Chiziqli shartli belgilar bilan uzunligi karta masshtabida ifodalanadigan va uzunasiga davom etgan ob’ektlar-daryo, ko’l va dengizlarning qirg’oq chiziqlari, siyosiy-ma’muriy chegaralar, yo’llar, telefon hamda telegraf liniyalari va boshqa shu kabi chiziqli ob’ektlar tasvirlanadi (1.2.5-rasm).
1.2. 5-rasm. Chiziqli shartli belgilar
Asosiy kartografik usullar bo’lib quyidagilar hisoblanadi: belgilar, chiziqli belgilar, izoliniyalar (teng chiziqlar), sifatli va miqdorli ranglar fonlar joylashtirilgan diagrammalar, nuqtalar, areallar, harakatdagi belgilar (vektorlar), kartodiagrammalar va kartogrammalar. Kartografik belgilar shakli, kattaligi, xolati, ranggi va sturukturasi bilan bir-birlaridan farq qiladilar. Kartadagi barcha voqea va hodisalar belgilar bilan ko’rsatiladi.
II. BOB. KARTOGRAFIK BELGILARNI BIRGA QO’LLASH USULLARI.
2.1. Kartografik tasvirlash usullari.
Kartografiya fanini rivojlanishi bilan bir qatorda kartografik adabiyotlarni ham nashr qilish kengayib bormoqda. Sobiq Ittifoq davrida oylik geografiya bo‘yicha referativ jurnal chop etilib, unda maxsus “Kartografiyaga” ajratilgan bo‘limi mavjud bo‘lib, oyiga 150-200 tagacha kartografiyaga tegishli maqola va kitoblar to‘g‘risida ma’lumot berilar edi. 1964 yildan boshlab har 2 yilda “Kartografiya” bo‘yicha fan va texnika jamlamasi chop etilib, 15 dan ortiq kitob shaklida bosilib chiqqan. Chet elda chop etilayotgan kartografik adabiyotlar to‘g‘risida har oyda chop etiladigan “Kartografik kutubxona" jurnali orqali ma’lumot olish mumkin. Yirik mamlakatlar o‘zlarining maxsus karta saqlagichlariga ega bo‘lib keng ammo uchun mo‘ljallangan. Masalan, AQSH ning Kongress kutubxonasida 3.5 mln. karta va 35 mingdan ko‘p atlas saqlanadi. Parijdagi Milliy kutubxonasida 2 mln dan ortiq karta va atlaslar saqlanmoqda.
2.1. 1-rasm. Kartografik tasvirlash usullari
Belgilar usulida voqea - hodisalarning geografik o’rni, miqdori va sifati ko’rsatilib, ular geometrik, badiiy, xarfli va ko’rgazmali bo’ladi. Bir joyga tegishli diagrammalar usuli, bu usulda tuzilgan kartalarda tasvirlangan voqea va hodisalar absolyut va nisbiy miqdorlarda ko’rsatilishi mumkin. Areallar usuli kartografiyada keng ishlatiadi (lotincha “area” maydon, makon, hudud degan ma’noni anglatadi). Areallar usuli bilan tuzilgan kartalar ham umumgeografik, ham mavzuli kartalardir.
Kartalarda voqea – hodisalar sifat belgilarining rang yoki shtrix chiziqlar bilan tasvirlanishi sifatli rang usuli deb yuritiladi. Bu usul maydonlarni bir xil xususiyatlariga ko’ra bir – biridan farq qilishga asoslangan. Sifatli rang usulida ko’rsatkichlar rang bilan tasvirlansa, miqdorli rang usulida asosini miqdor tashkil qiladi. Miqdor ko’rsatkichlari hudud bo’yicha tarqalgan bo’lishi mumkin. Teng chiziq (izoliniya) lar usuli bilan voqea va hodisalarning miqdor ko’rsatkichlari tasvirlanadi. Iqlim va ob-havo kartalari shu usulda tuziladi. Ushbu usuldan voqea-hodisalarning geografik tarqalishini statistik ma’lumotlar asosida tasvirlashda foydalaniladi. Nuqtalar usulida miqdor va sifat ko’rsatkichlari nuqtalar yordamida tasvirlanadi. Nuqtalar usuli mavzuli kartalar tuzishda ko’p qo’llaniladi. Siyosiy–mamuriy va tabiiy chegarali hududlarda voqea – hodisalarning miqdor va sifat ko’rsatkichlari diagrammalar yordamida tasvirlanilsa, ushbu usul kartodiagramma usuli deyiladi. Kartodiagramma statistik usul hisoblanib, u bilan turli kartalarni (tabiiy, ijtimoiy-iqtisodiy, qishloq xo’jaligi) tuzish mumkin. Kartogramma usuli, ushbu usul muayyan (asosan, ma’muriy chegara doirasidagi) voqea va hodisalarni nisbiy miqdorda ko’rsatish usulidir. Kartalarda voqea va hodisalarning miqdor ko’rsatkichlari chiziqlar yo’g’onligi bilan, sifat ko’rsatkichlari esa rang yoki shtrixlar bilan tasvirlansa, bunday usul chiziqli belgilar usuli deb yuritiladi. Umumgeografik kartalarda chegaralar, daryolar, kanallar, temir yo’l va avtomobil yo’llari shu usulda ko’rsatiladi. Xarakatdagi chiziqlar usuli, ushbu usul voqea va hodisalarning xarakat yo’nalishining sifat ko’rsatkichlarini tasvirlashda qo’llaniladi. Bu usuldan ko’proq tabiiy, harbiy va tarixiy kartalarda foydalaniladi. Kartografik belgilarni o’z o’rnida xususiyatiga qarab, karta mazmuniga moslab tanlash kerak.
O‘zbekiston Respublikasida kartografik adabiyotlar, karta va atlaslar O‘zFA ning asosiy kutubxonasida Respublika davlat kutubxonasida va Mirzo Ulug’bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining asosiy kutubxonasida saqlanmoqda.
Kartografiya o‘z mahsuloti bilan turli sohalarni ta’minlab turadi. Shu bilan bir qatorda kartografik asarlar yaratishda ham turli xil manbalardan foydalaniladi. Bular quyidagilar:
- astronomiya va geodezik ma’lumotlar;
- umumgeografik kartalar (topografik kartalar);
- mavzuli kartalar;
- kadastrga tegishli karta va planlar;
- aero va kosmik suratlar.
- gidrometeorologik manbalar.
- ekologik ma’lumotlar;
- iqtisodiy-statistik ma’lumotlar;
- geografik va boshqa adabiyotlar;
- eskirib qolgan kartografik ma’lumotlar.
Kartografik asarlarning mavzusi va maqsadiga ko‘ra manbalar ham bo‘linishi mumkin: asosiy, qo‘shimcha va yordamchi. Masalan, qishloq, xo‘jalik kartalari uchun statistik ma’lumotlar kerak bo‘lsa, tuproq kartalari uchun dalada bevosita s’yomka yo‘li bilan olingan kartalardan foydalaniladi. Ba’zi kartalar uchun kosmik suratlardan foydalaniladi. Orol dengizi to‘g‘risidagi ma’lumot kosmik suratlardan foydalaniladi. Manbalar ham vaqtiga qarab, yangi va eskirib qolgan ma’lumotlarga bo‘linishi mumkin. Ba’zi kartalar tuzishda eskirgan ma’lumotlar zarur bo‘lib qoladi, ba’zida esa yangi ma’lumot talab qilinadi. Masalan, O‘zbekistonning iqtisodiy kartasini tuzishda eng yangi manbalardan foydalanilsa, tarixiy kartalarda eskirgan ma’lumotlardan foydalaniladi.
Kartografik manbalar foydalanishiga ko‘ra birlamchi va ikkilamchi bo‘lishi mumkin. Masalan, O‘zbekiston aholi kartasini tuzish uchun birlamchi manbadan foydalaniladi.
Ulardan foydalanishda masshtabiga, proetsiyasiga, kartalarni aniqligiga, to‘g‘riligiga, ilmiyligiga zamonaviyligiga, geometrik jihatdan aniqligiga, jihozlanishiga va nashr qilish usuliga e’tibor berilishi kerak.
Kartografik asarlarni tahlil va baholashda tuzilayotgan kartaning maqsadiga, foydalanishiga va ishlatish sohasiga qarash kerak. Buyuk geografik kashfiyotlar davrida kartografiya Yevropada ancha rivojlandi. Ayrim hududlarni boshqarish, savdo-sotiq ishlarni olib borish uchun maxsus kartalar tuzila boshlandi. G‘arbda XVI asr o‘rtalarida kompas yordamida oddiy o‘lchash usuli bilan olingan topografik planlar vujudga keldi. Rossiyada ham kartografiya XVI-XVII asrlarda birmuncha yo‘lga qo‘yila boshlandi. Rossiyada Pyotr I davrigacha karta-chertyojlar (chizmalar) deb yuritilar edi.
2.1. 2-rasm. Turkiston kartasi sxemasi.
Rossiyada Pyotr I davrigacha karta-chertyojlar (chizmalar) deb yuritilar edi. Dastlabki chertyojlar to‘plami Moskva va uning atrofiga bag‘ishlangan va 1553-yilda B.A.Ribakov tomonidan tayyorlangan. 1600-yilda «Moskva davlatining katta chertyoji» tayyorlandi. 1627-yilda bu asarni ikkinchi nashri chop etilib «Katta chizma kitobi» nomi bilan nashrdan chiqdi, unda mamlakat geografiyasi yangidan tasvirlangan. O‘sha davrda Rossiyada olib borilgan s’yomka ishlariga kartograf Ivan Kirilov rahbarlik qildi..
Shuni ta’kidlash kerakki Kartografiya fan sifatida XIX asrdan shakllana boshlandi, unga qadar u geografiya bilan birga o‘rganilib kelingan, lekin kartografiya fani shakllansada uning o‘rganish ob’ekti har xil talqin qilinar edi.
Masalan, rus geodezisti V.V.Vitkovskiy o‘z kitobida kartografiyani kartografik proyeksiyalar to‘g‘risidagi fan deb qaragan. O‘rta Osiyo hududlarini kartaga tushirishda rus geograf-sayohatchilarining xizmatlari ham katta bo‘lgan. O‘sha vaqtda Sibir yerlarining Rossiya tomonidan bosib olinishi va u yerlarni o‘zlashtirish uchun kartalar tuzish zaruriyatlari tug‘ildi. XVIII asrgacha Rossiyada ham kartografiya o‘z holicha davlat tassarrufidan tashqarida ish olib bordi. Shuning uchun bo‘lsa kerak, bu soha ancha sust rivojlandi.
2.1. 3-rasm. Dastlab yaratilgan kartografik xarita.
XVIII asr boshlarida kartografiyada yangi davr boshlandi desa bo‘ladi. Chunki kartografik ishlar ilmiy yo‘nalishlar asosida olib borila boshladi. XX asrning boshlarida O‘rta Osiyoda olib borilgan umumgeografik, geologik, geobotanik, iqlimiy va gidrologik tadqiqotlar o‘lkamiz kartografiyasini rivojlanishiga salmoqli hissa qo‘shdi. Yangi davr kartografiyasining asosiy yutuqlaridan bittasi yangi soha-kartografiyada tadqiqot usuli vujudga keldi, undan ayniqsa geografik tadqiqotlarda keng foydalanilmoqda, endilikda kartografik tadqiqot usuli oliy o’quv yurtlarida ham o’qitilib, o’rganilmoqda.
Respublikada kartografiya fanining ilmiy va o‘quv-uslubiy sohalariga bag‘ishlangan ilmiy asarlar yaratildi. Masalan, «O‘zbekistonda kompleks va tematik kartografiya» (1987), «O‘zbekistonda atlas kartografiyasi» (1990), «Kosmos xalq xizmatida» (1987) va boshqa monografiyalar, hamda o‘quv qo‘llanmalar: «Topografiya asoslari» (1964 y.), «Topografiya va kartografiya asoslari», «Geografik kartalardan foydalanish» va boshqalar shular jumlasidandir.
Do'stlaringiz bilan baham: |