Geografiya va ekologiya fakulteti



Download 0,8 Mb.
bet26/70
Sana14.06.2022
Hajmi0,8 Mb.
#671642
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   70
Bog'liq
ekoturizm majmua (1)

Ekologik sayyohlik -
zamonaviy turizmning yangi yo‘nalishlaridan biri bo‘lib, oxirgi o‘n
yillikda butun dunyoda keng miqyosda rivojlanmoqda. Ma’lumotlarga
qaraganda3 u sayyohlik bozorining 10-20% qamrab olgan, o‘sish sur’ati esa
umumiy turizm industriyasining o‘sish sur’atidan 2-3 marotaba yuqori ekan.
SHuningdek, ekoturizm atrof-muhit muhofazasining samarali vositasi va
barqaror rivojlanishning mustahkam «kaliti»dir. Ekoturizm birinchi
navbatda tabiat bilan bevosita muloqotda bo‘lishga, uning go‘zalligini va
salbiy hodisalarini xis etishga, tabiat qo‘ynida faol dam olish va
ekotizimlarni tiklash inson uchun qanchalik katta ahamiyat kasb etishini
anglashga qaratilgandir.
SHunday qilib ekoturizm ekologik fanlar tizimida turuvchi mustaqil
fan sohasi, o‘quv kursi va iqtisodiyot tarmog‘i sifatida rivojlanib va
shakllanib bormoqda, lekin uning nazariy asoslari to‘lig‘icha ishlab
chiqilmagan.

Nazorat savollari
* Nima uchun tabiiy atrof muhitni muhofaza qilish darkor?
* Ekologiya nima?
* Prizident Islom Karimov asarlarida ekologiya va turizm haqida
nimalar deyilgan?
* Ekologik turizmga izoh bering .
* Ekoturizmning tabiatni asrashdagi roli nimada deb bilasiz?
* Ekologik sayohatchilar kimlar?
* Qaysi toifa ekoturistlarni tartibga solish oson – jismoniy
shaxslarnimi yoki yuridik shaxslarnimi?


2 mavzu: Ekologik turizmning ob’ektlari
Reja:

  1. Ekologik turizmning ob’ektlari

  2. Tabiat komponent(unsur)lari

  3. Tabiiy tizim(sistema)lar

  4. Tabiat majmua(kompleks)lari

Ekologik turizm ham aynan fikrlaydigan
va shukronalar bildiradigan ekologik ongli va madaniyatli kishilarni
tarbiyalashga, turizmdan kelgan foydani esa buzilayotgan yoki buzilgan
tabiiy ob’ektlarni qayta tiklash uchun sarflashga yo‘naltiruvchi juda
ulkan imkoniyatlarga ega. Faqatgina ushbu harakatlar ilmiy asoslangan va amalda tekshirilib ko‘rilgan tavsiyalarga tayangan holda amalga oshirilishi,ya’ni yangi fan sohasi sifatida aks ettirilishi maqsadga muvofiqdir.
Ekoturizm yangi fan sohasi bo‘lgani uchun ham hanuzgacha uning
ob’ektiga nisbatan aniq bir nazariy asos yaratilmagan. Nazariya esa uning
ob’ektini aniqlashtirib olishdan boshlanadi. Ekoturizm ham bundan
mustasno emas.
Fanda ob’ekt (lotincha object – narsa) deb sub’ekt (tadqiqotchi,
izlanuvchi, o‘rganuvchi)ning bilish va amaliy faoliyatiga qarama-qarshi
turadigan ob’ektiv reallik – narsa, ya’ni bizning ongimizga bog‘liq
bo‘lmagan holda namoyon bo‘luvchi tashqi dunyo, moddiy borliq, demakdir
Ekoturizm ob’ektiga nisbatan turlicha dunyoqarashlar mavjud va uni biz o‘z tadqiqotlarimizda tahlil va sintez qilib ko‘ramiz.
M.I.Egorenkovning (2003) fikricha landshaft mintaqasi
ekotizimlari – sovuq arktik sahrolar va tundra, mo‘‘tadil iqlim
mintaqalari, dasht va preriyalar, cho‘l va sahrolar, savanna va siyrak
o‘rmonlar, nam tropik o‘rmonlar, okean va dengizlar hamda alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar ekoturizm ob’ekti bo‘la oladi. Ekoturizm ob’ektiga nisbatan bildirilgan ushbu ta’rif juda umumlashtirilgan.
CHunki, birinchidan, tabiiy geografik mintaqalar ekotizimlar emas, balki tabiiy geografik tasniflanishdagi taksonomik birliklar yo geomajmualar yoki geotizimlardir. Ikkinchidan, ekotizim ekologiyaning, geomajmua yoki geotizim esa geoekologiyaning ob’ekti bo‘lib hisoblanadi. Uchinchidan, mintaqadan pastki taksonomik birliklar ham ekoturistik ob’ekt bo‘la oladi (A.Nigmatov, N.SHomurotova, 2005, 2006).
Butunjahon turistik tashkiloti ekoturizm ob’ekti muayyan
davlatlarda insonlarni turizm nuqtai nazaridan qiziqtira oladigan tabiat sifatida izohlaydi. Lekin unda insonlarni aniq bir bilish yoki amaliy faoliyatida qo‘llash mumkin bo‘lgan ob’ektiv reallik narsaning o‘zi aniq qilib ko‘rsatilmagan.
Turli turistik tashkilotlarning turizm bo‘yicha saytlarida
(Rambler, Yahoo, Mail...provayderlarida berilgan) ekoturizmning ob’ekti
sifatida ekzotik o‘simlik dunyosi majmualari, yoki biotsenozlar (tropik
o‘rmonlar, gullagan yozgi tundra, bahorgi cho‘l), noyob landshaftlar, yovvoyi
muqim yoki ko‘chib yuradigan qushlar olingan. Ularda ekoturistik ob’ektga
nisbatan aniq bir tushuncha yoki tasnifiy belgi ko‘rsatilmagan. Antropogen o‘zgargan yoki inqirozli holatdagi hududlar (Orol va Orolbo‘yi kabi joylar)
ekoturizm ob’ektiga kirmay qolgan. Xuddi shunday yondoshuv Xalqaro
tabiatni muhofaza qilish ittifoqi va Butunjahon yovvoyi tabiat
jamg‘armasi (WWF) tomonidan ham bildirilgan. Ular nisbatan antropogen ta’sir doirasida turmagan tabiatni ekoturistik ob’ekt deb hisoblashadi.
S.R.Erdavletov (2000) "Turizm geografiyasi"ning ob’ekti – turizm
ekanligini e’tirof etadi. Turizm bu ob’ektiv borliq yoki narsa emas, balki inson faoliyati, ya’ni ijtimoiy munosabatning bir turidir.
V.V.Xrabovchenko (2003) va YU.A.SHtyurmer (1974) ekoturizm
ob’ektiga nisbatan ikki xil yondashishgan, birinchisi, inson faoliyatidan
saqlangan va ikkinchisi, u tomonidan madaniylashtirilgan yoki
madaniylashtirilmagan atrof muhit, deb olgan. Madaniy atrof - muhit
insonlarning xo‘jalik faoliyati uchun tabiatan noqulay hududlarning
(tabiat ob’ektlarining) ular tomonidan yaxshilanishi va o‘ziga
moslashtirishi. Bunga CHotqol tog‘-o‘rmon meliorativ tajriba stansiyasi
(Toshkent viloyati), Omonqo‘ton tog‘-o‘rmon buyurtma qo‘riqxonasi (Samarqand viloyati), o‘zlashtirilgan SHerobod, Mirzacho‘l yoki Qarshi cho‘llari misol bo‘la oladi. Xalqaro ekoturizm tashkiloti (TIES) ekoturistik ob’ektga atrof muhitni saqlovchi tabiat zonalari va oblastlarini kiritadi. Kanadaning Atrof - muhit bo‘yicha maslahat kengashi esa ekoturistik ob’ekt – mahalliy
atrof - tabiat, deya e’tirof qilishadi. Italiyada ekoturizm ob’ekti
agroturizmning bir bo‘lagi sifatida qaraladi va shuning uchun ham
agroturizm ekoturizm bilan bargalikda olib boriladi (V.V.Xrabovchenko).
Ekosan xalqaro tashkilotining "EKOSAN-TUR" bo‘linmasining
2004-2006 yillarda chop etgan barcha bukletlarida tabiiy turizm, tarixiy
turizm, diniy turizm bilan ekoturizm ob’ektlari aralashtirib yuborilgan.
YUqoridagi tahlillardan ko‘rinib turibdiki ekoturizm ob’ektiga
nisbatan aniq bir fikr yo‘q. Bu tabiiy hol, chunki ekoturizm tez
suratlarida rivojlanib kelayotgan, lekin hanuzgacha shakllanmagan turizm turidir. Biz falsafada fan ob’ektiga nisbatan berilgan ta’rifni hamda turizmga qo‘yiladigan talablarni ma’qullab, ulardan ekoturizm ob’ektini aniqlashtirishda foydalangan tarzda quyidagi xulosalarga keldik.

Download 0,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish