Geografiya darslarida


– shart. “Kim topqir” o‘yini



Download 2,12 Mb.
bet16/22
Sana19.05.2022
Hajmi2,12 Mb.
#604597
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   22
Bog'liq
SHE\'RIY TOPISHMOQLAR KITOB rasm bilan

5 – shart. “Kim topqir” o‘yini
Bu shartda har ikkala o‘quvchiga navbat bilan topishmoqlar beriladi. Kim ko‘proq topishmoq javobini topsa, o‘sha o‘quvchi g‘olib deb topiladi.


TOPISHMOQLAR
Mansabi o‘zining nomida,
Mambai dunyoning nomida (Hind daryosi)

O‘zi Osiyoda uning makoni,


Yevrosiyoning u eng chuqur ko‘li (Baykal ko‘li)

Uning sathi sayyoramda keng


Hech qaysi ko‘l kelolmaydi teng (Kaspiy)

Shunday ko‘l bor, sehrini ko‘r,


Suvining yarmi chuchuk, yarmi sho‘r (Balxash)

5 ta ko‘l – aka – uka


Berishib qo‘lni – qo‘lga,
Ko‘krak kerib turishar
Nomin nima deyishar (Buyuk ko‘llar)

Xaritada ipsimon uzun bo‘lib cho‘zilgan,


Ikki qo‘li oq va ko‘k, Uzun daryo nomin olgan. (Nil)

Kim ham bilmaydi uni,


Suvda kezgan oq tog‘ni
Nahotki tog‘ kezadi,
nomini kim biladi? (Aysberg)

“Dengiz” derlar. O‘xshamas,


Tuzi mo‘lu, jon uchramas.
Nomin kim ham bilmaydi,
Derlar eng chuqur cho‘kma,
Nomin aytchi adasgma. (O‘lik dengiz)

Ushbu tadbirda maktabning 6____sinf o‘quvchisi ______________________ g‘oliblikni qo‘lga kiritib, maktabning “Oltin globus”iga ega bo‘ladi.

Barcha ishtirokchilarga maktabning esdalik sovg‘alari hamda faxriy yorliqlari topshiriladi. G‘olib o‘quvchiga alohida sovg‘alar beriladi.

Tabiat muhofazasi –
sog‘lom avlod orzusi


Tadbir o‘tkaziladigan joyda tabiatni asrashga oid hikmatlar yozilgan bo‘ladi. “Qizil kitob”, o‘simliklar, rasmlar qo‘yilgan.

Tadbir maqsadi: o‘quvchilarni tabiatni asrash va sevishga o‘rgatish


Tadbirning borishi:
1 – boshlovchi: O, tabiat mo‘jizakorsan
Har qadamda sehrli tugun
Bir qarasam, gulgun bahorsan
Bir qarasam, lolazor bog‘san
2 – boshlovchi: Tushday qisqa umrin kapalak
O‘tkazarkan gulzorda xurram
Yulduzlari maysaga falak
Naqshlarkan tong yorishgan dam

  1. boshlovchi: Mo‘jizakor, ona – tabiat!

Farzandingman, qilaman ta’zim
Sen boqiysan, sen abadiyat,
Zarradirman bag‘ringda o‘zim
2 – boshlovchi: Bag‘ring gulag to‘lsin har bahor
Qalbga solsin shodlik xurramlik
Ey, tabiat sen kabi yashnab
Yurt ham omon bo‘lsin, bo‘lsin chiroylik!
1 – boshlovchi: Aziz ustozlar, qadrli tengdoshlar, “Tabiat muhofazasi – sog‘lom avlod orzusi” deb nomlangan tadbirimizga xush kelibsiz!
2 –boshlovchi: Bugungi dasturimiz ona tabiatimiz, undagi o‘simlik va hayvonlarni qalbimizga singdirish maqsadida tayyorlangan
Marhamat, tomosha qiling!
1 –o‘quvchi: Biz uchun yaralgan har bitta yaproq
Biz uchun yaralgan bu ko‘hna dunyo,
Yaproqlar qalbida bugun bor titroq
G‘uncha yonig‘idan tomgan yoshmi – yo
2 – o‘quvchi: Tabiat larzaga kelmasdan turib
Ularning ohiga quloq tutaylik
Har bitta maysani mehrga o‘rab
Tabiatni do‘stlar asrab qolaylik!
3 – o‘quvchi: Munavvar borliqqa qo‘yaylik mehr
Ko‘chatlar ekaylik, gullar ekaylik
Bog‘larni yashnatib, dilni yayratib
Tabiatni do‘stlar asrab qolaylik!
4 – o‘quvchi: Tabiat ona – ku har birimizga
Quyosh bo‘lib ko‘kdan taratadi nur
Musaffo havosi, zilol suvlari
Ona suti yanglig‘ beradi huzur
Hamma: Tabiatga do‘stlar mehr qo‘yaylik
Tabiatni do‘stlar asrab qolaylik

Qo‘shiq: Olamni asrang do‘stlar


1- boshlovchi: - O‘zbekiston Respublikasi Mustaqillikka erishgan kundan boshlab eng avval tabiatni muhofaza qilishga alohida e’tibor qaratildi.
2 – boshlovchi: - O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 55 – moddasida hayvonot va o‘simliklar dunyosini muhofaza qilish har bir fuqaroning burchi ekanligi qayd etilgan
1 –boshlovchi: -1992 yil, 9 – dekabr. Oliy Majlis tomonidan “Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilindi.
2 – boshlovchi: - 1993 yil, 7 – may. Oliy Majlis tomonidan “Maxsus muhofazaga olingan tabiiy hududlar haqida” Qonun qabul qilindi.
1 –boshlovchi: - 1997 yil 26 dekabr “Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va foydalanish haqida” qonun qabul qilindi.
2 –boshlovchi: -1997 yil 26 dekabr O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan “O‘simliklar dunyosini muhofaza qilish” to‘g‘risida”gi qonun qabul qilindi.
1 – boshlovchi: - 1998 yil O‘zbekiston Respublikasi “Qizil Kitobi”ning II nashri bosmadan chiqarildi.
2 – boshlovchi: - Ushbu kitobda 301 tur o‘simlik, hayvon turi (noyob, bebaho, foydali turlari) kiritildi.
1 – boshlovchi: - Azizlar tabiatni asrash, uni kelajak avlodlarga bir –butun topshirish – bugungi zamondoshlarimizning eng asosiy insoniy burchlaridan biri hisoblanadi. Shunday emasmi?
2 –boshlovchi: - Donishmand ota – bobolarimiz meros qilib qoldirgan hikmatlarga quloq tutsak, ajdodlarimiz tabiatni qanchalar ardoqlaganliklariga havasimiz ortadi.
1 – boshlovchi: - Kelinglar, yaxshisi hozir hikmatlar bo‘stonidagi tabiatni asrashga oid durdonalarni esga olaylik va qalbimizga singdiraylik
1 – o‘quvchi: Serdaraxt o‘lkada ham kasallik bo‘ladi
2 –o‘quvchi: Yaxshi odam ekishni o‘ylaydi, yomon odam kesishni
3 – o‘quvchi: Tabiatga qilingan saxovat 100 ta bo‘lib qaytadi
4 – o‘quvchi: Tabiatda yo‘qolganni tiklab bo‘lmas
5 –o‘quvchi: Bir yil tut eksang, 40 yil gavhar terasan
6 – o‘quvchi: Bir gul bilan yoz bo‘lmas
Bir daraxt bilan bog‘ bo‘lmas
7 – o‘quvchi: Dunyo yam – yashil va go‘zal
Kimki undan haqli ravishda halollik bilan olsa, undan baraka topadi
8 – o‘quvchi: Soyasidan xalq foydalanib turgan daraxtni kesgan odamni tangri kechirmaydi
9 – o‘quvchi: Tabiat rizqu – ro‘zlaridan yenglar, ichinglar, lekin isrof qilmanglar (Hadis)
10 – o‘quvchi; Tabiatni asrash – insonni asrash
11 – o‘quvchi: Tabiatni asrash burching – baxting
Unda gullab yashnar hayot daraxting
Qo‘shiq va raqs
Jayron:
Cho‘l ohusi go‘zalim
Jayronim, ho jayronim
O‘ynab – o‘ynab sakrayver
Jayronim, ho jayronim
Yildan – yilga ko‘paygin
Joyronim ho, jayronim
Yomon ko‘zdan asrasin
Jayronim ho, jayronim
Dilbandginam, jayronim,
Nozikkinam, jayronim.
1 – boshlovchi: Azizlar, ona – tabiat nega bizdan ranjidi? Nega noyob o‘simliklar, bebaho hayvonlar soni keskin kamaydi? “Qizil Kitob” sahifalari soni nega oshib, qalinlashib bormoqda?
2 – boshlovchi: Kelinglar, yaxshisi hozir namoyish qilinadigan “Inson ustidan tabiat sudi” sahna ko‘rinishi orqali ushbu savollarga javob izlaylik.

Sahna “Sud”


(Bunda tabiat – sudya, suv, daraxt, qush, havo, tuproq va Inson ishtirok etadilar)

1 – boshlovchi: Endi esa davraga Ibn Sino tashrif buyuradilar. Bu ajdodimiz buyuk tabib, tabobat ilmining sultoni, tabiat fanlarining donishmandi bo‘lib, olam uzra shon – shuhrat qozongan.

Ibn Sino
Assalomu alaykum, mening aziz hamyurtlarim, vatandoshlarim, keyingi yillarda odamlar orasida bo‘qoq, sariq kasalliklarini, oshqozon – ichak kasalliklari ancha ko‘paydi. Bu kasalliklar davosi esa – “Yashil shifoxona” – tabiatdadir.
Agar siz tabiat ne’matlaridan o‘rinli foydalansangiz, tanangiz sog‘, aqlingiz tog‘ bo‘ladi.
Bularni unutmang, bolalarim. Doimo tabiatdan darmon olinglar!

1 –boshlovchi: Endi esa shifobaxsh o‘simliklar, foydali nozu – ne’matlarga navbatni beramiz

2 –boshlovchi: To‘xtang, axir oldin o‘zimizning “Yashil dorixona”, “Fitobar” mahsulotlari bilan mehmonlarni siylaylik. Marhamat, azizlar!

1 – boshlovchi; Azizlar, shu bilan “Tabiat muhofazasi – sog‘lom avlod orzusi” nomli tadbirimiz yakun topdi. E’tiboringiz uchun rahmat!










Download 2,12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish