Bozor iqtisodiyoti, uning vujudga kelishi va rivojlanishining shart-sharoitlari. L ish


Bozor iqtisodiyotida ishlab chiqarish xarajatlarining mohiyati va turlari



Download 187,27 Kb.
bet5/10
Sana28.06.2022
Hajmi187,27 Kb.
#715010
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
maruza in

Bozor iqtisodiyotida ishlab chiqarish xarajatlarining mohiyati va turlari
Bozor iqtisodiyotiga o'tishning ham, uning samarali amal qilishining ham yagona va universal tamoyili yo‘q, deb aytish mumkin. Har bir mamlakatning, har bir xalqning faqat o'ziga xos bo'lgan tarixiy, ijtimoiy va milliy qadriyatlari va xususiyatlari mavjud. Shuning uchun bozor iqtisodiyotiga o‘tish davri ham har bir mamlakatda o'ziga xos tarzda kechadi va uning amal qilishida muayyan tafovutlar bo'lishi tabiiy. Shu bilan birga, bozor iqtisodiyotini tizim sifatida belgilab beruvchi bir qator tamoyillar mavjud bo‘lib, ularning asosiylari xususida to'xtalib o‘tamiz.
Xususiy mulkchilikning ustuvorligi. Iqtisodiy munosabatlar tizimida mulkchilik muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki moddiy ne'matlarni ishlab chiqarish, ayirboshlash va iste'mol qilish xarakteri, asosan, mulkchilik munosabatlariga bog'liq. Mulkchilikning subyektlari va obyektlari mavjud bo'lib, uning birinchisiga davlat, jismoniy va yuridik shaxslar kiradi. Ikkinchisiga esa, ya'ni obyektlariga tabiiy resurslar, bino va inshootlar, asbob-uskunalar, qimmatbaho qog'ozlar, pul mablag‘lari va aqliy mehnat natijalari kiradi.
Mulkchilik obyektlariga egalik qilish turli iqtisodiy tizimlarda turlicha bo'ladi. Rejali iqtisodiyot deb nomlanuvchi ma’muriy-buyruqbozlik tizimida mulkchilik obyektlariga, asosan, davlat egalik qiladi va xususiy mulkning ulushi juda ham kam bo'ladi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida esa buning aksi, ya’ni mulkchilik obyektlarining aksariyat qismi xususiy mulkdorlar tasarrufida bo‘lib, davlat mulki iqtisodiyotning asosini tashkil etmaydi.
Xususiy mulk, asosan, individual (birshaxsga tegishli) mulk, oila mulki, jamoa mulki, shirkat mulki, qo‘shma mulk, hissadorlik mulki, diniy tashkilotlar mulki shakllarida amal qiladi.
Shunday qilib, bozor iqtisodiyotiga asoslangan mamlakatlarda iqtisodiyotning ikkita bo'lagi paydo bo'ladi. Ular xususiy mulkchi- likning barcha shakllarini birlashtiruvchi nodavlat sektori va davlat tasarrufidagi mulkdan iborat davlat sektoridir. Bozor iqtisodiyoti tizimining samarali amal qilishi ko‘p jihatdan ana shu ikkita sektorning nisbatiga bogiiq desa boiadi.
Rivojlangan mamlakatlar tajribasi shundan dalolat beradi-ki, xususiy mulkchilik hukmron mavqega ega boigan holda, ya'ni tovar ishlab chiqarish va xizmat ko'rsatish, asosan, iqtisodiyotning nodavlat sektorida mujassamlashganda, iqtisodiy taraqqiyot sur'atlari yuqori boiadi. Shuning uchun xususiy mulkchilikning ustuvorligi bozor iqtisodiyotining eng muhim va asosiy tamoyillaridan hisoblanadi.
Iqtisodiy faoliyat erkinligi. Odamlarning o‘z ehtiyojlarini qondirish bilan bogliq bo'lgan faoliyati iqtisodiy faoliyat deb yuritiladi. Tovar va xizmatlarni yaratish, ayirboshlash va ulami iste’mol etishga qaratilgan iqtisodiy faoliyat bozor iqtisodiyoti sharoitida erkin kechadi. Xususiy mulkchilik bu tizinuiing asosini tashkil etgani tufayli erkin xususiy tadbirkorlik butun jamiyat iqtisodiy faoliyatining asosini tashkil etadi.
Xo'jalik yurituvchi har qanday subyekt (alohida shaxs, oila, odamlar guruhi, yuridik shaxslar va h.k.) iqtisodiy faoliyatning o‘ziga ma'qul va manzur bo'lgan hamda davlat qonunchiligi bilan taqiqlanmagan turini tanlaydi.
Inson 0‘zining jismoniy va aqliy layoqatini o‘zi istagan soha (tovarlar ishlab chiqarish, xizmat ko'rsatish, savdo-sotiq, tijorat, vositachilik va hokazojga yo'naltirishi, o'zining pul mablag'laridan o‘zi xohlagan maqsadlarda (biron-bir tovar ishlab chiqarish, xizmat ko'rsatish, bank depozitlariga qo'yish, aksiyalar sotib olish va hokazo) foydalanish huquqiga ega.
Biroq shuni ham aytib o‘tish kerakki, bozor iqtisodiyoti sharoitida iqtisodiy faoliyat erkinligining mavjudligi „kim nimani xohlasa qilaveradi“ degani emas. Bozor iqtisodiyotiga asoslangan har qanday davlat ham o'zining shart-sharoitlari va umumdavlat manfaatlaridan kelib chiqib, xo'jalik yurituvchi subyektlarning iqtisodiy faoliyatiga muayyan cheklashlar kiritadi.
Xojalik yurituvchi subyektlarning teng huquqliligi. Iqtisodiy erkinlik xo'jalik yurituvchi subyektlarning faqatgina iqtisodiy faoliyat erkinligida namoyon bo'lib qolmay, balki davlat tomonidan ular uchun yaratilgan shart-sharoitlarda ham o‘z ifodasini topadi. Soliqlar, jarimalar. turli xil imtiyozlar davlat tomonidan belgilanadi. Agar xo'jalik yurituvchi subyektlarning biridan (masalan, xususiy firmadan) yuqori foizlarda soliq undirilsa-yu, ikkinchisidan (masalan, davlat korxonasidan) kamroq foizlarda undirilsa, bu, albatta, adolatdan bo'lmaydi va ijtimoiy noroziliklarga sabab bo'ladi. Qaysidir mulkchilik shaklidagi subyektlaiga soliq yoki bojxona imtiyozlari berilsa-yu, kimlardir bundan mahmm etilsa, bunda ham xuddi shunday adolatsizlik ro'y beradi.
Demak, mulkchilik shaklidan qat’iy nazar barcha xo'jalik yurituvchi subyektlarning teng huquqliligi bozor iqtisodiyotining muhim tamoyili hisoblanadi.

Download 187,27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish