Savol va topshiriqlar
1. Darslik matni va «Atlas»ning «Ekologik xarita» (9-bet) ma’lumotlaridan foyda-
lanib, atrof-muhitning ifloslanishida inson faoliyati (ishlab chiqarish)ning ta’siri va
ularning oqibatlarini o‘rganing, ekologik holat murakkab bo‘lgan hududlarni aniqlang
va tahlil qiling.
2. Tabiatni eng ko‘p qanday ishlab chiqarish tarmoqlari ifloslamoqda, ularning ko‘lami
qanday? Tabiatni muhofaza qilishning qanday muhim yo‘llari bor? Ular haqida so‘zlab
bering.
3. Nima uchun ekologik holatni yaxshilash uchun barcha davlatlar va umumjahon
tashkilotlarining bahamjihat harakatlari talab etiladi?
4. «Ekologik siyosat» nima va uni yurgizishdan qanday natijalar kutiladi?
5. Jahonda tabiatni muhofaza qilish va ekologik holatni sog‘lomlashtirish uchun qanday
amaliy ishlar olib borilmoqda?
3- mavzu
.
Jahon aholisi
8-§. Jahon aholisi soni va uning ko‘payishi
Tayanch iboralar
Aholi, aholi soni, aholining ko‘payishi, demografik o‘tish davri, promille, tug‘ilish,
o‘lish, tabiiy o‘sish.
Bir necha ming yillar mobaynida o‘limning juda yuqori va aholi o‘sish
sur’atlarining past bo‘lishligi o‘zining asosli sabablariga egadir. Dastavval,
bu – moddiy va sanitar-gigiyenik shart-sharoitlarning qoniqarsiz ahvolda
ekanligi, qolaversa, vaqti-vaqti bilan takrorlanib turuvchi ocharchilik, o‘lat,
vabo va chechak epidemiyalari natijasida yuzminglab odamlarning qirilib
ketishi bilan bog‘langandir. Yer sharida bunday ofatlar 200 – 400, 1200 –1300,
1600 –1650- yillar ichida qayd etilgan bo‘lib, o‘sha davrlarda aholi soni umuman
o‘smadi, 1300 –1400- yillar davomida qora o‘lat epidemiyasining ta’sirida
yer yuzi aholisining 1/4 qismi nobud bo‘ldi. Aholi ko‘rsatkichlariga oxiri
ko‘rinmayotgan urushlar ham katta ta’sir ko‘rsatib kelmoqda. Urushlar XVIII
asrda 5,2 mln., XIX asrda 5,5 mln., XX asrda esa deyarli 50 mln. kishining
yostig‘ini quritdi.
XIX asrgacha bo‘lgan davrda demografik jarayonlarda sezilarli o‘zgarishlar
bo‘lmadi. Undan keyingi davrlarda aholining tabiiy harakati ko‘rsatkichlarida
33
demografik o‘tish davriga xos jarayonlar boshlandi. U oila bajaradigan
vazifalarning keskin o‘zgarishi, turmushning nisbatan yaxshilanishi, aholining
yosh tarkibidagi siljishlar va boshqa omillar bilan bog‘landi.
Demograf olimlar demografik o‘tish davri 4 ta ketma-ket keluvchi bosqichni
o‘z ichiga olishligini ilmiy asoslab berganlar. B i r i n c h i b o s q i c h uchun tu-
g‘ilishning yuqori darajada saqlanishi va o‘limning keskin qisqarishi oqibatida
vujudga keluvchi juda yuqori darajadagi tabiiy o‘sish xosdir. I k k i n c h i
b o s q i c h ko‘p bolali oiladan kam bolali oilaga o‘tish, o‘limning qisqarishi,
tug‘i lishning esa undan ham ko‘p miqyosda qisqarishi natijasida tabiiy o‘sishning
kamayishi bilan ifodalanadi. U c h i n c h i b o s q i c h d a , avvalambor, aholi
ichida qariyalar sonining o‘sishi hamda tug‘ilishning asta-sekin pasayishi
natijasida umumiy o‘limning nisbiy darajasi birmuncha ko‘tariladi. Mazkur
bosqichda aholi soni juda oz miqdorda va jadal sur’atlarda o‘sadi yoki qisqaradi
(depopulatsiya jarayoni). To‘r t i n c h i b o s q i c h d a tug‘ilish va o‘lim
ko‘rsatkichlari tenglashadi, aholi sonining tabiiy-umumiy o‘sishi umuman
barham topadi.
Demografik o‘tish davri, dastavval, Yevropada XVIII asrda boshlandi.
Shunda tabiiy o‘sish koeffitsiyenti 20–30 promillega teng bo‘ldi. Buni
haqiqatan ham demografik inqilob deb atash mumkin. Chunki 10 –20 yil oldin
atigi 5 –10 promillega teng bo‘lgan tabiiy o‘sish koeffitsiyenti qisqa vaqt
ichida 2 –3 marta oshdi. Ushbu jarayon Yevropada 100 –150 yil davom etdi.
Undan keyingi davrda Yevropa mamlakatlari demografik o‘tishning uchinchi
bosqichida bo‘ldilar. Binobarin, Germaniya, Avstriya, Belgiya, Italiya, Daniya,
Vengriya, Nider landiyada aholining oddiy tabiiy-takror barpo etilishi ayrim
yillarda ta’minlanmayapti, ya’ni o‘lganlar soni tug‘ilgan bolalar sonidan ko‘p
bo‘l moqda.
Rivojlanayotgan mamlakatlarning ko‘pchiligi demografik o‘tish jarayonining
birinchi bosqichini o‘tmoqdalar.
AQSH, Yaponiya, Kanada, Avstraliya mamlakatlari ikkinchi bosqichni bosh-
dan kechirmoqdalar. Xitoy va boshqa mamlakatlar ushbu ikkinchi bosqichga
o‘tish arafasida turibdi. O‘zbekiston va boshqa Markaziy Osiyo mamlakatlarida
bi rinchi bos qichdan ikkinchi bosqichga o‘tish uchun zamin tayyorlandi.
Dunyo aholisi soni so‘nggi salkam 60 yil ichida 2,6 marta o‘sdi. Bundan ham
yuqori ko‘rsatkich Osiyo (2,9) va Afrika (4,5)ga xos bo‘ldi. Mazkur ko‘rsatkich
Yev ropada 1,3 martaga teng bo‘ldi. So‘nggi yillarda Yer yuzi aholisining mutlaq
soni yiliga o‘rtacha 90 mln. kishiga oshmoqda. Afrika, Markaziy va Janubiy
Osiyo, Markaziy Amerikada aholi sonining yuqori sur’atlar bilan o‘sishi
3 – A. Qayumov, i. safarov, M. tillaboyeva
34
kuzatilmoqda. Shu vaqtning o‘zida Yevropaning ayrim regionlarida aholi soni
juda past sur’atlar bilan o‘smoqda yoki deyarli o‘zgarmayapti.
Aholi dinamikasidagi farqlar mamlakatlarda mavjud aholi soni va ular
egallagan o‘rinlarda o‘z aksini topmoqda. Dunyoda aholisining soni bo‘yicha
yetakchi 25 mamlakat aniqlanib, ular egallagan o‘rinlarda 1985 –2013-yillarda
bo‘lib o‘tgan o‘zgarishlarning tahlili quyidagi xulosalarga olib keldi:
– ana shu yillarda va 2025-yillargacha bo‘lgan davrda birinchi to‘rtlik mamla-
katlarining tarkibi, o‘rni o‘zgarmaydi (Xitoy, hindiston, AQsh, indo neziya);
– mamlakatlar aholisining sonidagi farq kamaymoqda (birinchi mamlakatda 25
mamlakatga nisbatan aholi soni 28 marotaba ko‘p bo‘lgan bo‘lsa, bu ko‘rsatkich
2013- yilda 25 marotabaga teng bo‘ldi);
– ushbu mamlakatlarning asosiy qismi Osiyoga (1985-yilda 11 ta, 2013-yilda
12 ta) to‘g‘ri keladi. Yevropada 1985- yilda 6 ta, 2013-yilda esa 5 ta shunday
mamlakat bo‘lgan. Bu ko‘rsatkichlar Amerika bo‘yicha tegishli tarzda 3 va 3 ga,
4 - j a d v a l
Do'stlaringiz bilan baham: |