Geografiya kafedrasi


Braziliya davlatining turizmi



Download 3,43 Mb.
Pdf ko'rish
bet80/242
Sana01.02.2022
Hajmi3,43 Mb.
#423985
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   242
Bog'liq
Туризм Географияси мажмуа 2021

 
Braziliya davlatining turizmi
Braziliya Janubiy Amerikada joylashgan davlat. Braziliya hududining kattaligi 8.5 mln. kv. 
Km.. aholisining soni 162.6 mln. kishi. Lotin Amerikasidagi eng yirik va iqtisodiy jihatdan qudratli 
davlat hisoblanadi. Amerika qit‘asidagi AQSH va Kanadadan boshqa davlatlar Lotin Amerikasi deb 
yuritiladi. Bu mamlakatga xos muhim xususiyat shundan iboratki. bu mamlakatda portugal tili davlat 
tili hisoblanadi. vaholanki. Lotin Amerikasidagi boshqa davlatlarda asosan ispan tili davlat tili 
hisoblanadi. Braziliya 1500 yili portugaliyaliklar tomonidan kashf etilgan. XIX asrga qadar 
Portugaliya mustamlakasi bo‘lgan.
Braziliya «qizil daraxt» degani. 1822 yilda mustaqil imperiyaga aylandi. 1889 yili 
respublika deb e‘lon qilinadi. Bozor munosabatlari asosida rivojlanish yo‘lini tanlab olib. muhim 
islohotlar o‘tkazildi. Yirik shaharlari Braziliya 1.6 mln.. San-Paulu 15.4 mln.. Rio – de Janeyro 9.8 
mln.. Belu-Orizonti 2.1 mln.. Sal‘vador 2.1 mln.. Fortaleza 1.5 mln. kishi istiqomat qiladi.
Braziliya va mintaqadagi boshqa davlatlarning yana bir muhim xususiyati shuki. ularning 
iqtisodiyoti xorij sarmoyasiga. birinchi navbatda. AQSH ga bog‘liq. SHu sababli braziliyaning tashqi 
qarzi 125 mlrd. AQSH dollarini tashkil etadi. Braziliya bu qarzni to‘lash u yoqda tursin. xatto uning 
foizini to‘lashga ham qodir emas.
Mamlakatda 1980 yillardagina bir qancha ijobiy o‘zgarishlar ro‘y berdi. xorij sarmoyasiga 
qaramlikdan chiqish chora–tadbirlari ko‘rildi va asta – sekinlik bilan industrializatsiya sari yo‘l 
tutildi. chunki mamlakat iqtisodi asosan agrar sohaga asoslangan edi.
Hozirgi kunda Braziliya mintaqada iqtisodiy jihatdan ancha rivojlangan davlatga aylandi. 
Yalpi ichki mahsulot miqdori 375 mlrd. AQSH dollarini tashkil etib. o‘ninchi o‘rinni egallaydi. 
YaMM miqdori 886.3 mlrd. AQSH dollar. jon boshiga esa 5580 dollarni tashkil etadi.
Braziliya kofe yetishtirish bo‘yicha jahonda birinchi o‘rinda turadi. 
Mamlakatning asosiy savdo sheriklari: AQSH. Farbiy Yevropa mamlakatlari. OPEK. 
ya‘ni neft‘ qazib oluvchi 11 davlat. Yaponiya. Kanada va Lotin Amerikasidagi davlatlardir.
Transport vositalari ichida avtomobil‘ asosiy bo‘lib. 1.7 mln. km. avtomobil‘ yo‘li 
mavjud. Temir yo‘llarning uzunligi 30.6 ming km. Asosiy dengiz portlari – Paramaribo. Kayenna. 
Fortaleza. Natal. Rio-de –Janeyro. Sal‘vador. Vitoriya va boshqalar.
Mamlakat hududining 60%ni o‘rmonlar tashkil etadi. Qimmatbaho turdagi daraxtlar 
zahirasi bo‘yicha Braziliya jahonda birinchi o‘rinda turadi. ammo ulardan unumli foydalanilmaydi. 
Aholining 42%i xizmat sohalarida faoliyat ko‘rsatadi.
Braziliya turizm sohasi bo‘yicha juda katta imkoniyatlarga ega. lekin mamlakatda turizm 
juda sekinlik bilan rivojlanmoqda. Braziliya iqtisodiyotida xizmat sohalari nufuzi ortib borayotgan 
bo‘lsa ham. turizm va u bilan bog‘liq tarmoqlar sust rivojlanmoqda. 2002 yilda mamlakatga 3.8 mln. 
ga yaqin xorijiy turistlar tashrif buyurgan. Lekin 2001 yilga nisbatan 20.7% ga tashriflar soni 
kamaygan.
O‘rta darajada rivojlangan Braziliya iqtisodiyotida bir qancha muammolar mavjud. 
Yuqorida ta‘kidlanganidek. bu asosan tashqi qarzlar bo‘lib. ular yildan yilga oshib bormoqda. 
Mamlakatdagi boylik nihoyatda notekis taqsimlangan. 10% aholi qo‘lida 90% boylik to‘plangan. 40 
mln. aholi esa qashshoqlikka mahkum etilgan. ishsizlar soni 10 mln. dan ortiq kishini tashkil etadi. 
23 mln. aholi savodsizdir. 
SHuning uchun ham mamlakatda turizm industriyasi sust rivojlanmoqda.


73 
Braziliya mamlakati xalqaro turizm harakatlarini iqtisodiy tahlil natijalarini ko‘rsatishicha. 
jahon turistik tashriflarning 0.54% ni. Amerika mintaqasiga qilingan tashriflarning 3.3%i Braziliya 
mamlakatiga to‘g‘ri keladi. 2001 yilga nisbatan 2002 yilda xorijiy turistlar tashrifi – 20.7% ga 
kamaygan. Xalqaro turizm tushumlari bo‘yicha. jahon turizm daromadlarining 0.65%i. Amerika 
mintaqasi tushumlari bo‘yicha 2.7% ni tashkil qilgan. 2001 yilga nisbatan 2002 yilda 
daromadlar miqdori – 16.0% ga kamayganligi kuzatilgan. Har bir xorijiy tashrif Braziliya 
mamlakatida 825 AQSH dollarni tashkil qilgan. Jahon bo‘yicha bu ko‘rsatgich 18.2% ga yuqori 
bo‘lgan. Amerika mintaqasi bo‘yicha 20.6%ga past bo‘lgan.
Braziliya turizm bozorini asosan AQSH. Buyuk Britaniya. Kanada. Germaniya. 
Meksika. Frantsiya. Yaponiya. Skandinaviya mamlakatlari ta‘minlaydi.
O‘zbekiston Respublikasi bilan Braziliya federativ Respublikasi o‘rtasidagi 
munosabatlar endigina shakllanmoqda. Bu mamlakat bizning respublikamizni 1992 yilning 26 
yanvar kuni tan olgan bo‘lsa. 1993 yilning aprelidan diplomatik munosabatlar o‘rnatilgan. 
Dastlabki Braziliya sayyohlari O‘zbekistonga tashrif buyurganlar.
Braziliyaning futbol terma jamoasi besh marta jahon chempioni bo‘lgan (1958: 1962: 
1970: 1994: 2002). Bunday yuksak natijaga dunyoning xech qaysi mamlakati terma jamoasi 
erishgan emas. Braziliya fuqarosi. futbol qiroli Peleni kim bilmaydi deysiz. ko‘p futbolchilarimiz 
Peleday futbolchi bo‘lishni orzu qilishadi.
O‘z davrida bozorning serqirra yo‘lini bosib o‘tgan va o‘tayotgan bu mamlakat 
tajribasini o‘rganish foydadan holi bo‘lmaydi. Braziliya tajribasidan shunday xulosa chiqarish 
mumkinki. bozor munosabatlariga o‘tishning o‘zi barcha muammolarni hal etmas ekan. uzoq 
yillar bozor yo‘lidan borishiga qaramasdan. bu davlatda yuzaga kelgan ayrim muammolar hali 
tugatilmagan. 
O‘zbekiston Respublikasi Braziliya bilan ikki tomonlama iqtisodiy hamkorlikni yanada
kuchaytirishdan manfaatdor. 

Download 3,43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   242




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish