6-sinflarda “Geografik qobiq” bobi bo‘yicha “Geografiya bilimdoni” tadbiri ishlanmasi
Maqsad: O‘quvchilarning fanga bo‘lgan qiziqishini orttirish, ularni ma’naviy dunyosini kengaytirish, fikrlash diorasini kengaytirish hamda nutqini rivojlantirish.
Ushbu tadbir takrorlash darslarida,amaliy mashg‘ulotlarda,bundan tashqari sinfdan tashqari tadbirlarda,to‘garaklarda foydalaniladi.
Tadbir bosqichlari:
1.Aqliy hujum
Bunda o‘quvchilarga “Geografik qobiq” bobi bo‘yicha savollar beriladi.Savollar soni o‘quvchi soniga qarab tanlanadi.Har bir o‘quvchiga 5tadan savol beriladiO‘quvchi soni 6 ta bo‘lganda musobaqa sifatida quyidagicha olib boriladiMasalan:savollar o‘qituvchi tomonidan aytiladi,o‘quvchilar ularning javobini aytishadi.
Geografik qobiq to‘g‘risidagi dastlabki ta’limot kim tomonidan berilgan
Qachon berilgan
geografik qobiq ta’limoti kim tomonidan yaratilgan
yerning yoshi nechada
kaynazoy erasining ma’nosini ayting
mezazoy erasining ma’nosini ayting
arxey erasining ma’nosini ayting
proterozoy erasining ma’nosini ayting
paleozoy erasining ma’nosini ayting
antropogen davri qaysi eraga mansub
trias davri qaysi eraga mansub
yura davri qaysi eraga mansub
bo‘r davri qaysi eraga mansub
karbon davri qaysi eraga mansub kembriy
neogen davri qaysi eraga mansub
ordovik davri qaysi eraga mansub
silur davri qaysi eraga mansub
devon davri qaysi eraga mansub
to‘rtlamchi davri qaysi eraga mansub
alp tog‘ burmalanishi qaysi erada bo‘lgan
baykal tog‘ burmalanishi qaysi erada bo‘lgan
atmosfera qanday qobiq
kimmeriy tog‘ burmalanishi qaysi erada bo‘lgan
biosfera qanday qobiq
mezazoy tog‘ burmalanishi qaysi erada bo‘lgan
litosfera qanday qobiq
kaledon tog‘ burmalanishi qaysi erada bo‘lgan
termosfera qanday qobiq
gidrosfera qanday qobiq
troposfera qanday qobiq
Shu tariqa 1-tur bo‘yicha past ball to‘plagan 2 o‘quvchi o‘yindan chiqib ketadi.
2-tur “Zakovat”bosqichi
2-turda qolgan 4 o‘quvchi o‘zlariga sherik tanlaydilar .Har bir guruhga 3 tadan geografik atamalar asosida mantiqiy savollar beriladi.
Masalan:
1.U uchdi,o‘ziga o‘xshaganlarga qo‘shilib shidat bilan yerga tushdi.Ammo o‘zining qaynoq tafti osmonu falakdqa qolganligini anglagach,quyosh nuriga ilinib yana samoga yo‘l oldi,yuqoriga chiqdiyu,qalbi muzlab asta-sekinlik bilan yerga tushdi.
Gap nima haqida ketyapti(suv bug‘i)
2.Uni Yevropaga Xristofor Kolumb keltirgan deyishadi.O‘shanda juda yaxshi kutib olingan bu yangilik hozirda shunchalik ommalashib ketdiki,qanchalik taqiqlanmasin undan foydalanish kundan-kunga ortmoqda.Bu yangilik aslida nima edi.(tamaki)
3.Olimlarning aytishicha ,ular qattiq qizigan suyuqlik ustida suzib yurishadi,bir-birlariga goho yaqinlashib,goho uzoqlashadi.Sizningcha bu nima? (yer po‘sti plitalari)
4.Farvater nima?
5.Bergshtrix nima?
6.Gorizontallar nima?
3-turga qatnashish huquqini yuqori ball to‘plagan 1 ta guruh qo‘lga kiritadi.Bunda guruhlarga bir xil krossvordlar beriladi,eng past ball to‘plagan 1 o‘quvchi o‘yindan chiqariladi
KROSSVORD
Krossvord savollari
1. geografik qobiq haqidagi g‘oyani fanga kim kiritgan
2.havo qobig‘i.
3. yerni ultrabinafsha nurlaridan himoya qiluvchi qobiq
4. hayot mavjud bo‘gan qobiq
5.Okean qismlaridan biri
6.Jomolungmaning 2-nomi
7.Kolumb ismi
4-turda esa g‘olib o‘quvchiga geografik she’riy topishmoqlar beriladi:
Bor Oq va Ko‘k irmog‘i,
Misr uning mahsuli.
Bir marta toshar har yil,
Bu daryoning nomi ____________
Piranye balig‘i bor,
Pasttekislik shu nomda.
Havzasi juda katta
Bu daryo _______________
Shu tariqa geografiyadan mutlaq g‘olib aniqlanadi. Ushbu o‘yin o‘quvchilar fikrlash doirasini kengaytirib, dunyoqarashini oshirishga yordam beradi , bundan tashqari o‘quvchilarning fanga bo‘lgan qiziqishini oshiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |