Geografiya darslarida



Download 2,12 Mb.
bet1/22
Sana19.05.2022
Hajmi2,12 Mb.
#604597
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
Bog'liq
SHE\'RIY TOPISHMOQLAR KITOB rasm bilan


Zaripova Xurshida Ubaydullayevna


GEOGRAFIYA DARSLARIDA
SHE’RIY TOPISHMOQLAR VA
SINFDAN TASHQARI TADBIRLAR


(o‘quv-uslubiy qo‘llanma)



BUXORO – 2021
O‘quv-uslubiy qo‘llanma geografiya fani o‘qituvchilari, oliy ta’limda tahsil olayotgan talabalar, umumta’lim maktablari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlarning o‘quvchilari hamda ushbu mavzularga qiziquvchi keng kitobxonlar ommasiga mo‘ljallangan.

Muallif va mas’ul muharrir:


X.U.Zaripova-Buxoro viloyati Vobkent tumanidagi 4-umumta’lim maktabining geografiya fani o‘qituvchisi


Taqrizchilar:

I.E.Mirzayeva – BuxDU, tuproqshunoslik va geografiya kafedrasi katta o‘qituvchisi


G.I.Halimova- BuxDU, Ekologiya va geografiya kafedrasi katta o‘qituvchisi, g.f.f.d (PhD)

Ushbu o‘quv-uslubiy qo‘llanma viloyat xalq ta’limi boshqarmasining metodik kengashining 2021-yil 27-dekabrdagi 4/2-sonli yig‘ilish qaroriga asosan nashrga tavsiya qilingan.


So‘z boshi


Mustaqil O‘zbekiston Respublikasining ta’lim tizimidagi o‘zgarishlar umumiy o‘rta ta’lim maktablari oldiga muhim vazifalarni qo‘ymoqda. Bu vazifalar yoshlarni har tomonlama barkamol, ma‘naviy yetuk, mustaqil fikrlaydigan, milliy merosimizni qadrlaydigan, ilmli, ijodkor, nozik didli qilib tarbiyalashni o‘qituvchilardan tinmay ijodiy izlanishlarni, fidoyilik ko‘rsatishni talab etmoqda.


Ushbu vazifalarni amalga oshirish yo‘lida barcha fanlar qatori geografiyaning ham o‘rni kattadir. Chunki, geografiya yer yuzi tabiati, aholisi va uning xo‘jalik faoliyati haqidagi fandir. Bugungi kunga kelib, geografiyani takomillashtirishga yanada katta e’tibor bilan qaralmoqda.

she’riy Topishmoqlardan foydalanishning amaliy ahamiyati


Mustaqil O‘zbekiston Respublikasining ta’lim tizimidagi o‘zgarishlar umumiy o‘rta ta’lim maktablari oldiga muhim vazifalarni qo‘ymoqda. Bu vazifalar yoshlarni har tomonlama barkamol, ma‘naviy yetuk, mustaqil fikrlaydigan, milliy merosimizni qadrlaydigan, ilmli, ijodkor, nozik didli qilib tarbiyalashni o‘qituvchilardan tinmay ijodiy izlanishlarni, fidoyilik ko‘rsatishni talab etmoqda.


Ushbu vazifalarni amalga oshirish yo‘lida barcha fanlar qatori geografiyaning ham o‘rni kattadir. Chunki, geografiya yer yuzi tabiati, aholisi va uning xo‘jalik faoliyati haqidagi fandir. Bugungi kunga kelib, geografiyani takomillashtirishga yanada katta e’tibor bilan qaralmoqda.
Ta’lim sohasida olib borilayotgan islohotlarning tub mohiyati ta’lim mazmunini va shaklini takomillashtirishga qaratilgan. Fan-texnika taraqqiyoti jamiyatimizning demokratlashuvi axborot miqyosining oshib borishi kabi omillar bolalarning shaxsiy xususiyatlariga jumladan, idrok eta olish, tasavvur va tafakkurlash aqliy qobiliyatining rivojlanishiga olib keladi. Bolalarning olamni bilishga bo‘lgan ehtiyoji avvalgi yillarga nisbatan keskin oshganligi hech kimga sir emas.
Biz kimni tarbiyalashimiz kerak, degan savol zamonaviy pedagogika, didaktika fanlarini o‘qitish metodikalarining bosh masalasiga aylandi.
Dars – ta’limning asosiy shaklidir. Darsni mazmunan va shaklan takomillashtirish, bu didaktikaning bosh masalalaridan biri hisoblanadi. Faqatgina darsda emas, darsdan tashqari, ya’ni sinfdan tashqari ishlarda noan’anaviy interfaol usullarni qo‘llab sinfdan tashqari ishlarni tashkil etish va o‘tkazish, uni yuqori pog‘onaga ko‘tarish o‘quvchilarda shu fanni o‘rganishga bo‘lgan havaslarini orttirish lozim.
Geografiya darslarini va sinfdan tashqari ishlarni hayotga tadbiq etish, ularni qiziqarli va ijodiy tashkil etish bosh masaladir. Darsda o‘yinlardan foydalanish muhim o‘rin egallaydi. Shu o‘rinda topishmoqlarni darslarga olib kirish ko‘zlangan maqsadga erishishda benihoyat katta yordam beradi. Sababi, topishmoqlar katta so‘z o‘yini asosida vujudga keladi. Bu qadimiy geografik o‘yin ham katta badiiy mahoratni va topqirlikni talab etadi. Topishmoqlar xalq ijodiga obrazli so‘zga muhabbat uyg‘otadi. Bolalarga estetik zavq bag‘ishlab, ularni she’riyat dunyosiga olib kiradi. San‘atning o‘ziga xos turi bo‘lmish bu she’rlar o‘sib kelayotgan avlodning ma‘naviy ehtiyojlariga ozuqa bo‘ladi. Ezgulikka chorlab, inson uchun eng aziz bo‘lgan ona tiliga, tug‘ilgan yurtiga muhabbat uyg‘otadi. Shuningdek, topishmoqlar darslarda olingan bilimlarni mustahkamlashga, fikrlashga o‘rgatib, fanga qiziqishini orttiradi.
Topishmoq, jumboq, matal – xalq og‘zaki poetik ijodining eng qadimgi va ommaviy janri. Jahondagi barcha xalqlar folklorida uchraydi. Topishmoqlarda xalq hayoti, turmush darajasi madaniyati, urf-odatlari ma’lum darajada o‘z ifodasini topadi. Topishmoqda yechilishi mumkin bo‘lgan so‘roq majoziy shaklda bo‘lib, uning ma’nosi yashirincha bo‘ladi. Topishmoqda narsa yoki hodisa boshqa narsa yoki hodisaga o‘xshatish, o‘zaro qiyoslash, taqqoslash orqali gavdalantiriladi. Topishmoqlar ba’zan nasriy, ko‘pincha she’riy shaklda, kompozitsion va ritmik jihatdan ixcham, sodda va ohangdor bo‘ladi. Masalan, “Bir parcha patir, olamga tatir” (Oy). “Oppoq dasturxon yer yuzini qoplagan” (Qor). Topishmoqda metafora, o‘xshatish, mubolag‘a, sifatlash, takror kabi ifoda vositalari keng foydalaniladi. Masalan, “Zil-zil gilam, zil gilam, zildan ham og‘ir gilam” (Yer).
«Topishmoqlar» asosida tashkil etilgan dars o‘quvchilar ongini, tafakkur qobiliyatini o‘stirishga xizmat qiladi. Sababi, o‘quvchi har bir topishmoqqa mos javobni topishdan oldin mazkur jumboqqa taalluqli so‘z bilan barcha ma‘lumotlarni esga olishi, xaritalarni tasavvur qilishi, materiklar, davlatlar tabiatidagi o‘ziga xos xususiyatlarni esda saqlash qobiliyatiga ega bo‘lishi lozim. Topishmoqni hozirjavoblik bilan topgan o‘quvchi o‘z bilimiga ishonch hislarini shakllantiradi, javob esa keyingi egallamoqchi bo‘lgan bilimlariga kuch baxshida etadi. Bunda o‘quvchini fikrlashga, o‘qituvchining har bir so‘ziga e’tibor berishga, o‘z fikrini ilmiy asoslab bayon etishga o‘rgatishdan iborat.
Topishmoqlar darsning boshlanishida o‘quvchi diqqatini jalb etish va o‘tgan mavzular bo‘yicha bilimini sinashga dars so‘ngida esa yangi materialni qay darajada qabul qilganligini bilish va o‘quvchilarga ijodiy dam berish maqsadida foydalaniladi.
Mamlakatimiz o‘z mustaqilligiga erishgach rеspublika xo‘jaligining barcha sohalarida bo‘lganidеk ta'limda ham tub islohatlar davri boshlandi. Bu davr esa o‘qituvchilarga ham ko‘plab ma'suliyatni yukladi. Chunki mustaqillikkacha ta’lim tizimida asosan bir xillik hukmron edi. Yangi pеdagogik tеxnologiya esa har bir darsning bir-biridan qiziqarli o‘tish imkoniyatini bеradi. Har bir darsning mazmun mohiyatidan kеlib chiqib, darsda o‘quvchlarga sayyoramizning yer yuzi va uning shakllanish tarixi, iqlimi, suvlari va yer shari tabiat zonalari hamda tabiat resurslari haqidagi turli topishmoqlar matеriallardan foydalanish mumkin. Bunday dars o‘tish jarayonida o‘qituvchidan o‘z ustida muntazam ishlashi talab etiladi. Bu talab esa darsning samaradorligini oshiradi, uning sifatli bo‘lishini ta’minlaydi, o‘quvchilarning bilim va ko‘nikmalarining, birinchi galda maktab o‘quv mashg‘ulotlarini mustahkam egallab olishlarining manbaidir. Har bir pеdagogning ishga ijodiy yondashishini rivojlantirish juda muhimdir. Chunki dars jarayoni har yili bir xil ko‘rinish, bir xil andoza, bir xil tipda emas, balki har yili har-xil usul va uslublardan qo‘llanilgan holda tashkil etilishi lozim. Yangi darsning mazmuni, egallangan qamrovi, unda ko‘rgazmali qo‘llanmalar va vositalarning ishlatilishiga qarab o‘qituvchi turli didaktik tarqatma matеriallarni qo‘llashi mumkin. Bu esa o‘qituvchining izlanuvchanligini, o‘z ustida ishlashini, ijodkorligini, darsni yanada kеng qamrovli va qiziqarli qilib o‘tishda tajribasini oshiradi.
Ijodiy ishlaydigan o‘qituvchining darslari xilma-xil bo‘ladi. Bunda tasviriy vositalar va ko‘rgazmali qo‘llanmalarning ahamiyati katta. Masalan, o‘qituvchi bir darsda yangi mavzuni tushuntirishdan avval 5-6 minut tеzkor savollar orqali o‘quvchilar bilimini, o‘tgan mavzu va yangi mavzu yuzasidan so‘rab chiqadi, o‘zi fikrlarni to‘ldiradi, o‘quvchilarning diqqatini xaritaga jalb etadi, doskaga chizmalar chizadi va hokazo. Boshqa darsda o‘qituvchi videofilmlar ko‘rsatishi mumkin, bunda har bir kadrga bеrilganiga nisbatan kеngroq va to‘liqroq izoh bеradi, darslikda bеrilmagan yangi ma'lumotlarni aytib o‘tadi, so‘ngra darsni mustahkamlash uchun o‘quvchilarni bahs-munozaraga chorlaydi, ularning mustaqil fikrlarini tinglab, o‘zi to‘ldirib boradi. Agar o‘qituvchi o‘z bilimini to‘ldirib borishni to‘xtatib qo‘ysa, uning darslarida intizom yomonlashadi, darslari qiziqarsiz bo‘lib qoladi, o‘qituvchining obro‘siga o‘z hamkasblari va o‘quvchilar oldida putur yеta boshlaydi. Ko‘pchilik o‘qituvchilar har bir darsini faqat mazmunli qilib emas, qiziqarli qilib ham o‘tishga intiladilar. Bugungi kundagi zamonaviy darslarning talabi ham, mazmuni ham shunda. Chunki bugungi kun o‘quvchilarining darsga chaqqonliklari, e’tiborlari, qiziqishlari nihoyatda katta. Bizning fanimizning bu boradagi imkoniyatlari nihoyatda ulkan darajada. Fanimizning o‘ziga xos xususiyati ham qiziqarliligida bo‘lsa ajabmas.
Buni biz hayotiy kuzatishlarimiz orqali ham tushuntirib, asoslab bеrishimiz mumkin. Masalan, maktabni ancha ilgari bitirib kеtgan kishilardan, maktab gеografiyasi kursida nimalar esingizda qolgan dеb so‘rasak, ular sayyohlar haqidagi, tabiat sirlarini qanday ochilganligi to‘g‘risidagi hikoyalarini, darsda ko‘p kartochkalarga javob bеrganligini, turli xil krossvordlar yеchishgani, tabiatga bo‘lgan ekskursiyalari, topishmoqlar haqida qiziqib aytib bеrishadi. Suhbat oxirida esa «Gеografiya - qiziqarli fan» dеgan gapni eshitamiz. Shunday ekan fanimizning yanada qiziqarli, samarador va albatta o‘quvchilar yodida saqlanib qolishi uchun harakat qilishimiz lozim. Dars jarayonini yanada ko‘proq ko‘rgazmali qurollar, har-xil ko‘rinishdagi kartochkalar, diagrammalar, tеstlar, krossvordlar, tеzkor savollar, yozuvsiz xaritalar va hokazolar) tarqatma matеriallar bilan boyitib borishimiz kеrak. Gеografiya fanini o‘qitishda ko‘rsatmalilik, ommaboplik va qiziqarli bayon etish muhim rol o‘ynaydi.
Ko‘rsatmalilik va qiziqarlilik o‘qitishning barcha mеtodlarida o‘qituvchi hikoyasida, suhbatida, og‘zaki va yozma tеkshirishda, geografik topishmoqlar ayniqsa sinfdan tashqari ishlarda muayyan o‘rin tutadi.
Geografik topishmoqlardan tuzilgan tarqatma matеriallardan dars jarayonida foydalanishning ijobiy tomonlari shundaki, bu jarayon o‘qituvchiga o‘quvchilarning o‘quv matеrialini egallash shakllaridagi o‘xshashlik va tafovut qiladigan muhitlarni chuqurroq anglab olishda hamda o‘z o‘qituvchilik faoliyatini muvaffaqiyatliroq tashkil etishda yordam bеradi.
Topishmoqlardan tuzilgan tarqatma matеriallarni, tеstlarni, diagrammalarni, ko‘rgazmali qurolarni tayyorlash va ular bilan dars o‘tish o‘qituvchilardan ko‘p vaqt va mahorat talab qilishi bilan birga o‘quvchida ham zarur bilimlar bo‘lishini taqozo etadi. Topishmoqlardan tuzilgan tarqatma matеriallarni tayyorlashda o‘qituvchi o‘quvchilarning bilish faoliyati, aqliy darajasi, bajara olish qobiliyatini ham e’tiborga olishi zarur. Chunki o‘quvchilar qanchalik bilimli va zukko bo‘lsalar darsda shuncha faol qatnashadilar va darsga bo‘lgan qiziqishlari yanada ortib boradi. Topishmoqlardan tuzilgan tarqatma matеriallardan foydalanish o‘quvchilarni faqat darsga qiziqishlarini emas, balki, ularning dunyoqarashini, ya'ni gеografik dunyoqarashlarini, madaniyatni shakllantirishda ham yordam bеradi.
O‘quvchilarning fanga bo‘lgan gеografiyaga oid tushunchalarini shakllantirishda ham katta imkon bеradi.
Fanda tushunchalarini shakllantirish jarayoni boshqarilishi xususiyatiga ega bo‘lib, uni o‘qituvchi amalga oshiradi. O‘qituvchi qay yo‘sinda va tartibda amalga oshirishi esa uning pеdagogik mahoratiga bog‘liq.
Fanga taalluqli tushunchalar ta'lim jarayonida sеkin-asta rivojlanadi. Darsni o‘tish jarayonida esa shu narsaga e’tibor bеrish kеrakki, dars ko‘rgazmali qurollar, xaritalar va tarqatmalar bilan boyib borishi kеrak. Fikrlar murakkablashib kеtmasdan balki, aniq va qisqa bo‘lishi kеrak. Gеografik obyеktlarni ko‘rgazmali qurollarsiz va xaritasiz o‘rganish ularga xos bo‘lgan bеlgilarni ajratishni birmuncha qiyinlashtiradi. Shuning uchun dars jarayonida xaritalarni o‘qish ham muhim ahamiyat kasb etadi. Darsda faqat tarqatma matеriallar, o‘yinlar, tеstlar va diagrammalar emas, balki xaritalar va yozuvsiz xaritalarning ham ahamiyati katta. Dars jarayonida tarqatma matеriallarning alohida-alohida shakllari va turlar haqida quyida, ya'ni kеyingi boblarda alohida to‘xtalib o‘tamiz. Tarqatma matеriallar o‘quvchilarning mustaqil tayyorgarlik ko‘rishlari, o‘zlari ustida ishlashlari, qo‘shimcha adabiyotlarni o‘qishlari va izlanishlari uchun yordam bеradi.
Dars jarayonidagi topishmoqlardan tuzilgan tarqatma matеriallarga esa yozma yoki og‘zaki javob bеrish mumkin. Ayrim o‘quvchilar tushungan mavzusini, olgan bilimlarini aytib bеrolmaydilar, yozma javob bеrganda esa fikrini jamlab batafsil bayon qiladilar.
Topishmoqlardan tuzilgan tarqatma matеriallar, ko‘rgazmali qurollar bilan birgalikda raqamli matеriallardan ham dars jarayonida foydalanadilar. Topishmoqlar hamda raqamli matеriallar ham bilim olishning asosiy manbasiga kiradi. Topishmoqlar hamda raqamli matеriallar raqamlarni eslab qolish, yodda saqlashni, birliklarni o‘rganishda o‘quvchilarga yordam bеradi.
Topishmoq aytish, asosan, bolalarning so‘z boyligini oshirish, hayot va uning hodisalari haqidagi tushunchalari va tasavvurlarini, idroki va mulohaza qobiliyatini kengaytirishdagi muhim tarbiya vositasi hisoblanadi. Geografiya darslarida nafaqat she’riy topishmoqlar, balki turli geografik she’rlardan shior sifatida yoki tashkiliy qismda foydalanilsa, o‘quvchining ham, o‘qituvchining ham ruhiyatida yengillik va zavq bag‘ishlaydi. Natijada fanga bo‘lgan e’tibor va qiziqish ortib boradi, bu esa o‘z navbatida ustozu-shogirdlarning birdek izlanishlariga turtki bo‘ladi. Yagona maqsadimiz- Vatanimiz kelajagi poydevori bo‘lgan komil farzandlar tarbiyasi ekan, bu maqsad yo‘lida bir lahzagada izlanishdan to‘xtab qolishga haqqimiz yo‘q, zero yurt ravnaqi o‘sib kelayotgan yosh avlod qo‘lidadir.

Dunyoni o‘rganmoq istasangiz gar,


Vaqtu mablag‘ sarflab kezish shart emas.
Xayollaringizni aylaydi ro‘yo,
Geografiya kitobiyu, xaritani oling, bas.

GEOGRAFIYAM, MENING SUYUK GEOGRAFIYAM


Bog‘liq erur barcha fanlar bir-biriga,
Birisini to‘ldiradi ikkinchisi.
Bizni o‘rab turgan borliq sinoatin,
Turli yoqdan talqin etar har birisi.
Shunday fan bor-fanlar ichra u yagona,
Butun olam sinoatin berar ochib.
Bobo yerning ilk yoshidan, havogacha,
Inson o‘yu-xayollari, fazogacha.
O‘rganadi tuproq, o‘rmon, nabototni,
Dengiz, daryo, ko‘lu-muzlik, hayvonotni.
O‘rganadi hatto butun borliqniyam,
Meninig suyuk bo‘lgan fanim-GEOGRAFIYAM.
GEOGRAFIYAM, MENING SUYUK GEOGRAFIYAM,
SENGA OBYEKT ERUR ASLI BUTUN OLAM.

V SINF GEOGRAFIYA KURSIGA DOIR SHE’RIY TOPISHMOQLAR





Geografiya otasi,
Ilk xaritani tuzgan.
Bizdan ancha ilgari
Yerni tasvirlab bergan.
Uning xaritasida
Bor Janubiy Yevropa,
Hatto G‘arbiy Osiyo,
Ham Shimoliy Afrika.
U yerning kattaligin,
Ancha aniq o‘lchagan,
Nahot, topmoqlik qiyin
Bu olim- ___________



Yerning sharsimonligin,
Asarlarida aytgan.
Hattoki eng mukammal,
Globusni yaratgan.
Amerika qit’asini
Aytib o‘tgan farazda.
Shu farazga tayanib,
Kolumb chiqqandi yo‘lga.
Hindistonni o‘rganib,
Shu nomli asar yozgan.
Toabad umri boqiy,
Bu olimdir-_____________
********************



Go‘zal yurt jannatmakon,
Boylikka kon Hindiston.
Beruniy taxminiga
Tayangan u begumon.
Amerikani kashf qilib,
Hindiston deb o‘ylagan.
Ne bo‘lsa ham u g‘olib,
Bu sayyoh nomi - ________
********************************




  1. Bir ming besh yuz o‘n to‘qqiz-

Ispaniya qirg‘og‘i.
Suzib borar bir kema,
Hilpiratib bayrog‘in.
Yerning sharsimonligin,
Amalda isbotlagan.
Deydi:Yerning eng katta
Qismini suv qoplagan.
Sayohati vaqtida,
Okeanga nom bergan.
Bu sayyohni albatta,
Derlar-Fernan_______


  1. U yerning tabiiy yo‘ldoshi,

Ba’zida yorug‘u, ba’zan qorong‘i.
To‘lin bo‘lganida ochadi chiroy,
Husnu latofatga boydir bizning- ________


  1. Shimoliy-janubiy yarimsharlarga,

Ajratib turar u - yerning belbog‘i.
Uning atrofida yog‘mas aslo qor,
Nolinchi gradus budir- __________

********************************

  1. Bobo quyosh atrofidan aylanadi Yer,

Uch yuz oltmish besh kun, olti soatda.
Bu olti soatlar to‘rt yil yig‘ilsa,
Shu yili bo‘ladi albat-__________

********************************

  1. Ba’zan boqsak keng maydonga,

Osmon ko‘rinar gumbazdek.
Mana shunday tutash chiziq,
Fanimizda bo‘lar-____________

************************

  1. Uning 3 xil ko‘rinishi,

B ordir fanda: sonli, nomli,
Yana biri chiziqlidir,
U aslida kasrlidir.
U bir joyning aynan qancha,
Kichrayganini ko‘rsatar.
Yolg‘on bo‘lsa ko‘ring o‘lchab,
Deysiz bu qanday ____________




Download 2,12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish