Geografiya darslarida


JANUBIY AMERIKAbobi bo‘yicha she’riy topishmoqlar



Download 2,12 Mb.
bet6/22
Sana19.05.2022
Hajmi2,12 Mb.
#604597
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
Bog'liq
SHE\'RIY TOPISHMOQLAR KITOB rasm bilan






JANUBIY AMERIKAbobi bo‘yicha she’riy topishmoqlar


  1. Bu materik suvga serob, o‘rmonga serob,

“Sayyoramiz o‘pkasi” ham aynan shu yerda.
Eng uzun And tog‘i yastanib yotar,
Odamxo‘r balig‘i, iloni ham bor.
Gar Kolumb bu yerga kelsada 5 bor,
Uni Hindiston deb o‘ylagani rost.
Vespuchi nomiga atalgan o‘lka,
Mayalar vatani budir -___________




  1. Peru sovuq oqimi

Unga yog‘in keltirmas,
Shudring yagona manba,
Cho‘l nomi-____________


  1. Juda keng va go‘zal

Bo‘lib tushar suv,
Nomini unutmang,
Bu - ________


  1. Dunyodagi eng baland,

Suvi chuchuk va katta.
Ko‘lning nomini toping,
Albatta- _________

**********************

  1. Undan sayyoh Tur Xeyerdel

Yasagan “Kon-Tiki”ni,
Yengil va juda qattiq,
Toping daraxt nomini.


*********************



  1. Janubiy Amerika savannalardan

Bir oz janubroqda dashtlar joylashgan.
Tarjima qilganda “Daraxtsiz” emish,
Indeyeslar uni qanday atashgan.

******************************

  1. Tog‘larning tik yonbag‘rida,

Yirik va yirtqich qush yashar.
Changalidan qochmoq dushvor,
Bu qushning nomidir-______________


SHIMOLIY AMERIKA bobi bo‘yicha she’riy topishmoqlar





  1. Dunyodagi eng katta oroli bor materik,

Eng katta arxipelag, chuqur darali ko‘prik.
Eng uzun g‘or muzlik ham shu hududda erur jam,
Sharsharasi maftunkor, go‘zal, chiroyli biram.
Nomini o‘ylab ko‘ring, pand bermasin xotira,
Kolumb misol adashib demang u “Vest Indiya”.
Mana, topdingiz darhol, quvonib deng “Evrika”,
Ushbu materik nomi bu- ____________________

**************************


  1. Uzoq yillar daryo suvi,

O‘yib oqib boravergan.
Natijada dunyodagi
Chuqur dara paydo bo‘lgan.
Vaqt va suvning kuchin ko‘ring,
Hatto toshni etar ado.
Eng chuqur deb tan olingan,
Ushbu kanyon-_______

**********************

  1. Go‘zal va maftunkor

Ushbu sharshara,
O‘n million sayyohni
Jalb etar qara.


  1. Oyning tortish kuchi ostida ba’zan,

Dengiz suvi keskin ko‘tariladi.
Ta’sir kuchi qaytgach, suv tushar qalqib,
Bundan ham kimlardir foydalanadi.
Qalqish to‘lqinining kuchun jilovlab,
Sanoatda ezgu qo‘llaniladi.
Qalqish hodisasin juda balandi,
Materikning yirik qo‘ltig‘i- _________

***********************************

  1. Avval uni ruslar o‘rgangan,

“Ruslar Amerikasi” deya atalgan.
Neft-gaz zahirasi unda mujassam,
Uni AQSH deydi mening ____________

****************************

  1. Amerikaga borgangiz gar,

Bu g‘orni bir ko‘rib keling.
Eng uzun g‘or, sirli hamon,
Uning nomi -____________

****************************

  1. Beshta ko‘l bor materikda

Biri Eri, biri Guron,
Michiganu, Ontario
Bir -biriga bo‘gliq hamon.
Yuqoriko‘l eng balandda,
Bo‘lsa hamki kichik ko‘llar,
Barchasini birlashtirib,
Deyishadi - ________


  1. Hindular der “Katta daryo”

Irmog‘ini “Loyqa daryo”
Toping ularning nomini,
Aytaqoling javobini.

****************************


  1. Kim qanday xohlasa shunday tushunar,

Ikki materikni bog‘lar-ajratar,
Insonlar yaratgan yaratilmadir,
Ushbu kanal nomi –de __________dir.

********************************


Download 2,12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish