Birinchi navbatda, moddiy va nomoddiy resurslarga ketgan sarflar qoplanadi.
Ikkinchi navbatda, mehnat haqi fondi shakllantiriladi, ijtimoiy sug'urtaga ajratmalar va mahsulot tannarxiga kiritiladigan soliqlar to‘Iovlari amalga oshiriladi.
Uchinchi navbatda, korxonaning balans foydasi shakllanadi va uning hisobidan foydadan soliqlar to'lanadi.
To ‘rtinchi navbatda, netto-foyda hisobidan qoplanadigan xara- jatlar qoplanadi.
Shundan so‘ng qolgan foyda jamg‘arish va iste’mol maqsadlariga ishlatiladi.
Xulosa
Xulosa qilib aytganda,hozirgi davrda bozor iqtisodiyoti dunyoning ko’pchilik mamlakatlari uchun xos bo’lib, u turli mamlakatlarda har xil darajada va o’ziga xos xususiyatlar bilan amal qilmoqda va rivojlanmoqda. Bu iqtisodiyotning amal qilish mexanizmi ko’plab asrlar davomida tarkib topib, shakllanib, hozirgi davrda madaniylashgan shaklni kasb etdi va ko’pgina mamlakatlarda hukmron iqtisodiy tizimga aylandi. Mazkur iqtisodiyotning barqarorligi shu bilan izohlanadiki, uzoq davrli iqtisodiy evolyustiya davomida uning amal qilishining asosiy klassik qoidalari saqlanib qoldi. Xususiy mulkchilikning paydo bo’lishi va ijtimoiy mehnat taqsimotining ro’y berishi bozor iqtisodiyotining kelib chiqishi va mavjud bo’lishing umumiy sharoiti hisoblanadi. Xususiy mulkchilik va mehnat taqsimoti ijtimoiy xo’jalikning tovar shaklini taqozo qiladi, tovar ishlab chiqarishning mavjud bo’lishi o’z-o’zidan pul muomalasi, ayirboshlash, taqsimlash va iste’molning bozorga oid xususiyatini ko’zda tutadi. Tovar ishlab chiqarishning rivojlanishi bozor iqtisodiyoti taraqqiyotining asosini tashkil etadi.Bozor iqtisodiyotining samarali amal qilishi uchun muhim shartlardan biri, ishlab chiqarishning mustaqilligi, tadbirkorlikning erkinligi, resurslarning erkin almashinuvidan iborat. Ishlab chiqaruvchi qanchalik mustaqil bo’lsa, bozor ham shu darajada yaxshi rivojlanadi. Erkin ayirboshlash ishlab chiqaruvchiga ular faoliyatining nisbatan samarali yo’nalishlarini ko’rsatib beruvchi erkin narxlarning shakllanishiga imkon yaratadi.Bozor iqtisodiyoti — bu tovar ishlab chiqarish, ayirboshlash va pul muomalasi qonun-qoidalari asosida tashkil etiladigan va boshqariladigan iqtisodiy tizimdir. Bunday iqtisodiyot erkin tovar—pul munosabatlariga asoslanadi, uning negizida tovar va pulning turli shakllardagi harakati yotadi, iqtisodiy monopolizmni inkor etadi. Hozirgi zamon iqtisodiy nazariyalarida bozor iqtisodiyoti deganda bozor xo’jaligi sub’ektlari iqtisodiy hatti-harakatlarining erkin, mustaqil ravishda yuz berishi va ularning tovar-’ul mexanizmi orqali bir-biriga bog’lanib muvofiqlashuvi deb baho beradilar. Bozor iqtisodiyotida bozor aloqalari butun tizimni, uning hamma bosqichlarini ishlab chiqarish, ayirboshlash, taqsimlash va iste’mol jarayonlarini hamda iqtisodiy munosabatlarning barcha sub’ektlarini qamrab oladi.Shuni ham e’tiborda tutish kerakki, hozirgi sharoitda o’rtacha rivojlangan iqtisodiyotda 24 mln.dan ortiq turdagi tovarlar mavjud bo’lib, ularning 1/10 qismi har yili yangilanib turadi. Bunday sharoitda ularning turlari, miqdori bo’yicha talab va taklifni tartibga solishni ozorsiz tasavvur qilib bo’lmaydi. Bu esa bozorning vazifasini hech qanday markazlashtirilgan rejalashtirish idoralari muvaffaqiyatli bajara olmasligining yaqqol dalilidir. Bozor iqtisodiyoti esa eng samarali va muammolarni tezlik bilan hal eta oluvchi ijtimoiy-iqtisodiy tizim hisoblanadi.
Bozor iqtisodiyoti sub’ektlari tarkibiga tadbirkorlar ham, o’z mehnatini sotuvchi ishchilar ham, pirovard iste’molchilar, ssuda ka’itali egalari va qimmatli qog’ozlar egalari ham kiradi.
Bozor iqtisodiyotining bu belgilari uning hamma bosqichlari uchun umumiydir. Lekin bozor iqtisodiyotining mazmuni va belgilari haqida gap borganda bu iqtisodiyotning tarixda tarkib to’gan ikki turini bir-biridan farq qila bilish zarurdir. Uning birinchi ko’rinishi uzoq vaqt davomida shakllanib, g’arbdagi rivojlangan mamlakatlarda XIX asrning oxirlarigacha davom etib keldi. U iqtisodiy adabiyotlarda klassik yoki sof bozor iqtisodiyoti deb nom oldi. Uning asosiy belgilari: a) xususiy mulkchilikka asoslangan holda iqtisodiy faoliyat yuritish; b) ka’ital va ishlab chiqarishning korxona miqyosida umumlashganligi; v) tadbirkorlar, ishchilar, ishlab chiqaruvchi va iste’molchilarning shaxsiy erkinligi; g) tadbirkorlarning yuqori foyda olish uchun kurashlari; d) iqtisodiyotning talab va taklif, erkin bozor narxi va raqobat kurashlari asosida tartiblanishi; e) aholining ijtimoiy himoya qilinmasligi, ishsizlikning va aholi ijtimoiy tabaqalashuvining kuchayishi.
Bozor iqtisodiyotiga o’tish sharoitida davlatning milliy iqtisodiyotga aralashuvi uning bozor vositasida o’zini-o’zi tartibga solish orqali bajarish mumkin bo’lmagan yoki samarali ravishda amalga oshirib bo’lmaydigan vazifalarni o’z zimmasiga olishi; bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlab chiqarish va istе’molning xususiy tavsifi kеltirib chiqaruvchi salbiy oqibatlarni bartaraf etish zarurligi; istе’molchilarning manfaatlarini himoyalash; bozorning tabiatidan kеlib chiqadigan ayrim holatlarni qisman yengillashtirish, jumladan, aholining kam ta’minlangan qatlamining turmush darajasi haqida g’amxo’rlik qilish, bеpul (yoki imtiyozli) bilim bеrish, tibbiy xizmat ko’rsatish va shu kabilarni o’z zimmasiga olishi; hozirgi sharoitda barqaror, izchil iqtisodiy o’sishni rag’batlantirish vazifasini ham o’z zimmasiga olishi orqali izohlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |