19-Topshiriq. Har xil joylashgan voqiya va hodisalarni generalizatsiya qilish
Topshiriqdan maqsad: geografik kartalarni tuzish usul-lari bilan tanishish, uncha murakkab bo‘lmagan kartalarni tuzish ko‘nikmalariga ega bo‘lish.
Topshiriqni bajarish tartibi: 1:5 000 000 masshtabdagi devoriy umumgeografik karta nusxasini tayyorlash.
Kartalar variantlari:
a) ma’lumotnoma karta;
b) oliy o‘quv yurtlari uchun kartalar;
v) o‘rta maktablar uchun o‘quv kartalari.
Topshiriqni bajarish bo‘yicha ko‘rsatmalar. 1:2 500 000 masshtabdagi karta nusxasini 1:5 000 000 masshtabgacha kichray-tirish va ko‘k nusxada eskiz tayyorlash (karta nusxasini tayyor-lashda 1:2 500 000 masshtabdagi kartaning xususiyatlari o‘rganiladi).
Nusxa tayyorlashda karta tuzish ishlari alohida ele-mentlar bo‘yicha quyidagi ketma–ketlikda olib boriladi: daryolar, ko‘llar, rel’ef, aholi punktlari, yo‘llarni tasvirlash.
Har bir elementni tuzib chiqish bo‘yicha ishlar natijasi ko‘k nusxada quyidagi ranglarda tush bilan tasvirlanadi – gidrografiya – yashil, rel’ef – jigar, aholi punktlari – qora, yo‘llar – qizil rangda. Kartalarni tuzishda quyidagi ko‘rsat-malarga rioya qilinadi:
a) ilmiy-ma’lumotnoma kartalar uchun:
– daryolar – karta masshtabida 1 sm dan ortiq uzunlikda (daryolarning kema qatnaydigan qismi ajratib ko‘rsatiladi);
– ko‘llar – karta masshtabida maydonlari 0,3 sm2 dan kam bo‘lmagan holatda;
– gorizontallar - 100, 200, 400, 600 va 1000 m;
– aholi punktlari – respublika poytaxti, viloyatlar va tumanlar markazlari, shaharlar va shahar tipidagi posyolkalar;
– temir yo‘llar va shosselar, viloyatlar markazlarini birlashtiruvchi avtomobil yo‘llari ko‘rsatiladi;
b) oliy o‘quv yurtlari uchun mo‘ljallangan kartalarda:
– daryolar – karta masshtabida 2 sm dan kam bo‘lmaganda;
– ko‘llar – karta masshtabida 0,5 sm2 dan kam bo‘lmagan o‘lchamda;
– gorizontallar – 200, 600 va 1000 m;
– aholi punktlari – respublika poytaxti, viloyatlar markazlari, respublika va viloyat miqyosidagi shaharlar;
– temir yo‘llar, viloyatlar markazlarini birlashtiruvchi avtomobil yo‘llari ko‘rsatiladi;
v) maktab o‘quv kartasida:
– daryolar - karta masshtabida 5 sm dan uzun o‘lchamda;
– ko‘llar – karta masshtabida 1 sm2 dan ortiq maydonlarda;
– kartada hududning balandlik otmetkalari (pasttekis-liklar, adirlar va tog‘lar) beriladi;
– aholi punktlari – respublika poytaxti, viloyatlar markazlari;
– temir yo‘llar, respublikalar markazlarini tutashtiruvchi avtomobil yo‘llari ifodalanadi.
Ilova: Ko‘k nusxa qog‘ozida zarur ma’lumotlar mavjud bo‘lmagan holatlarda karta eskizlarini boshqa tartibda tuzish ham mumkin, masalan, kartadan mustaqil tarzda proektor yorda-mida, pantograf yoki «qismlar bo‘yicha chizish» usullaridan foydalanib, eskiz tuzish.
3. Karta eskizini chizish ishlari yakunlangandan keyin, uni jihozlash ishlari bajariladi, karta ramkalari ko‘rinishi, karta nomi, masshtab yozuvlari, shartli belgilar chiziladi.
4. Karta eskizi rangli buyoqlar va tush yordamida jihoz-lanadi. Agar karta devorga osish maqsadida foydalanishga mo‘ljallangan bo‘lsa, uning tarkibidagi asosiy elementlar 5-6 metr masofadan turib ko‘rinishi hisobga olinadi.
Ishlar natijalari umumgeografik kartaning ma’lum qismi sifatida tayyorlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |