Stvorli kesishtirish usuli. Inshoot o‘qini rejalashda yoki yer osti kommunikatsiyalarini olib o‘tish vaqtida o‘qni to‘g‘ri burchakli qilib o‘tish yoki yo‘qolgan nuqtani eski holatiga topib qo‘yish hollari ro‘y bergan vaqtda kesishtirish usuli qo‘llaniladi. E nuqta holati (159- g rasm) inshootning qarama-qarshi tomo- nidagi A, B va F nuqtalarning mustahkamlanganligini ikkita stvor (o‘q) orqali kesishgan joyini aniqlaydi. Stvor chizig‘ini doimo teodolit bilan hosil qilinadi. Vizirlashni to‘siqlarga moslashtirilgan holda asbobni to‘g‘ri o‘rnatish talab qilinadi. Belgilangan stvor chiziq bo‘yicha teodolit bilan chiziqni vizirlab, perpendikulyar hosil qilish uchun teodolitni nihoyatda to‘g‘ri va aniq qilib o‘rnatish lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |