Geografiya 10 sinf 2017. indd


Sharqiy  Yevropa  davlatlari



Download 1,96 Mb.
Pdf ko'rish
bet94/140
Sana18.01.2022
Hajmi1,96 Mb.
#386889
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   140
Bog'liq
Geografiya o‘rta ta’lim muassasalarining 10-sinfi va o‘rta maxsu (1)

Sharqiy  Yevropa  davlatlari.
 Bu 
subregionga  qit’ada  joylashgan  sobiq 
Ittifoqdosh  respublikalar  (Rossiya  Fe-
deratsiyasi,  Ukraina,  Belarus,  Moldova) 
hamda  sobiq  sotsialistik  mamlakatlar 
(Polsha,  Chexiya,  Slovakiya,  Vengriya, 
Ruminiya,  Bolgariya,  Sloveniya,  Ser-
13-rasm

Venetsiya – Italiyaning eng 
go‘zal shaharlaridan biri


99
biya,  Xorvatiya,  Bosniya  va  Gersegovina,  Chernogoriya,  Makedoniya, 
Albaniya)  kiradi.  Bu  mamlakatlarning  muhim  umumiy  jihatlaridan  biri 
o‘tish  iqtisodiyotidagi  davlatlar  blokiga  mansubligidir.  Yettita  davlati  – 
Belarus,  Chexiya,  Slovakiya,  Vengriya,  Moldova,  Serbiya,  Makedoniya 
–  dengizga  chiqish  imkoniyatiga  ega  emas.  Bolgariya,  Albaniya,  Make-
doniya,  Serbiya,  Bosniya  va  Gersegovina,  Xorvatiya,  Chernogoriya 
davlatlari  Bolqon  yarimorolida  joylashganligi  bois  odatda  Bolqon  mam-
lakatlari  deb  nomlanadi.
Sharqiy  Yevropaning  siyosiy  xaritasida  o‘tgan  asrning  oxirida  jid-
diy  o‘zgarishlar  ro‘y  berdi.  Sovet  Ittifoqi  tarqalib  ketganligi  natijasida 
Rossiya,  Ukraina,  Belarus  va  Moldova  davlatlari  tashkil  topdi.  Yugo-
slaviya  Sotsialistik  Federativ  respublikasining  parchalanishi  chog‘ida  bi-
rin-ketin  Sloveniya,  Xorvatiya,  Bosniya  va  Gersegovina,  Makedoniya, 
Chernogoriya,  Serbiya  kabi  davlatlar  mustaqilligini  e’lon  qildi.  Chexiya 
va  Slovakiya  respublikalari  Chexoslovakiya  davlati  tarkibidan  ajralib 
chiqdi.  Jahon  hamjamiyati  tomonidan  to‘laligicha  tan  olingan  oxirgi  si-
yosiy-geografi k  o‘zgarish  2006-yildagi  Serbiya  va  Chernogoriya  fede-
ratsiyasining  tarqalishi  bo‘ldi.  Ahamiyatlisi  shundaki,  Bolqon  yarimo-
rolidagi  ayrim  davlatlarning  mustaqillikka  erishish  jarayoni  tinch  rav-
ishda  kechmasdan,  harbiy  ziddiyat,  millatlararo  va  dinlararo  fuqarolik 
urushlarni  keltirib  chiqardi.  Bunday  urushlarning  eng  qonlilari  Bosniya 
va  Gersegovina  hamda  Xorvatiya  davlatlarida  1992–1995-yillarda  so-
dir  bo‘ldi.  Sobiq  Yugoslaviya  hududida,  xususan  Serbiya  va  Make-
doniya  davlatlarida,  geosiyosiy  vaziyat  haligacha  to‘liq  barqarorlash-
gani  yo‘q.  Sharqiy  Yevropa  subregionining  yana  bir  xususiyati  bironta 
ham  monarxiya  davlati  yo‘qligidan  iborat.  Rossiya  hamda  Bosniya  va 
Gersegovina  hududiy-davlat  tuzilish  jihatidan  federativ,  boshqa  davlatlar 
esa  unitar  tuzilishga  ega.
Subregion  hududi  asosan,  ulkan  Sharqiy  Yevropa  tekisligidan  iborat 
bo‘lsada,  yirik  tog‘  tizimlari  ham  mavjud.  Tog‘lar  Chexiya,  Slovakiya, 
Ruminiya,  Albaniya  va  sobiq  Yugoslaviya  davlatlari  hududining  katta 
qismini  egallaydi.  Foydali  qazilmalardan  neft  va  tabiiy  gaz  (Rossiya, 
Ruminiya),  tosh  va  qo‘ng‘ir  ko‘mir  (Ukraina,  Rossiya,  Polsha,  Chexiya, 
Slovakiya,  Serbiya),  temir  rudalari  (Rossiya,  Ukraina,  Polsha),  rangli 
metallar  (Albaniya,  Serbiya,  Bosniya  va  Gersegovina,  Ruminiya),  ka-
liy  tuzlari  (Belarus,  Rossiya),  torf  (Belarus,  Rossiya)  zaxiralarini  alo-
hida  ko‘rsatib  o‘tish  mumkin.  Sharqiy  Yevropaning  tog‘li  mamlakatlari 
gidroenergiya  resurslariga  boy  bo‘lib,  ulardan  samarali  ravishda  foyda-
lanilmoqda.  Shuning  uchun  ham  Slovakiya,  Bosniya  va  Gersegovina, 


100
Ruminiya,  Albaniyaning  energetika  balan-
sida  GES  ulushi  yuqori. 
Aholi  daryo  vodiylari,  dengiz  bo‘ylarida 
hamda  yirik  sanoat  rayonlarida  zich  joylash-
gan.  Urbanizatsiya  darajasi,  Moldova,  Bos-
niya  va  Gersegovina  hamda  Sloveniyadan 
tashqari,  50  foizdan  yuqori,  ayrim  davlat-
larda  esa  70  foizdan  ham  ortib  ketadi.  Le-
kin  o‘rtacha  olganda,  boshqa  subregionlarga 
nisbatan  Sharqiy  Yevropaning  shaharlashuv  darajasi  biroz  pastroq.  Eng 
yirik  shahar  aglomeratsiyalari  Moskva,  Sankt-Peterburg,  Praga,  Kiyev, 
Budapesht  negizida  (14-rasm),  Ukrainadagi  Donetsk-Dneprbo‘yi  va  Pol-
shadagi  Sileziya  sanoat  rayonlarida,  Rossiya  hamda  Bolgariyaning  Qora 
dengizbo‘yi  sohillarida  shakllangan.
Sharqiy  Yevropa  davlatlarida  oxirgi  yillarda  shakllangan  demografi k 
vaziyat  inqirozli  ko‘rinishga  ega  bo‘lib,  tug‘ilishning  o‘lim  darajasidan 
pasayib  ketganligi  bilan  tavsifl anadi.  Shuning  uchun  ham  Sharqiy  Yev-
ropadagi  aksariyat  mamlakatlar  aholi  soni  tez  sur’atlar  bilan  kamayib 
borayotgan  davlatlar  qatoriga  kiradi.  Aholining  milliy  tarkibida  slavyan 
xalqlari  yetakchilik  qiladi.  Slavyan  xalqlari  guruhiga  rus,  ukrain,  belar-
us,  polyak,  bolgar,  serb,  xorvat,  chex,  slovak,  bosniyalik,  sloven,  make-
doniyalik,  chernogoriyaliklar  kiradi. 
Sharqiy  Yevropa  mamlakatlarining  ijtimoiy-iqtisodiy  darajasi  bir-biri-
dan  ancha  farq  qiladi.  Garchi  bu  yerdagi  hamma  mamlakatlar  o‘tish 
iqtisodiyotidagi  davlatlar  safi ga  kiritilgan  bo‘lsada,  Sloveniya,  Chexi-
ya,  Vengriya,  Slovakiya,  Xorvatiya,  Polsha  kabi  davlatlarning  aksariyat 
iqtisodiy  ko‘rsatkichlari  Yevropadagi  rivojlangan  davlatlar  pog‘onasiga 
yaqinlashgan  bo‘lsa,  Albaniya,  Makedoniya,  Moldovaning  ijtimoiy-iqti-
sodiy  ko‘rsatkichlari  birmuncha  past  bo‘lib,  ko‘proq  rivojlanayotgan 
mamlakatlarning  darajasiga  tortadi. 
Sharqiy  Yevropa  mamlakatlarining  xalqaro  ixtisoslashuvi  asosan  ko‘p 
tarmoqli sanoat, jumladan, yoqilg‘i-energetika (Rossiya, Polsha, Chexiya, 
Ruminiya),  qora  metallurgiya  (Rossiya,  Ukraina,  Polsha,  Serbiya,  Cher-
nogoriya),  rangli  metallurgiya  (Serbiya,  Chernogoriya, Albaniya),  kimyo 
(Rossiya,  Belarus,  Ukraina,  Polsha),  mashinasozlik  (Rossiya,  Ukraina, 
Belarus,  Polsha,  Chexiya,  Slovakiya,  Vengriya,  Sloveniya),  yengil  sano-
ati  (Rossiya,  Polsha,  Chexiya),  oziq-ovqat  (Chexiya,  Ukraina,  Bolgari-
ya,  Serbiya,  Ruminiya,  Makedoniya,  Moldova)  ishlab  chiqa rishlari  bilan 
belgilanadi.  Ba’zi  davlatlar  dehqonchilik  va  chorvachilik  mahsulotlari ning 

Download 1,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish