Geografiya kafedrasi



Download 3,43 Mb.
Pdf ko'rish
bet81/242
Sana01.02.2022
Hajmi3,43 Mb.
#423985
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   242
Bog'liq
Туризм Географияси мажмуа 2021

6. Chili mamlakati turizmi
Chili Janubi - Farbiy Amerikada joylashgan davlat. Hududi 756.626 kv.km. Yirik 
shaharlari: Sant‘yago (4.3 mln.). Vin‘ya- del‘-Mar (302 ming). VAl‘paraiso (276 ming). Tal‘kauano 
(221 ming). Konseps‘on (330 ming). Aholisi 14.2 mln. kishiga yaqin. shundan kreollar 68%. 
yevropaliklar 30%ni. 2.0%ni xindular tashkil etadi.
Chili hududi F.Magellanning ekspeditsiyasi tomonidan 1520 yilda ochilgan va Ispaniya 
mustamlakasiga aylantirilgan. XIX asrning boshlarida mustaqillik uchun kurash kuchaydi va 1810 
yilning 18 sentyabrida mustaqil Chili davlati yuzaga keldi. Boshqa Lotin Amerikasi davlatlaridan 
farqli ravishda bu yerda nisbatan siyosiy mo‘‘tadillik hukmron bo‘ldi. 1973 yil 11 sentyabrda 
Sal‘vador Al‘ende boshliq hokimiyat harbiy yo‘l bilan ag‘darildi. hokimiyat tepasiga A.Pinochet 
(1973-1989 yy.) boshChiligidagi harbiy xunta keladi.
Siyosiy partiyalar faoliyati ta‘qiqlanadi. Iqtisodiy sohada neoliberal tamoyillarga amal 
qilinadi. «Ochiq» iqtisodiy siyosat oqibatda yaxshi natijalar berdi. 1980-yillarning boshida «Chili 
mo‘‘jizasi» to‘g‘risida gapira boshladilar. chunki aholining iste‘mol darajasi o‘rta miqyosda 
rivojlangan mamlakatlar qatoriga yetib olgandi.
Olib borilgan siyosat tufayli Chili Lotin Amerikasidagi eng rivojlangan davlatlardan biriga 
aylandi. Mamlakat erishgan yutuqlarda liberal siyosat bilan birga xorij investitsiyalari ham katta 
ahamiyat kasb etdi. Xorijiy sarmoyalarning 34% xizmat ko‘rsatish sohalariga yo‘naltirildi. Iqtisodiy 
faol aholining 60.5% savdo va xizmat ko‘rsatish sohalarida faoliyat ko‘rsatmoqda.
YaMM 97.7 mlrd. AQSH dollar. jon boshiga 7.010 AQSH dollarini tashkil etadi. Temir 
yo‘llar uzunligi 7.766 km.. avtomobil‘ yo‘llar uzunligi 79025 km.. ichki daryo yo‘llarining uzunligi 
esa 725 km. asosiy dengiz portlari: Ikike. VAl‘paranso. Asosiy savdo sheriklari AQSH. Yaponiya. 
Buyuk Britaniya. Germaniya. Braziliya. so‘nggi yillarda Yangi industrial mamlakatlar va asosan 
XXR bilan savdo-sotiq tobora avj olmoqda. Mamlakatda ijobiy o‘zgarishlarga qaramasdan. 
qashshoqlik masalasi keskin muammo bo‘lib turibdi. 44% aholi kambag‘allik darajasida yashaydi.
Xalqaro va ichki turizm sust darajada rivojlanmoqda. 2000 yilda bu mamlakatga 1.7 mln. 
xorijiy turistlar tashrif buyurgani kuzatilgan. 1999 yilga nisbatan 6.0% ga o‘sish kuzatiladi. Lekin 


74 
2002 yilda 1.4 mln. xorijiy turistlar tashrif buyurgan. 2000 yilga nisbatan 2001 yilda 1.1% ga. 2001 
yilga nisbatan 2002 yilda 18.0% ga xorijiy turistlar tashrifi kamaygan. 
Bu keltirilgan misollar mamlakatda turizm sohasiga yaxshi e‘tibor qaratilmaganligi natijasi 
bo‘lsa kerak.
Chili mamlakati xalqaro turizm harakatlarining iqtisodiy tahlil natijalarini ko‘rsatishicha. 
jahon turistik tashriflarning 0.20%i. Amerika mintaqasiga qilingan tashriflarning 1.2%i Chili 
mamlakatiga to‘g‘ri keladi. 2001 yilga nisbatan 2002 yilda xorijiy turistlar tashrifi – 18.0% ga 
kamaydi.
Xalqaro turizm tushumlari bo‘yicha. jahon turizm daromadlarining 0.15%i. Amerika 
mintaqasi tushimlari bo‘yicha 0.6% ni tashkil qilgan. 2001 yilga nisbatan 2002 yil daromadlar 
miqdori 8.2% ga kamayganligi kuzatilgan.
Har bir xorijiy tashrif Chili mamlakatida 519 AQSH dollarini tashkil qilgan. jahon 
bo‘yicha bu ko‘rsatgich 23.2% ga. Amerika mintaqasi bo‘yicha 48.0% ga past bo‘lgan. Tahlil 
natijalari ham Chili mamlakatida turizm industriyasini sust rivojlanayotganidan dalolat beradi.
Chili va O‘zbekiston o‘rtasida diplomatik munosabatlar 1994 yil 15 sentyabrda o‘rnatilgan. 
Mamlakat yalpi ichki mahsulotining 26% turli soliqlar hisobiga to‘ldiriladi va Lotin 
Amerikasida eng yuqori hisoblanadi. Hukumat qadamba-qadam minimal ish haqini oshirib 
borayapti. Inflyatsiya darajasi ham ancha past. bu mamlakatda savodxonlik darajasi ancha yuqori - 
89%. Ta‘lim tizimi ham yaxshi rivojlangan. Yetakchi universitetlari: Chili. Val‘parasio. Katolik. 
Chili davlatining og‘ir iqtisodiy ahvoldan chiqishi o‘rnak bo‘lishi mumkin. Uni o‘rganish 
va amalda qo‘llash katta ahamiyat kasb etadi.

Download 3,43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   242




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish