82
o‘rtacha 7.5-11% ga o‘sib borishi kuzatildi. Savdo va xizmatlar ko‘rsatish
tovar aylanmasi esa
bundan ham tezroq rivojlana boshladi. Xo‘sh bu davlatdagi iqtisodiyotning taraqqiyot sirlari
nimada? Ular bir nechta bo‘lib. ayrimlarini sanab o‘tamiz.
Davlat iqtisodiyotda faol rol‘ o‘ynaydi. davlat tomonidan iqtisodiyotni tartibga solish
va sof bozor munosabatlari o‘zaro qo‘shilib ketgan. Iqtisodiyot uzoq davrga rejalashtiriladi:
erkin bozor va xususiy tadbirkorlik davlat tomonidan rag‘batlantiriladi. davlat tomonidan
investitsiyalash keng yo‘lga qo‘yilgan. Turli millat vakillari va dinlar o‘rtasida
ixtilof va
kelishmovChilik deyarli bo‘lmagan.
Malayziyaning iqtisodiy rivoji asosan uch omilga: kauchuk. pal‘ma yog‘i qalay ishlab
chiqarishga bog‘liq. Mamlakat shu uch mahsulotni eksport qilish bo‘yicha jahonda birinchi
o‘rinda turadi.
1982-92 yillar oralig‘ida ayniqsa. xususiy tarmoq yuqori unumdorlikka erishdi. ishlab
chiqarish tarmoqlari bilan bir qatorda. nisbatan yangi xizmat ko‘rsatish
sohalarida muhim
muvaffaqiyatlar qozonildi. An‘anaviy sohalar vujudga keldi va eng muhimi ishlab chiqarilgan
mahsulotlar dunyo raqobat kurashida yengib chiqib yetakchi o‘rinlarni ekalladi. Elektron
sanoatni rivojlantirish yetakchi soha deb hisoblanadi va bu borada boshqa ilg‘or mamlakatlar
bilan yaxshi va samarali hamkorlik olib borilmoqda.
Ayniqsa Yaponiya va AQSH
ishbilarmonlari bu mamlakatga alohida mehr bilan intilmoqdalar.
Mamlakatda temir yo‘llar uzunligi 1800 km.. avtomobil‘ yo‘llarining uzunligi esa
39.100 km. Asosiy portlari: Jorjtaun. Kelang. Kuangan. Kota-Kinabalu. Kuching. Miri.
Sandakan. Sibu.
YaMM – 166.8 mlrd. dollar. jon boshiga 8650 dollarni tashkil etadi.
Malayziyaning yetakchi mutaxasislari mamlakatning iqtisodiy rivojlanish omillarini
quyidagicha ifodalamoqdalar: xususiy va davlat tarmoqlari o‘rtasidagi hamkorlik. nazorat va
intizomning mavjudligi. bilimli. ahloqli ishchi kuchi. ijobiy o‘zgarishlarni
istovchi va yangi
sharoitlarga tezlikda moslasha oluvchi hukumat borligi. Demak erkin bozor munosabatlari
mavjudligi bilan birga. davlatning iqtisodiyotni rivojlantirishga faol ishtiroki muvaffaqiyat
garovidir va undan tashqari. rivojlanishning yana bir muhim omili. xalq xo‘jaligiga chet el
kapitali. ya‘ni sarmoyalar qo‘yilishining o‘sib borishidir.
Mamlakatda yirik ishlab chiqarish bilan birga. kichik ishbilarmonlik. xizmat sohalari va
ayniqsa turizmning o‘sish sur‘atlari. iqtisodiyotga ijobiy ta‘sir etib kelmoqda.
Malayziya. Osiyo va Tinch okeani mintaqasi mamlakatlari
xalqaro turizm faoliyatini
rivojlanishida juda katta rol‘ o‘ynaydi. asosan Singapur mamlakati. har yili chet ellardan tashrif
buyuradigan mehmonlarning 58-60%i Singapur mamlakatidan keladigan mehmonlar tashrifiga
to‘g‘ri keladi. Malayziya turizm bozorini 9.3-9.5%i Tailand mamlakatiga. 7-7.5%i Yaponiyaga.
7% dan oshig‘rog‘i Yevropa mamlakatlariga to‘g‘ri keladi. Oxirga yillarda Xitoy Xalq
respublikasi va Tayvan‘ mamlakatidan kelayotgan xorijiy turistlar soni jadal sur‘atlarda o‘sib
bormoqda. Bundan tashqari Malayziya turizm bozoriga AQSH. Koreya. Avstraliya va Yangi
Zelandiya mamlakatlari turistlarining qiziqishlari ortib bormoqda.
Malayziya mamlakatining iqtisodiy rivojlanish darajasi yuqori bo‘lganligi sababli.
mamlakat aholisi juda ko‘p chet el sayohatlariga chiqadilar. Sayohatchilarning
katta qismi
Singapur mamlakatiga to‘g‘ri keladi. yiliga savdo va ko‘ngil ochar sayohatlar uchun bu
mamlakatga 9.5 mlnga yaqin Malayziya aholisi sayohatlar uyushtiradi. Bundan tashqari Tailand
va Indoneziya turizm bozorlarini ta‘minlovchi asosiy mamlakatlardan biri bo‘lib hisoblanadi.
2000 yil Malayziya mamlakatiga 10.2 mln. xorijiy turistlar tashrif buyurganligi
kuzatilgan. 1999 yilga nisbatan 28.9% ga tashriflar soni ko‘paygan.
2002 yilda esa 13.3 mln. chet ellik xorijiy turistlar tashrif buyurgan. o‘sish sur‘atlari
2001 yilda. 2000 ilga nisbatan 25% ni. 2002 yilda 2001 yilga nisbatan esa 4% ni tashkil qilgan.
Malayziya mamlakati xalqaro turizm harakatlarining iqtisodiy tahlil natijasi
ko‘rsatishicha. jahon turistik tashriflarining 1.9%i. Osiyo va Tinch okeani mintaqasiga qilingan
tashriflarning 10.1%i Malayziya mamlakatiga to‘g‘ri keladi. 2001 yilga nisbatan 2002
yilda
xorijiy turistlar tashrifi 4% ga ko‘paygan.
83
Xalqaro turizm tushumlari bo‘yicha jahon turizm daromadlarining 1.43%i. Osiyo va
Tinch okeani mintaqasi tushumlari bo‘yicha 7.2% ni tashkil qilgan. 2001 yilga nisbatan 2002
yilda daromadlar miqdori 6.4% ga o‘sganligi kuzatilgan (5.9.1-jadval).
2002 yilda har bir xorijiy tashrif 510 AQSH dollarini tashkil qilgan. Bu ko‘rsatkich
Osiyo va Tinch okeani mintaqasi bo‘yicha o‘rtacha 720 AQSH dollarini tashkil etgan. Har bir
xorijiy turistik tashriflar ko‘rsatgichi jahon bo‘yicha 24.% ga kam bo‘lgan. Osiyo va Tinch
okeani mintaqasi bo‘yicha 29.2% ga past bo‘lgan.
Malayziya va O‘zbekiston o‘rtasida diplomatik munosabatlar 1992 yil 21 fevralda
o‘rnatilgan. Mustaqil O‘zbekistonning Malayziya bilan iqtisodiy. madaniy va boshqa sohalardagi
munosabatlari tobora mustahkamlanib bormoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: