Geografiya 10 sinf 2017. indd


-§. GEOGRAFIK QOBIQ VA UNING



Download 1,96 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/140
Sana18.01.2022
Hajmi1,96 Mb.
#386889
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   140
Bog'liq
Geografiya o‘rta ta’lim muassasalarining 10-sinfi va o‘rta maxsu (1)

 
6-§. GEOGRAFIK QOBIQ VA UNING 
UMUMIY QONUNIYATLARI
Aziz  o‘quvchilar,  Siz  quyi  sinfl arda  geografi k  qobiq,  uning  chega-
ralari  va  xususiyatlari,  umumiy  qonuniyatlari  haqida  bilib  olgansiz.  Bu 
mavzuda  o‘sha  bilimlaringizni  yanada  chuqurlashtirasiz.
Yerning  ichki  va  tashqi  (koinot)  omillari  va  jarayonlari  yer  po‘stining 
yuza  qismida  to‘qnashib  va  o‘zaro  ta’sirlashib  sayyoramizning  boshqa 


25
hech  bir  qismida  uchramaydigan  o‘ziga  xos  tabiiy  tizim  –  geografi k 
qobiqni  vujudga  keltirgan.   
Geografi k  qobiqning 
mohiyati
  shundaki,  faqat  undagina  suv  uch  xil 
holatda  uchraydi,  hayvonlar  va  o‘simliklar  yashaydi,  tuproq  qoplami  ho-
sil  bo‘ladi,  turli  tog‘  jinslari  va  relyef  shakllari  vujudga  keladi,  quyosh 
energiyasi  to‘planadi  va  xususiyatlarini  o‘zgartiradi.  Eng  asosiysi,  hayot 
mavjud,  kishilik  jamiyati  faqat  shu  qobiqda  paydo  bo‘lib  yashamoqda 
va  rivojlanmoqda. 
Geografi k  qobiq  juda  murakkab  tuzilgan  bo‘lib,  unda  3 
tarkibiy tu-
zilish darajalari ajratiladi

geokomponentli, geosferali, geotizimli.
Geokomponentli
  eng  sodda  tuzilish  darajasi.  Geokomponentlar  yer 
yuzidagi  bir  xil  holatdagi  (qattiq,  suyuq,  gazsimon)  moddalardir.  Bular 
tog‘  jinslari,  tuproq,  suv,  havo,  o‘simlik  va  hayvonlar.
Geosferali
  tuzilish  bitta  geokomponentdan  tashkil  topgan  geosferalar-
dan  iborat.  Geosferalar  geografi k  qobiqning  vertikal  tuzilishini  belgi-
laydi,  ular  solishtirma  og‘irligi  bo‘yicha  vertikal  tabaqalanib  joylash-
gan:  litosfera,  gidrosfera,  atmosfera  va  biosfera.  Litosfera,  gidrosfera 
va  atmosfera  deyarli  bir  xil  moddalardan  tarkib  topgan  va  uzluksiz, 
yaxlit  qobiqni  hosil  qiladi.  Biosfera  esa  tirik  moddalar  tarqalgan  qobiq 
bo‘lib,  yaxlit  qobiq  hosil  qilmaydi.  U  boshqa  qobiqlar  tarkibiga  kiradi 
va  yuqorida  aytilgan  qobiqlarning  tutashgan  joyida  yupqa  qatlamni  ho-
sil  qiladi.         
Geotizimli
  tuzilish  geografi k  qobiqning  gorizontal  tuzilishini  ifoda-
laydi.  Geotizimlar  barcha  komponentlarni  qamrab  olib,  ularning  o‘za-
ro  ta’sir  va  aloqalaridan  hosil  bo‘lgan  murakkab  tizimlardir.  Bu  haqda 
9-mavzuda  to‘liqroq  ma’lumot  beriladi. 
Geografi k  qobiqning 
chegaralari
  haqida  quyi  sinfl ardan  bilasiz. 
Geografi k  qobiqning  o‘lchamlari,  pastki  va  yuqori  chegaralari  haqida 
turli  olimlarning  fi krlari  turlicha.  Uning  chegarasini  barcha  geokompo-
nentlar  o‘zaro  ta’sirda  bo‘ladigan  va  geografi k  qonuniyatlar  namoyon 
bo‘ladigan  yuzadan,  sathdan  o‘tkaziladi.  Bu  chegara  Yer  yuzining  turli 
qismlarida  har  xil  qalinlikka  ega. 
Geografi k  qobiq  uni  tashkil  qiluvchi  qobiqlardan  ko‘p 
xususiyatlari-
ga ko‘ra farq qiladi
,  ulardan  asosiylari  quyidagilardan  iborat:
1.  Geografi k  qobiq  moddiy  tarkibi  va  tuzilishining  xilma-xilligi. 
Geografi k  qobiqda  moddalar  uch  xil,  ya’ni  qattiq,  suyuq  va  gazsimon 
holatda  uchraydi.  Ularning  fi zik  va  kimyoviy  xususiyatlari  turlicha  va 


26
o‘zgaruvchan.  Moddalarning  tuzilishiga  ko‘ra,  organik,  noorganik  va 
aralash  turlari  ajratiladi.
2.  Geografi k  qobiqda  energiyaning  turli  xillari  uchraydi.  Quyosh 
ener giyasi  kimyoviy  jarayonlar,  issiqlik  va  mexanik  energiyaga  aylana-
di.
3.  Geografi k  qobiqda  issiqlikning  o‘zgarishi  va  to‘planishi.  Geografi k 
qobiqqa  issiqlik  koinotdan  va  Yerning  ichki  qismidan  keladi.  Ushbu  is-
siqlikning  bir  qismi  organik  moddalarda  va  ularning  qoldiqlarida  to‘pla-
nadi  (ko‘mir,  gaz,  neft,  torf  va  h.k.)
4.  Geografi k  qobiqda  uni  tashkil  etuvchi  komponentlar  va  geosfera-
larning  o‘zaro  ta’siri  va  aloqalari  natijasida  sifat  jihatidan  yangi  hosi-
lalar  –  geotizimlar  vujudga  kelgan.
5.  Geografi k  qobiqda  hayotning  mavjudligi.  Tirik  organizmlar,  jum-
ladan  inson  uchun  faqat  shu  yerdagina  qulay  muhit  mavjud. 
6.  Geografi k  qobiq  o‘ziga  xos  qonuniyatlar  asosida  rivojlanadi. 
Geografi k  qobiqning  bir  nechta 
qonuniyatlari
  mavjud  bo‘lib,  eng 
asosiylari: 
bir butunlik, zonallik, azonallik, modda va energiyaning 
aylanma harakati, ritmiklik.
  Geografi k  qobiqdagi  zonallik  va  azonallik 
qonuniyatlari  bilan  7-mavzuda  tanishasiz.   

Download 1,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish