Geoekologiya asoslari va tabiatdan foydalanish



Download 1,08 Mb.
Pdf ko'rish
bet42/78
Sana14.06.2022
Hajmi1,08 Mb.
#669854
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   78
Bog'liq
geoekologiya asoslari va tabiatdan foydalanish

Munosabat


inson yoki uning uyushgan qismining atrof olamga 
bo‘lgan dunyoqarashi va amaliy harakati.
Insonlarning, to‘g‘rirog‘i 
fuqarolarning, muayyan ma’muriy 
hududda uyushgan qismi
, ya’ni 
davlat
orqali salbiy yoki ijobiy 
jarayonlarga huquq orqali ta’sir etishi tabiatni, xususan, atrof 
tabiiy muhitni, jumladan, geotizimlarni keskin o‘zgartirib 
yuborishi muqarrardir. Lekin atrof tabiiy muhitning ma’lum 
bir mamlakatda, salbiy yoki ijobiy o‘zgarishi hozirgi ilmiy-
texnik inqilob davrida, albatta, o‘zga davlat yoki davlatlarga, 
ya’ni 
hamjamiyat
ga bevosita bog‘liqligi isbot talab etmaydi. 
Buni Chernobil AES falokatining global miqyosdagi atrof-
muhitga bo‘lgan salbiy yoki Janubiy Amerikadagi Amazonka 
daryo havzasidagi tropik o‘rmonzorlarning Yer sayyorasi 
atmosfera havosiga ijobiy ta’sirlarini misol qilib ko‘rsatish 
mumkin. Xullas, inson, jamiyat, davlat va hamjamiyat o‘zaro 


64
uzviy bog‘langan, biri ikkinchisidan, ikkinchisi uchinchisidan, 
uchinchisi to‘rtinchisidan yoki aksincha kelib chiqadigan 
kishilik jamiyatining turli shakllaridir. Ular doimo atrof tabiiy 
muhit bilan uzviy bog‘langan.
Yana bir atamaga o‘quv qo‘llanmada aniqlik kiritib 
olishimizga to‘g‘ri keladi. Insonlarni o‘rab turuvchi tabiat turli 
adabiyotlarda, ommaviy axborot vositalarida turlicha

«atrof-
muhit», «atrof tabiiy muhit», «insonlarni o‘rab turuvchi muhit», 
«insonlarning yashash muhiti»,
deb ataladi. Xo‘sh, qaysi bir 
ibora ilmiy-amaliy nuqtayi nazardan to‘g‘ri? Albatta, yuqorida 
nomlari keltirilgan iboralar turlicha ishlatilishi tabiiy hol. 
Chunki har bir muallif o‘zining ixtisosligi, yozma asarining 
kimlarga bag‘ishlanganligi va hattoki, uning kasbiy mahorati 
hamda ilmiy darajasiga qarab mazkur iboralarni turlicha ifoda 
etishi mumkin. Nima bo‘lganda ham biz ushbu iboralarga 
ilmiy izoh berishga harakat qilamiz.
Uyg‘unlik

insonlarni tabiat va jamiyat qonuniyatlarining o‘zaro mu-
vofiqlashtirgan tarzda faoliyat olib borishga yo‘naltirilgan hayot tarzi.
Birinchidan,
agar yoritilayotgan masala insonlarning tabi-
atga nisbatan yo‘naltirilgan munosabat shakllariga qaratilgan 
bo‘lsa

atrof tabiiy muhit so‘zlar birikmasini ishlatish maqsad-
ga muvofiq. Chunki insonlarni nafaqat tabiiy, balki ijtimoiy, 
iqtisodiy, psixologik, siyosiy, ma’naviy-ma’rifiy, huquqiy va 
shunga o‘xshash turli muhitlar o‘rab turadi. Ushbu muhit-
lardan tabiiysini ajratib olish maqsadida biz uni 

Download 1,08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish