O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS
TA’LIM VAZIRLIGI
MIRZO ULUG‘BEK NOMIDAGI O‘ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETINING
JIZZAX FILIALI
“AMALIY MATEMATIKA” FAKULTETI
“IQTISODIYOT” KAFEDRASI
“IQTISODIYOT NAZARIYASI”FANIDAN
MUSTAQIL ISH
MAVZU:Bozor iqtisodiyoti, uning vujudga kelishi va
rivojlanishining shart-sharoitlari.
L ISH
MAVZU: Bozor iqtisodiyoti, uning vujudga kelishi va
rivojlanishining shart-sharoitlari.
Topshirdi: 926-21-guruh talabasi Suyunova Bibixonim
Qabul qildi: Saitov Sirojiddin. A.
Jizzax 2022
Bozor iqtisodiyoti,uning vujudga kelishi va rivojlanishining shart-sharoitlari
REJA:
Kirish
Bozor iqtisodiyoti tushunchasi va uning mohiyati
Bozor iqtisodiyotining taraqqiyot bosqichlari va turlari
Bozor munosabatlari va iqtisodiy raqobat
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati
Kirish
Iqtisodiyot ilmi hamma zamonlarda ham insoniyat uchun muhim ahamiyat kasb etib kelgan. Bu ilm jamiyat hayotining barcha jabhalariga oid muammolarni hal etish kaliti hisoblanadi. U jamiyat a'zolarida iqtisodiy tafakkurni shakllantiradi, iqtisodiy resurslardan tejamkorlik bilan foydalanishni o'rgatadi, ularda ishbilarmonlik va tashabbuskorlik xislatlarini shakllantirishga ko'maklashadi.
Shu munosabat bilan jamiyat a'zolari, ayniqsa, yoshlarga iqtisodiy ta'lim berish, xususan, bozor iqtisodiyoti asoslarini o‘rgatish o‘ta dolzarb vazifaga aylandi. Bozor, pul, moliya, kredit, daromad, foyda, marketing, menejment kabi iqtisodiy tushunchalar kishi ongiga yoshligidan qanchalik singib borsa, uning iqtisodiy tafakkuri shuncha erta shakllanadi. Siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy sohalarda shiddat bilan kechayotgan globallashuv (dunyoviylashuv) jarayonlari, tabiiyki, 0‘zbekistonni ham o‘z domiga tortmoqda. Binobarin, bu jarayonlardan hech kim chetda qolib ketmaydi.
Mamlakatimiz prezidenti 7 dekabr kuni O‘zbekiston Konstitutsiyasi qabul qilingan kunning 28 yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbirdagi nutqida mamlakat boshlagan islohotlarni qat’iy davom ettirishini ma’lum qilib,«Agar biz yurtimizda barqaror iqtisodiyot qurmoqchi bo‘lsak, dunyodagi rivojlangan mamlakatlar kabi boy va farovon yashamoqchi bo‘lsak, yuzaki emas, balki qanchalik qiyin va murakkab bo‘lmasin, haqiqiy bozor iqtisodiyotiga o‘tishimiz shart. Yagona yo‘limiz shu. Bu — Asosiy qonunimiz talabi. Boshqa yo‘l yo‘q. Biz boshlagan islohotlarimizni qat’iy davom ettiramiz va ular albatta o‘zining ijobiy natijasini beradi», — dedi Shavkat Mirziyoyev. Yaxshi yashash uchun eng avvalo yaxshi mehnat qilish, huquq va erkinlik bilan birga javobgarlik va mas’uliyatni ham chuqur his etish zarurligini ta’kidladi. Yoshlarning ilmga intilishini kuchaytirish, tadbirkorlarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, xorijiy mamlakatlar bilan turli sohalardagi hamkorlikni rivojlantirish bundan buyon ham islohotlar markazida bo‘lishini qayd etdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |