Geografiya 10 sinf 2017. indd



Download 1,96 Mb.
Pdf ko'rish
bet97/140
Sana18.01.2022
Hajmi1,96 Mb.
#386889
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   140
Bog'liq
Geografiya o‘rta ta’lim muassasalarining 10-sinfi va o‘rta maxsu (1)

15-rasm.
 
Lotin Amerikasi 
mamlakatlarining davlat tillari


105
la  bilan  Meksikada  yuqori  darajada  rivojlangan.  Shuningdek,  Ekvador, 
Boliviya  davlatlarida  ham  neft-gaz  sanoati  rivojlanib  bormoqda.  Oxirgi 
yillarda  Lotin  Amerikasi  mamlakatlarining  umumiy  eksporti  tarkibida 
neft  va  neft  mahsulotlari  ulushi  20  foizdan  ko‘proq  bo‘lmoq da.  Lotin 
Amerikasi  mamlakatlariga  jahon  yoqilg‘i  eksporti  umumiy  hajmining  8 
foizga  yaqin  qismi  to‘g‘ri  keladi.
Mintaqa  mamlakatlarida  konchilik  va  metallurgiya  sanoati  ham  yax-
shi  rivojlangan.  Braziliya  jahon  mamlakatlari  orasida  temir  rudani  qa-
zish  va  eksport  qilish  bo‘yicha  yetakchi  o‘rinlardan  birini  egallaydi. 
Shuningdek,  Braziliya  marganes,  alyuminiy,  mis,  uran  rudalarini  qa-
zib  olishga  ham  ixtisoslashgan.  Juda  yirik  GESlarning  qurilishi  hiso-
biga  Braziliyadagi  metallurgiya  korxonalari  arzon  elektrenergiyasi  bilan 
ta’minlandi  va  bu  ishlab  chiqarish  tarmog‘i  mamlakatda  tobora  rivoj-
lanmoqda.  Lotin  Amerikasi  metallurgiya  sanoati  mahsulotlari  umumiy 
eksportining  eng  katta  qismi  misga  to‘g‘ri  keladi.  Bu  metallni  qazish 
va  eritish  sanoati,  ayniqsa,  Chili  va  Peru  uchun  katta  iqtisodiy  ahami-
yatga  ega.  Boliviyada  qalay,  surma,  kumush  va  turli  nodir  metallarning 
qazish  sanoati  yaxshi  rivojlanib,  mamlakatning  xalqaro  ixtisoslashuvi-
ni  ko‘p  jihatidan  belgilaydi.  Kuba  esa  dunyo  bo‘yicha  nikel  va  kobalt 
metallarini  ishlab  chiqarishda  yetakchi  mamlakatlar  qatorida  joy  olgan.
Mashinasozlik  sanoati,  asosan,  Braziliya,  Meksika  va  Argentinada 
yaxshi  rivojlangan  bo‘lib,  jahon  xo‘jaligi  miqyosida  ko‘proq  avtomo-
bilsozlik,  elektronika  va  elektrotexnika  tarmoqlariga  ixtisoslashgan.  Bu 
mamlakatlar  uchun  yengil  avtomobillar  eng  asosiy    eksportbop  mah-
sulotga  aylangan.  Lotin  Amerikasining  eng  yirik  davlatlarida  mashi-
nasozlikning  yaxshi  rivojlanishi  uchun  metallurgiya  bazasining  yaxshi 
rivojlanganligi,  arzon  va  nisbatan  malakali  ishchi  kuchi,  yirik  ichki  bo-
zorining  mavjudligi,  rivojlangan  davlatlar,  eng  avvalo,  AQSHning  yirik 
korporatsiyalari  bilan  hamkorligi  muhim  sanaladi. 
Qishloq  xo‘jaligi  ham  Lotin  Amerikasi  mamlakatlarning  xalqaro 
ixtisoslashuvini  ko‘p  jihatdan  belgilaydi.  Shakarqamish,  kofe,  banan, 
kakao,  soya  va  paxta  yetishtirish  Lotin  Amerikasi  mamlakatlari  qish-
loq  xo‘jaligining  eksportga  yo‘naltirilgan  eng  muhim  tarmoqlari  hi-
soblanadi.  Shakarqamish  ko‘proq  Vest-Indiya  orollari  hamda  Janubiy 
Amerikaning  shimoliy  hududlarida  issiq  va  fasliy  nam  iqlim  sharoi-
tida  yetishtiriladi.  Ayniqsa,  Braziliya  va  Kuba  iqtisodiyoti  uchun  sha-
karqamish  yetishtirish  va  eksport  qilish  juda  katta  ahamiyatga  ega.  Bu 
ikki  davlat  shakar  eksporti  bo‘yicha  dunyo  bo‘yicha  yetakchi  o‘rinlar-
ni  egallaydi. 


106
Kofe  eksporti  bo‘yicha  jahonda 
Braziliya  yetakchilik  qiladi.  Braziliya 
yassitog‘ligining  janubi-sharqiy  yon-
bag‘irlarida  kofe  plantatsiyalari  katta 
maydon  egallaydi  (16-rasm).  Meksika 
qo‘ltig‘i  va  Karib  dengiziga  ro‘pa-
ra  bo‘lib  turgan  Meksika,  Markaziy 
Amerika  davlatlari  va  Kolumbiyaning 
tog‘  oldi  (500–1500  m)  hududlarida 
ham  kofe  yetishtirishga  ixtisoslashgan 
yirik  qishloq  xo‘jalik  rayonlari  shakl-
langan.  Bu  yerda  yetishtiriladigan  “arabika”  navli  kofe  jahon  bo‘yicha 
eng  sifatli  va  qimmatbaho  hisoblanadi. 
Banan  Lotin  Amerikasiga  Osiyodan  olib  kelinib,  o‘tgan  asrning 
boshida  Markaziy Amerika  davlatlarida  eng  asosiy  qishloq  xo‘jalik  e ki-
niga  aylandi.  Hozirgi  kunda  Braziliya,  Ekvador,  Kosta-Rika,  Meksika, 
Kolumbiya  eng  ko‘p  banan  yetishtiradi,  bananlarni  eksport  qilishda  esa 
Ekvador  va  Kosta-Rika  peshqadamlik  qiladilar.  Banan  plantatsiyalari 
ko‘proq  Tinch  okeani  qirg‘oqlarida  joylashgan. 
Soya  yetishtirish  va  eksport  qilish  bo‘yicha  Lotin  Amerikasi  davlat-
lari  ichida  Braziliya,  Paragvay  va  Argentina,  kakao  Braziliya,  Ekvador 
va  Dominikana  Respublikasida,  paxta  esa  Braziliya,  Paragvay,  Meksika 
va  Argentina  tomonidan  ko‘p  eksport  qilinadi.
Lotin Amerikasining  yana  bir  yirik  qishloq  xo‘jalik  rayoni  – Argenti-
nadagi  Pampa  deb  ataladigan  dasht  yerlaridir. Argentina  Pampasi  uchun 
tekis  relyef,  issiq  va  nam  subtropik  iqlim,  serhosil  qora  tuproq  xosli-
gi  bois,  bu  hudud  donchilik  va  go‘sht  chorvachiligi  uchun  juda  qulay 
sharoitga  ega.  Shu  rayondagi  fermer  xo‘jaliklarining  hisobiga  Argenti-
na  bug‘doy,  makkajo‘xori  va  go‘shtning  jahon  bo‘yicha  yetakchi  eks-
portyorlaridan  biriga  aylangan. 
Xalqaro  dengiz  transport  tizimida  alohida  o‘rin  tutadigan  Panama 
kanali    ikkita  materik,  ya’ni  Shimoliy  va  Janubiy Amerikada  joylashgan 
Panama  davlati  hududidan  o‘tadi.  Bu  kanal  Atlantika  okeani  havzasiga 
tegishli  Karib  dengizi  bilan  Tinch  okeanini  tutashtiradigan,  eng  serqat-
nov  dengiz  yo‘llardan  biri  hisoblanadi.  Panama  davlati,  o‘z  navbatida, 
dengiz  kompaniyalari  uchun  past  stavkadagi  soliqlarni  joriy  qilib,  ja-
hon  bo‘yicha  eng  katta  dengiz  fl otiga  ega  mamlakatga  aylandi.  Bunga, 
asosan,  xorijiy  transport  kompaniyalarning  rasman  Panamada  ro‘yxat-
dan  o‘tganligi  hisobiga  erishilgan.

Download 1,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish