Geografiya 10 sinf 2017. indd


-§. YER YUZI TABIATINING RIVOJLANISH TARIXI



Download 1,96 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/140
Sana18.01.2022
Hajmi1,96 Mb.
#386889
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   140
Bog'liq
Geografiya o‘rta ta’lim muassasalarining 10-sinfi va o‘rta maxsu (1)

5-§. YER YUZI TABIATINING RIVOJLANISH TARIXI 
Yerning  paydo  bo‘lishi  haqidagi  hozirgi  zamon  nazariyalariga  ko‘ra, 
Yer  murakkab  taraqqiyot  bosqichlarini  o‘z  boshidan  kechirgan.  So‘nggi 
yillardagi  ma’lumotlarda  keltirilishicha,  Yer  taraqqiyotining 
astronomik, 
geologik, biologik va antropogen
  bosqichlarini  ajratish  mumkin.
Astronomik bosqich
  5–4,6  mlrd  yillar  oralig‘ini  o‘z  ichiga  oladi.  Bun-
dan  5  mlrd  yil  oldin  koinotdagi  disksimon  gaz  va  chang  massasining 
gravitatsion  mexanik  quyuqlashuvi  oqibatida  Quyosh  sistemasidagi  bosh-
qa  sayyoralar  singari Yer  ham  sharsimon  shaklga  ega  bo‘lgan. Yer  tarkib 
topib  borayotgan  vaqtda  radioaktiv  elementlarning  parchalanishi  nati-
jasida  ajralib  chiqadigan  issiqlik  hisobiga,  uning  ichki  qismi  asta-sekin 
qizib,  moddalarning  saralanishiga  olib  kelgan.  Oqibatda  Yerning  turli 
qatlamlari  hosil  bo‘la  boshlagan,  vulqonlar  harakatlanishi  kuzatilgan.
Vulqon  va  tektonik  harakatlarning  boshlanish  paytidan  Yerning 
geologik bosqichi
  boshlangan.  Yer  po‘sti  yuzlab  million  yillar  davo-
mida  doimiy  ravishda  o‘zgarib  turgan,  materiklar  goh  shakllanib,  goh 
parchalangan.  Materiklar  doimiy  harakatda  bo‘lgan  va  ba’zida  birlashib 
yirik  materiklarni  hosil  qilgan. 
Yerda  3,8  mlrd  yil  avval  hayot  paydo  bo‘lishi  bilan  Yer  taraqqiyo-
tining 
biologik bosqichi 
boshlangan.  Yerda  dastlabki  odamlarning  paydo 
bo‘lishi  (3–1,5  mln  yil) 
antropogen
  bosqichni  boshlab  bergan.
Yerning  geologik  taraqqiyot  tarixi,  uning  rivojlanish  davrlari  va  rivoj-
lanish  bosqichlariga  ajratish  bilan  ko‘plab  geologlar  shug‘ullanganlar. 
Natijada  geoxronologiya  paydo  bo‘lgan. 
Geoxronologiya
  (geologik  yilnoma)  –  yer  po‘stidagi  tog‘  jinslarining 
hosil  bo‘lish  ketma-ketligi  va  yoshi  haqidagi  ta’limot.  Geoxronologiya 
mutlaq
  va 
nisbiy
  geoxronologiyaga  bo‘linadi.  Mutlaq  geoxronologiya-
da  Yerning  yoshi  yillar  bilan  ifodalanadi.  Nisbiy  geoxronologiyada  esa, 
tog‘  jinslarining  ketma-ket  qatlamlanib  joylanishiga  asoslaniladi.  Bunga 
ko‘ra,  ustida  yotgan  qatlam  (cho‘kindi  jinslar  qatlamlarining  dastlabki 
holati  buzilmaganda)  ostidagidan  yosh  bo‘ladi. 


21
Tog‘  jinslarining  yoshini  aniqlashda 
paleontologik metod
  ham  ishlatiladi.  Bu 
metod  hayvon  va  o‘simliklarning  tog‘ 
jinslaridagi  toshqotgan  qoldiqlarini  o‘rga-
nishga  asoslangan.  Har  qaysi  davr  uchun 
o‘ziga  xos  hayvon  va  o‘simliklarning 
toshqotgan  qoldiqlari  mavjud  (2-rasm).
Geologlar  ko‘p  yillik  tadqiqotlar 
natijalarini  umumlashtirib,  yer  po‘stida 
qat lamlar  yo‘nalishining  umumiy  ket-
ma-ketligini  aniqlaganlar.  Keyinchalik 
bu 
stratigrafi ya  shkalasi
  nomini  oldi. 
Stratigrafi k  shkala  geoxronologiya  shkalasini  tuzish  uchun  asos  hi-
soblanadi. 
Geoxronologik
 
shkala
  –  geoxronologik  bo‘limlarning  iye rarxiya 
(quyi  bo‘limlarning  yuqori  bo‘limlarga  bosqichma-bosqich  bo‘ysinish) 
tizimi.  Shkalada  eng  yirik  birlik 
supereon
  bo‘lib,  ular  2  ta: 
tokem-
briy 
va
 fanerozoy.
  Tokembriy  supereoni 
xades, arxey
  (yoki  arxeozoy) 
va
 proterozoy
  eonlariga  bo‘lingan,  fanerozoy  supereoni  esa  shu  nom-
dagi  bitta  eondan  iborat.  Eonlar,  o‘z  navbatida,  bir  nechta  eralarni 
birlashtiradi.  Masalan,  fanerozoy  eoni 
paleozoy, mezozoy
  va 
kaynozoy 
eralariga  ajratilgan.  Eralar  davrlarga,  davrlar  zamonlarga,  zamonlar  esa 
asrlarga  bo‘lingan.  Shkalaning  yuqori  qismi,  ya’ni 
fanerozoy
  paleon-
tologik  metod  asosida  puxta  tuzilgan,  pastki  qismi  bo‘lgan 
tokembriy
 
toshqotgan  qoldiqlarning  yaxshi  saqlanmaganligi  sababli  paleontologik 
metod  cheklangan  bo‘lib,  natijada  bo‘limlarga  unchalik  mukammal 
ajratilmagan. 
Stratigrafi k  va  unga  moslashgan  geoxronologiya  shkalasi  1881-yilda 
Italiyaning  Bolonya  shahrida  ikkinchi  xalqaro  geologlar  kongressida 
tasdiqlangan  va  o‘sha  vaqtdan  boshlab  jahonda  umumiy  hisoblanadi. 
O‘tgan  vaqt  mobaynida  paleontologik  metodning  takomillashishi  nati-
jasida  olingan  yangi  ma’lumotlar  asosida  geoxronologiya  shkalasiga 
aniqliklar  kiritilib,  o‘zgartirib  borilmoqda.  Shuning  uchun  turli  yil-
larda  nashr  etilgan  adabiyotlarda  geoxronologiya  jadvalida  keltirilgan 
ma’lumotlar  mos  kelmaslik  hollari  uchraydi.  Quyida  keltirilgan 

Download 1,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish