I BOB XALQARO TURIZM: NAZARIYA VA AMALIYOT FANIGA
KIRISH
1- mavzu Xalqaro turizm yagona tizim sifatida: asosiy tushunchalar
Reja:
1.
Turizm to’g’risidagi tushuncha.
2.
Turizm turkumlari.
3.
Xalqaro turizm tasnifi.
Turizm o‘zining ko‘p qirrali tarkibi bilan
jamiyat hayotining barcha
sohalariga faol ta’sir o‘tkazib kelmoqda. U iqtisodiyotning ko‘pgina jabhalarini
rivojlantirishga imkon tug‘diradi. Jumladan, transport tarmoqlari, aloqa, yo‘l
qurilishi, mehmonxonalar, umumiy ovqatlanish korxonalari, kammunal xo‘jaligi,
maishiy xizmat ko‘rsatish,
servis sohasi, savdo tarmoqlari va h.k. Turizmni
rivojlantirish bir vaqtning o‘zida o‘ziga xos dam olish, hordiq chiqarish, ko‘ngil
ochar maskanlar industriyasini tashkil etib, o‘z o‘rnida sayyohlarga sifatli xizmat
ko‘rsatish bilan bog‘liq bir qator sohalarni qamrab olgandir.
Turizm o‘zida jahon iqtisodiyotining murakkab va majmuaviy sohalarini
mujassam etganki, bu butun jahon xo‘jaligiga sezilarli ta’sir o‘tkazadi. Aloxida
mamlakatlar xo‘jaligiga ham, xududlarga ham u birday tegishli.
Ayrim
mamlakatlarda xalqaro turizm valyuta tushumlarining yagona manbai hisoblanadi.
Uning sharofati bilan iqtisodiy taraqqiyot yuqori darajasi va xalq turmush
farovonligi qo‘llab –quvvatlanib turiladi.
1
Xalqaro turizm jahon iqtisodiyotining eng muhim, barqaror va dinamik
holda rivojlanib borayotgan sohasiga aylanib bormoqda. BTT (UNWTO)
ma’lumotlariga ko’ra, 2021 yilda butun dunyo turizmning umumiy o’sish darajasi
2020-yilga nisbatan 4%ni tashkil etgan. Biroq, BTT (UNWTO) ning dastlabki
hisob-kitoblariga ko’ra, xalqaro sayyohlar kelishi pandemiyadan oldingi 2019 yilga
nisbatan 72% ga kam ekanligi ko’rsatildi. Bu ko’rsatgich 2020 yilda davom etib
sayyohlar tashrifi 73% ga tushib ketdi va turizm sohasida
eng yomon yil sifatida
tarixda qoldi.
Iqtisodiy va geosiyosiy muammolar kuchayib borayotganiga qaramay,
xalqaro turizm pandemiya taʼsiridan kuchli va barqaror tiklanish alomatlarini
koʻrsatishda davom etmoqda. UNWTO Jahon sayyohlik barometrining so'nggi
ma'lumotlariga ko'ra, xalqaro turizm 2022 yilning birinchi besh oyida kuchli o'sish
kuzatildi, deyarli 250 million xalqaro tashrif qayd etildi. Bu 2021-yilning yanvar-
may oylarigacha kelganlar soni 77 millionni tashkil etadi va bu sektor 2019-yilgi
pandemiyadan oldingi darajaning deyarli yarmini (46%) tiklaganini anglatadi.
2
Fanni o’qitishdan maqsad – xalqaro turizmning asl mohiyatini ochib berish,
uning taraqqiyot yo’li, tajribasi, tahlili, hozirgi kundagi muammolarini, iqtisodiy,
siyosiy, xalqaro turizm dinamikasi va infrastrukturasi tahlili, O’zbekiston va jahon
1
Mamatqulov X.M., Bektemirov A.B., Norchaev A.N. ‘Xalqaro turizm’. Draslik. Toshkent. 2009.
2
UNWTO World Tourism Barometer, Volume 20 Issue 4 July 2022
turizm faoliyatining ildizlarini o’rganishdan iborat.
Faning vazifasi – xalqaro turizmning iqtisodiy-ijtimoiy
mazmunini ochib
berish va xalqaro turizm turlarini o’rgatish, xalqaro turizmning rivojlanishiga ta’sir
etuvchi omillarni o’rgatish, xalqaro turizmning rivojlanish bosqichlarini tahlil
qilish, xalqaro turizm bozorini o’rganish, xalqaro turizm bozorida transmilliy
kompaniya (TMK) lar, xalqaro turizm industriyasi, xalqaro turizmda aloqa va
axborot vositalari, xalqaro turistik tashkilotlar, xalqaro turistik faoliyatni davlat va
jamoatchilik tashkilotlari tomonidan boshqarilishi,
xalqaro turizmda turistik
sayohatlarni tashkil etishni o’rganish va xalqaro turizmda sayyohlik
rasmiyatchiliklarini ko’rib chiqishdan iborat.
Turizm
jahonning
ko‘pchilik davlatlarida yagona tizim sifatida
rivojlanmoqda va mamlakatlar byudjetiga salmoqli daromad keltiradi. Shuningdek
juda ko‘pchilik turistik xizmatlar ko‘rsatish bilan bog‘liq jismoniy va huquqiy
shaxslarga yordam ko‘rsatadi. Turizm na faqat eng yirik, balki jahon
iqtisodiyotining eng dinamik holatda rivojlanayotgan sektorlaridan biridir.
Butun dunyo bo‘yicha turistik xizmatlarga o‘sib
borayotgan talab eng avvalo
ijtimoiy–iqtisodiy sabablar bilan izohlanadi (umumiy daromadlar o‘sishi va bo‘sh
vaqtning ko‘payishi, haq to‘lanadigan ta’tillar muddati ko‘payishi, nafaqa
ta’minotining etarli darajasi oila tarkibini bolalar kamayishi evaziga o‘zgarishi va
h.k). SHuningdek transport taraqqiyotidagi o‘sish, uni arzonlashishi va hammaning
qurbi etishi, valyuta cheklovlarining kamaytirilishi yoki bekor qilinishi, viza
rejimining liberallashtirilishi kabilar.
Xalqaro turizm juda ko‘pgina mamlakatlarda to‘lov balansiga amal qilishda
muhim omil bo‘lib sanaladi. So‘nggi yillarda turizm dunyoda aholi bandligining
muhim generatoriga aylanib bormoqda va jahon infratuzilmasiga juda katta
miqdorda sarmoyalarni jalb etmoqda. Bu esa mahalliy aholini ham,
tashrif
buyuruvchi turistlarning ham turmush farovonligini yaxshilashga xizmat qiladi.
Turizm sohasida juda ko‘p ish o‘rinlari turistik korxonalar rivojlanayotgan
hududlarda paydo bo‘ladi. Bu esa iqtisodiy imkoniyatlarni muvozanatlantirish,
qishloq aholisini barcha qulaylikka ega shaharlarga qarab oqishining oldini olishga
yordam beradi.
Mamlakatlararo xususiyatlarni anglash va ko‘ra bilish hamda shaxsiy
aloqalarni o‘rnatish turizm sohasi tufayli shakllanadi. Xalqaro turizm har bir
davlatning iqtisodiy,
ijtimoiy, siyosiy, madaniy, ma’rifiy sohalariga sezilarli
darajada ta’sir ko‘rsatadi. Turizm ulkan madaniy va ma’naviy mazmunga ega
bo‘lib, hamfikrlikni mustahkamlash, xalqlar o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni
kuchaytirishda, hududiy va mahalliy majarolarni bartaraf qilishda,
baraqaror
tinchlikni mustahkamlashda keng ufqlar ochadi.