Geografiya tabiiy fanlar sultoni



Download 2,04 Mb.
bet1/5
Sana07.04.2022
Hajmi2,04 Mb.
#534233
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Tadbir ssenariysi (@geoedu uz)








16 – sonli IDUM ning Geografiya fani o’qituvchisi Qo’shayev Ruslanning Sentabr – geografiya fani oyligiga bag’ishlab o’tkaziladigan
GEOGRAFIYA – TABIIY FANLAR SULTONI” mavzusidagi bayram tadbiri
SENARISI
2017-yil
Sentabr – geografiya fani oyligiga bag’ishlab o’tkaziladigan
GEOGRAFIYA – TABIIY FANLAR SULTONI” tadbir Senariysi


Tadbirning maqsadi: o’quvchilarning geografiya faniga bo’lgan qiziqishlarini oshirish, ularni bo’sh vaqtlaridan unumli foydalanishga o’rgatish, ularda Ona-Vatanga sadoqat va muhabbat tuyg’ularini shakllantirish, tabiatni avaylab asrash hamda uning boyliklaridan oqilona foydalanish ko’nikmalarini rivojlantirish, buyuk ajdodlarimizga hurmat va iftixor tuyg’ularini tarbiyalash. Maktab faollar zali bayramona bezatiladi. Geografik ko’rgazmali qurollar, buyuk allomalarning siymolari tushirilgan rasmlar, kompyuter va monitor, magnitofon, tarqatma materiallar. Tadbirni boshlovchilar ochib berishadi.

I-B: Assalom, O’zbegim, ozod Turonim,


Mustaqil diyorim O’zbekistonim.
Kelajagi buyuk ulug’ diyorsan,
O’zingga xon-sanu, o’zingga beksan.
Istiqloling muborak, senga, Vatanim
O’z erking muborak, buyuk Turonim

II-B: Daryolar, dengizlar, tog’larga makon,


Bog’lari, chamani oltinlarga kon,
Bir go’zal diyor bor: cho’llari bo’ston,
Sharqimning mash’ali, sen, O’zbekiston!

I-B: Assalomu alaykum hurmatli ustozlar, qadrli o’quvchilar.


Barchangizni mustaqilligimizning 26 yilligi bayrami va yangi o’quv yilining boshlanganligi bilan tabriklaymiz.

II-boshlovchi: Hammangizga yahshi ma’lumki o’quv yilining har bir oyi ma’lum bir fanga ba’gishlanadi. Yangi o’quv yilining birinchi oyi esa geografiya fan oyligi hisoblanadi. Geografiya fan oyligi tadbiriga xush kelibsiz.


I-B: Shunday ekan, yana bir bor barchangizga hayrli kun! Bugun biz sizlarni geografiya fan oyligi munosabati bilan tayyorlangan bayram tadbirimizni tomosha qilishga taklif etamiz. Tadbirni ochib berish uchun so’z maktabimiz direktori Shuxrat aka Jumaniyazovga. Marhamat!


II-B ”Geografiya – insoniyatning beshigi hisoblanmish yer sayyorasi va uning tasvirini o’rganuvchi eng qadimiy fandir, murg’ak qalblarni o’zi yashab turgan zamin hamda uning ajoyib va g’aroyib tabiat sirlaridan ogoh etganligi bois uni sevib o’qimaydigan o’quvchi bo’lmasa kerak.


I-B: Kishilik jamiyati vujudga kelibdiki, geografiya fani mavjuddir, chunki qadimgi sayyohlarning o’zga qit’alarga qiziqib yo’l olishlari, undan ham ilgariyoq yo’llarni aniqlab olishlari uchun tosh va yog’ochlarga shartli ko’rsatkich belgilarini ishlata olishga harakat qilishlari, yerning shakli va kattaligi haqidagi gipotezalar fikrimiz isbotidir.


II-B: Bashariyatning ko’hna tarixiga nazar tashlasak. Geografiya fani insoniyatga nima berdi?


I-B: Geografiya fani va uning jasur, jonkuyar sayyohlari bo’lmaganida balki Amerika, Afrika, Avstraliya qit’alari , tog’larning balandligi, cho’qqilar, okean osti cho’kmalari, noyob yer osti va usti boyliklari, o’zga qit’a jonzotlari, tabiat mo’jizalarini va bir qancha noyob durdonalar noma’lumligicha qolgan bo’lardi.


II-B: Shuningdek, butun sayyora aholisi, uning ishlab chiqarish jarayonlari, ijtimoiy iqtisodiy ahvoli hamda yer sharining ekologik vaziyatlarini o’rganib bo’lmasdi.


1-boshlovchi: Buyuk sayyoh-olimlarning kashfiyoti - bu,
Yer kurrasin madh etuvchi kuy-bayoti – bu,
Zamindagi mavjudotlar hur-hayoti – bu,
Sayyoramiz siyrati – geografiya bu.
2-boshlovchi: Bu demakki, jasoratlar majmuasidir,
Sayyohlarning tasavvuri, tasviri shudir.
Qalbingga beruvchi olam-olam ziyo, nur,
Tabiatni o’rgatuvchi geografiya – bu.
1-boshlovchi: Barcha olam sirlari jam bo’lgan bunda,
Shoir qalbin zabt etuvchi ilhom ham shunda,
Xayollarni tilsimlagan she’rlar ham shunda,
Mening ezgu ko’ngil torim geografiya – bu.
2-boshlovchi: Yer yuzining go’zal, nodir tarovatidan,
Kurramizning ob-havosi, sahovatidan,
Turli-tuman jonzotlari, nabotatidan,
Hikoyalar so’zlaguvchi geografiya – bu.
1-boshlovchi: Al-Beruniy, Bobur Mirzo, dono Ulug’bek,
Magellan, Kolumb, Frensis Dreyk,
Falsafani yaratgan emishlar buyuk,
Tabiiy fanlar sultoni, geografiya - bu.

2-boshlovchi: Endigi so’zni geografiya fani o’qituvchisi Qo’shayev Ruslan Ashirboyevichga beramiz.


1-boshlovchi: Endi davramizga rassomchilik qobilyatiga ega bo’lgan o’quvchilarni taklif qilamiz Hozir bizda “Rassomlar bellashuvi” deb nomlangan o’yinimiz o’tkaziladi. Biz sahnamizga xolovchilarni taklif qilamiz. Marhamat!

1 – boshlovchi: Mana rassomlar bellashuvi bo’yicha g’oliblarimizni ham aniqlab oldik. Ularni chin dildan tabriklaymiz. Kechamiz davom etadi. Endi Geografiya fani haqidagi ma’lumotlarni tinglaymiz.


2 – boshlovchi: Ayting-chi? Bu fanning asoschisi kim o’zi?
1-boshlovchi: Kelinglar yaxshisi buni geografiya fanining o’zidan eshitsak! Davraga Geografiya kitobini taklif qilamiz. Marhamat!



Download 2,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish