sana14.06.2022
Hajmi0,8 Mb.
#671642
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   70
Bog'liq
ekoturizm majmua (1)

V. Nurota rayoni o‘zining ajoyib tabiat manzaralari, tarixiy
arxitektura yodgorliklari bilan kishilarni maftun etadi. 1975 yilda
tashkil etilgan va maydoni 17,8 ming ga bo‘lgan Nurota tog‘ yong‘oqzor-meva
qo‘riqxonasi mavjud. Bu qo‘riqxonaga "Ekosan" huzuridagi "Ekosantur"
firmasi tomonidan ko‘plab marshrutlar uyushtirilgan. Oqtog‘ning janubiy
yon bag‘rida joylashgan, shamol ta’sirida tebranib turuvchi bahaybat xarsang
toshli "Sanjigumon", "Koriz qoldiqlari" kabi tabiat yodgorliklari
ekoturizmning muhim ob’ektlaridan bo‘lib hisoblanadi.
Nurota tog‘ oldida joylashgan "CHashma bulog‘i" ko‘p asrlardan buyon
Nurota shahri va uning atrofidagi qishloqlarni suv bilan ta’minlash bilan
bir qatorda diniy ziyoratgohdir. Buloq yaqinida “CHilistun” masjidi,
madrasa, Abul Xasan Nuriy maqbarasi va qal’asi joylashgan. CHashmadagi
baliqlar muqaddas hisoblanadi. Buloqdan taralayotgan nur inson nigohini
lol qoldiradi.
Qoratog‘ tizmasining janubiy yon bag‘rida "Sarmish darasi"dagi
qoyalarda ajdodlarimizning hayoti va madaniyatini aks ettiruvchi lavhalar,
rasmlar ishlangan.
Janubiy Nurota tizmasida uzunligi 110 m, absolyut balandligi 1060
m, maydoni 163 m2 keladigan "Maydon karst g‘ori", SHimoliy Nurota
tizmasidagi uzunligi 130 m, absolyut balandligi 1100 m, maydoni 70 m2
keladigan "Xonaixudo karst g‘ori"da speleoturizmni rivojlantirish
mumkin. Bulardan tashqari, XI asrda bunyod etilgan va XVIII asr boshlarigacha
turgan "Rabot Malik karvonsaroyi" sayyohlarning to‘xtash joyi, shuningdek
savdogarlarning savdo qilish joyi bo‘lgan. Rabot Malik yonida ming yillik
tarixga ega bo‘lgan madaniyat yodgorligi – sardoba mavjud. Er ichiga 12 m.
botirilgan sardobada butun yoz bo‘yi muzdek va toza suv saqlangan.
VI. Zarafshon rayonida Zarafshon daryosi qayirlarida joylashgan
to‘qay landshafti, undagi o‘simlik va hayvonot dunyosini muhofaza qilish
uchun tashkillashtrilgan "Zarafshon qo‘riqxonasi" mavjud. Buxoro
viloyatining SHofirkon o‘rmon xo‘jaligi hududida joylashgan qum cho‘l
landshafti, u erdagi o‘simliklar va hayvonlar hamda tarixiy yodgorlik
(Vardanza shahar xarobalari) davlatning alohida e’tibori bilan
qo‘riqlanadi. "Vardanza qo‘riqxonasi", "To‘dako‘l flora va faunasini
boyitish buyurtmaxonasi", Qorovulbozor xo‘jaligida joylashgan “Jayronekomarkazi”, suv va botqoqqa moslashgan qushlarni ko‘paytiruvchi "Dengizko‘l
buyurmaxonasi", Zarafshon tog‘ tizimlaridagi Omonqo‘ton va Temurlang karst
g‘orlari, Zarabuloq-Ziyovuddin tog‘ tizmalaridagi ko‘p qavatli "G‘untak g‘ori"
kabilar. Zarafshon ekoturistik rayonida O‘zbekistonning qadimgi
shaharlari Samarqand va Buxoro joylashganligi tufayli ham ekoturlar
yakuni tarixiy-diniy arxitektura yodgorliklariga qilinadigan safarlar
bilan olib borilishi maqsadga muvofiqdir.

Download 0,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish