66
Uchinchidan,
inson va tabiat Yer sayyorasida juda uz-
viy bog‘langan va o‘zaro kuchli ta’sir doirasida turadi. Aynan
o‘zaro ta’sir doirasida, chunki insonning tabiatga bo‘lgan har
qanday ta’siri (xoh u ijobiy yoki salbiy ko‘rinishda namoyon
bo‘lsin) oxir
-
oqibatda insonning o‘ziga aks sado bo‘lib qayta-
di (yo rahmatini yog‘diradi, yo o‘chini oladi).
Buni anglagan
ibtidoiy insonlar va ularning jamoasi tabiatni bir bo‘lagi sifa-
tida, uning «bag‘ri»da yashab kelganlar.
Zardushtiylarning muqaddas «Avesto» kitobining Van-
didod qismida
10
tabiat unsurlari
–
yer, suv, havo va olovni
ajdodlarimiz xudo deb bilganlari haqidagi ma’lumotlar bayon
etilgan. Yer va olov xudosi
–
«Mitra»ga insonlar sig‘inishgan.
Ularni ilohiy kuch deb bilishgan va ularga yetkazilgan zarar
uchun, hattoki, o‘lim jazosini qo‘llashgan.
Suvni iflos qilish
oliy tangriga qilingan xuruj deb qaralgan. Tabiatga nisbatan
bunday dunyoqarashlar zardushtiylar dinining asosini tashkil
qilgan va unda zikr etilgan qadimiy axloq-odob qoidalari shu
davrdagi 16 ta davlat hududida amal qilgan.
Aksincha, sobiq Ittifoq davrida Markaziy Osiyo hududini
xomashyo va ayniqsa, paxta yetishtirish
bazasi qilib olinishi
«Orol muammosi»ni yuzaga keltirdi. Insonlar esa ushbu
ekologik inqirozli hududlardan ko‘cha boshladilar. Chunki
atrof tabiiy muhitning inqirozli darajada buzilishi aholi
o‘rtasidagi barcha munosabatlarga o‘zining salbiy ta’sirini
o‘tkazmoqda. Kishilarning bexavotir va sog‘lom yashashlari
qiyinlashmoqda. Mintaqaning ekologik xavfsizligi va barqaror
rivojlanishiga jiddiy putur yetkazilmoqda.
Xullas, tabiat, inson, jamiyat,
davlat va hamjamiyat
munosabatlarining o‘zaro uzviy aloqadorligi atrof-muhit holati
va inson salomatligida aks etadi. Hozirgi zamonda ushbu
holat ko‘proq tabiatga emas, balki inson, jamiyat, davlat
va
hamjamiyat faoliyatiga, to‘g‘rirog‘i ularning birgalikdagi
ezgu maqsadlarining ijrosiga bog‘liq. Biz, insonlar, tabiatdan
10
Avesto.
Asqar Mahkam tarjimasi.– T.: «Sharq», 2001.– 384 b.
67
ajralgan tarzda yashay olmas ekanmiz, uning ajralmas bir
bo‘lagi sifatida o‘zimizni his etib hayot kechirishimiz lozim.
Ekologik xavfsizlik va barqaror rivojlanishni ta’minlash esa
barchamizning muqaddas burchimizdir.
Nima uchun biz tabiat va inson munosabatlarida
ekologik
xavfsizlikning geoekologik jihatlarini alohida fan, ta’lim va
amaliyot sifatida ko‘rib chiqamiz? Bunga quyidagi holatlar
sababchidir:
Mazkur o‘quv qo‘llanmaning 1-bobida «Geoekologiya»
muayyan geotizimlarda antropogen ta’siri natijasida ekologik
xavfsizlikni ta’minlashni bosh maqsad qilib oldik. Shunday
ekan, tabiat va inson munosabati bizning bosh mezonimizga
to‘g‘ri keladi.
Globallashuv sharoitida insonlarning tabiatga bo‘lgan ta’siri
ma’muriy chegaralarga bo‘ysunmay qo‘ydi. Uning oqibati
tabiiy majmualar doirasida aks etmoqda.
Mazkur tabiiy
chegaralar tabiiy geografik majmualarga, ya’ni geotizimlarga
juda mos keladi.
Kelajakda jamiyat, davlat va hamjamiyatning strategik
va taktik dasturlar, moliyaviy-moddiy resusrlari muayyan
davlat miqyosida emas, balki ekologik xavfi yuqori bo‘lgan
tabiiy tizimlar (dengiz bo‘yi; orollar; tog‘li o‘lkalar;
inqirozli
hududlar, suv akvatoriyalari va havo kengliklari; ko‘llar
majmuasi kabilar) doirasida rejalashtirilmoqda. Bu esa geoeko-
logiyaning istiqbolli maqsadlariga mos tushadi va h.k.
Do'stlaringiz bilan baham: