Geografiya tabiiy fanlar sultoni


Endi navbatni tadbir ishtirokchilari tomonidan tayyorlangan “Yer oilasi” deb nomlangan sahna ko’rinishiga beramiz



Download 2,04 Mb.
bet5/5
Sana07.04.2022
Hajmi2,04 Mb.
#534233
1   2   3   4   5
Bog'liq
Tadbir ssenariysi (@geoedu uz)

Endi navbatni tadbir ishtirokchilari tomonidan tayyorlangan “Yer oilasi” deb nomlangan sahna ko’rinishiga beramiz.
1-o’quvchi: Ota-bobolarimiz o’tgan tuproq muqaddasdir! O’tmishimizni asrasak, kelajagimiz buyuk bo’ladi!
2-o’quvchi: Yerga ishlov bering! Ona yerni hurmat qiling! Yerga tayoq urish gunohdir. Sen Yerni boqsang, Yer seni boqadi!
3-o’quvchi: O’z uyingni, ostonangni toza saqla! Chiqindini suvga to’kma! Havoning toza bo’lishiga o’z hissangni qo’sh!
4-o’quvchi: Yer boylikning onasi, mehnat uning otasi!
5-o’quvchi: Hosilning otasi – suv, onasi – yer!
6-o’quvchi: Suv - hayot manbayi! Uning har bir tomchisini tejaylik!
7-o’quvchi: Agar havoda chang va g’ubor bo’lmasa, inson ming yil umr ko’rar edi. (Abu Ali Ibn Sino).
8-o’quvchi:
Zamonamiz go’zal, maftunkor,
Sahovatga boydir tabiat.
Shular bois azal-azaldan
Yuksaklikda ilm-ma’rifat.
Lek olamda katta muammo
Bo’lib qoldi Ona-tabiat.
Suv notoza, tuproq zararli, 
Jabrlangan jami mavjudot.
Toza bo’lsin butun koinot,
Omon bo’lsin Ona tabiat!
––––––––––––––––––––––––––––––––
9-o’quvchi: Tabiat ham inson misoli,
Ardoqlanish istaydi dildan.
E’tiborsiz befarqliklarni
So’zlay olmas, aytolmas tildan.
Izlanishni qo’ymaymiz bir dam,
Shiorimiz doim tadqiqot.
Toza bo’lsin, musaffo bo’lsin,
Yer-u osmon, butun koinot.
Toza bo’lsin butun koinot,
Omon bo’lsin Ona-tabiat.
––––––––––––––––––––––––––––––––

10-o’quvchi: ”Suvni qadrlaylik!”.


Suvlar iflos bo’lmasin, chiqindiga to’lmasin.
O’simlik va hayvonlar zaharlanib o’lmasin.
Ular bo’lsa salomat, tozalikdan alomat.
Ifloslanib ketsa gar, tabiatga malomat.
––––––––––––––––––––––––––––––––
11-o’quvchi:Ko’chat eking bolalar, suv havzasi bo’yiga.
Terak pishiq yog’ochdir, har insonning uyiga. 
Mening aziz do’stlarim, aytayin shuning uchun,
Suv bo’lsin mudom toza, qilaylik muhofaza!
––––––––––––––––––––––––––––––––
12-o’quvchi: “Fuqarolar atrof tabiiy muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo’lishga majburdirlar” (O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 50-moddasi).
13-o’quvchi: “Yer, yer osti boyliklari, suv, o’simlik va hayvonot dunyosi hamda tabiiy zaxiralar umummilliy boylikdir, ulardan oqilona foydalanish zarur va ular davlat muhofazasidadir” (O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, 55-modda).
14-o’quvchi
Keling, ahli zamin inson boiaylik,
Bilimlar bogiga bog‘bon boiaylik.
Zarur boisa fido etib bu jonni,
Ona Yerimizga qalqon boiaylik.

Ba’zan jahongashta sayyoh boiaylik,


Yozuvchi, shoir-u xattot boiaylik.
Kim boisak ham mayli zamondoshlarim,
Elim deb yonguvchi bir jon boiaylik.

Shoh boimaylik, faqir-u gado boiaylik,


Olamni yoritgan ziyo boiaylik.
Hayot yoiimizni fanga bagishlab,
Yer ilmi yoiida fido boiaylik.

1-boshlovchi: Tadbirimiz davom etadi. Demak, geografiya fani Yer yuzi tabiatini o’rganishini bilib oldik. Inson o’zi uchun kerakli barcha narsani tabiatdan oladi. Shuning uchun tabiatni asrashimiz kerak ekan-da?!


2-boshlovchi: Albatta! Bizlar tabiatning barcha boyliklarini: suv, havo, tuproqni toza saqlashimiz, o’simlik va hayvonot dunyosini muhofaza qilishimiz, yerosti boyliklaridan oqilina foydalanishimiz kerak.
1-boshlovchi: Demak, tabiatni muhofaza qilib, uning boyliklaridan oqilona foydalansak, kelajak avlodga ham tabiatning buyuk ne’matlaridan foydalanish imkoniyati tug’iladi.
Geografiya fani bizlarga ana shunday muhim bilimlarni o’rgatadi. Shuning uchun bu fanni chuqur o’rganishimiz kerak bo’ladi.
2-boshlovchi: Aziz o’quvchilar! “Geografiya – tabiiy fanlar sultonidir” deb nomlangan tadbirimiz nihoyasiga yetmoqda. Shu fursatdan foydalanib siz azizlarni ushbu fan oyligida o’tkaziladigan tadbirlar, ochiq darslar va ko’rik tanlovlarda faol qatnashishga chaqirib qolamiz!
1-boshlovchi: Mana, aziz mehmonlar, hurmatli ustozlar va qadrli o’quvchilar! Mazkur tadbirimizni yakunlar ekanmiz, barchangizga sog’lik-salomatlik, o’qish va ishlaringizda omad, oilangizga tinchlik-totuvlik tilaymiz va sizlar bilan xayrlashamiz. E’tiboringiz uchun katta raxmat!
2-boshlovchi: Xayr, sog’ bo’linglar.


Download 2,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish