I BOB ORIENTIRLASH HAQIDA MA’LUMOT
Joydagi biror chiziqning boshlang‘ich deb qabul qilingan chiziqqa nisbatan yo‘nalishini aniqlash - shu chiziqni orientirlash deyiladi.
Har qanday chiziqning yo‘nalishi, shu chiziq bilan boshlang‘ich yo‘nalish deb qabul qilingan chiziq orasida hosil bo‘lgan burchak yordamida aniqlanadi.
Orientirlash burchagi
Bu burchak orientirlash burchagi deb ataladi. Masalan: OX - boshlang‘ich yo‘nalish. OC chizig‘ining OX ga nisbatan yo‘nalishi a orientirlash burchagi yordamida aniqlanadi. Joydagi biror chiziq yo‘nalishini aniqlashda boshlang‘ich yo‘nalish deb geografik meridian qabul qilinsa, ular orasidagi orientirlash burchagiga - haqiqiy azimut, magnit meridian qabul qilinsa - magnit azimut o‘q yoki unga parallel bo‘lgan chiziq qabul qilinsa direksion burchak deyiladi.
Haqiqiy azimut, magnit azimut va direksion burchak boshlang‘ich yo‘nalishning shimol tomonidan boshlab soat strelkasi yo‘nalishi bo‘yicha 00 dan 360 gacha o‘lchanadi.
Am - OC chizig‘i magnit azimuti.
A OC chizig‘ining haqiqiy azimuti.
a - OC chizig‘ining direksion burchagi.
Haqiqiy azimut bilan magnit azimut bir-biridan 8 ga farq qiladi. - Bu burchak magnit strelkasining og‘ish burchagi deyiladi.
Haqiqiy azimut bilan direksion burchak bir-biridan у burchakka farq qiladi. Bu burchak - meridianlar yaqinlashish burchagi deyiladi.
Rumb - boshlang‘ich yo‘nalishning shimoliy va janubiy tomoni bilan, chiziq yo‘nalishi orasidagi burchakdir. Rumb 00 dan 90 о gacha o‘zgaradi (12-shakl).
Rumb burchakni qiymatini oldiga koordinata choragini nomi yoziladi. SHSHq, SHG‘, JSHQ, JG‘.
Yer yuzidagi har bir chiziqning to‘g‘ri va teskari orientirlash burchagi bo‘ladi.
MN chiziqning M nuqtadan boshlangan yo‘nalishi direksion burchagi - a - to‘g‘ri direksion burchak
N nuqtadan boshlangan yo‘nalishning direksion burchagi a' - teskari direksion burchak.
To‘g‘ri direksion burchak bilan teskari direksion burchak bir-biridan 1800 ga farq qiladi. a' =a± 1800.
Xuddi shunday rumb burchaklari ham to‘g‘ri va teskari bo‘ladi; r-to‘g‘rirumb burchak; r'-teskari rumb burchak; r va r' larni qiymatlari teng, faqat nomlari o‘zgaradi - ShShq - JG‘ bo‘ladi. JG‘ - ShShq- bo‘ladi. Meridianlar yaqinlashish burchagi
Agar A va B nuqtalardan o‘q meridianiga parallel chiziqlar o‘tkazsak +y va -y burchaklar hosil bo‘ladi. Bu burchaklar meridianlar yaqinlashish burchaklari bo‘ladi.
Geografik meridian bilan o‘q meridianiga parallel bo‘lgan chiziq orasidagi burchakka meridianlar yaqinlashish burchagi deyiladi.
y = AXx sinf
AX - o‘q meridian bilan berilgan nuqta meridiani geografik uzunliklarining ayirmasi.
F - berilgan nuqtaning geografik kengligi.
Absissa o‘qi - meridianlar sharq tomondan o‘tsa - meridianlar yaqinlashishi burchagi sharqiy bo‘ladi, ishorasi (+) bo‘ladi;
Absisa o‘qi meridianning g‘arb tomonidan o‘tsa - g‘arbiy bo‘ladi va ishorasi
(-) bo‘ladi.
Haqiqiy azimut bilan direksion burchak orasidagi munosabat.
Burchak у - meridianlar yaqinlashish burchagi;
A =a - у, A = a +
у Magnit strelkasining og‘ish burchagi
Geografik meridian bilan magnit meridian orasidagi burchak magnit strelkasining og‘ish burchagi deyiladi.
A - OC chizig‘ining haqiqiy azimuti.
Am - OC chizig‘ining magnit azimuti.
8- magnit strelkasining og‘ish burchagi bo‘ladi.
Magnit meridian geografik meridiandan sharqga og‘sa - sharqiy deyiladi va ishorasi (+) bo‘ladi.
Magnit meridian geografik meridiandan g‘arbga og‘sa - g‘arbiy bo‘ladi ishorasi (-); (16-shakl) sharqqa og‘sa A =Am + 8 g‘arbga og‘sa A =Am – 8
Do'stlaringiz bilan baham: |