Geo iqtisod 9-uzb-5-2013. indd



Download 3,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/166
Sana25.02.2022
Hajmi3,29 Mb.
#463772
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   166
Bog'liq
Jahon iqtisodiy-ijtimoiy geografiyasi. 9-sinf (2014, A.Qayumov, I.Safarov) (1)

Ekologik siyosat.
Tabiiy resurslardan xo‘jasizlarcha foydalanish, atrof-
muhitning ifloslanib borishi biz yashayotgan, nafas olayotgan muhitni tobora 
betoblik girdobiga boshlamoqda. Bu, o‘z navbatida, jamiyat oldiga qarshi 
choralarni ko‘rishdek murakkab vazifalarni qo‘ymoqda.
Ekologik siyosat – ekologiya fani talab va tavsiyalarini hisobga olgan holda, 
bizni o‘rab turgan tabiiy muhitni muhofaza qilish va uni sog‘lom lashtirishga, 
tabiiy resurslardan samarali foydalanish va ularni boyitishga qaratilgan siyosatlar 
majmuasidir. odatda, bunday siyosat davlat, regional va global doirada olib 


31
borilishi mumkin va o‘zida tabiatni muhofaza qilishning huquqiy asoslari 
(qonunlar)ni yaratish va ularga amal qilishni ko‘zda tutadi.
Keyingi o‘n yilda AQSH, Yaponiya, qator Yevropa Ittifoqi va MDH davlatlari, 
ayrim rivojlanayotgan mamlakatlar murakkab ekologik holatni sog‘lomlashti-
rishga qaratilgan zaruriy-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqdilar, qonunlar qabul 
qildilar va amaliyotda qo‘llay boshladilar.
Ularda ekologiyani sog‘lomlashtirishga bel bog‘lagan xalq harakati va 
partiyalar (masalan, «Yashillar», «Grinpis» va boshqalar) faol ish olib
bora 
boshladi. Natijada, o‘tgan 80-yillar mobaynida, asosan, iqtisodiy rivojlangan 
mamlakat larda atrof-muhitning ifloslanish darajasi sekin-asta pasayib bordi. Bu 
ijobiy holatni aynan ana shunday harakatlarning natijasi, deb baholamoq kerak.
Shunga qaramay, ko‘pchilik mamlakatlarda ekologik vaziyat hamon kes-
kinligicha qolmoqda. Keng doirada amaliy natijalarga erishish uchun butun jahon 
doirasida kuchlarni birlashtirish zaruriyati mavjud. Shu maqsadda 1972-yilda 
Stokgolmda, 1975- yilda Xelsinkida, 1992- yilda Rio-de-Janeyroda, 1998- yilda 
Kiotoda atrof-muhit muhofazasiga oid yirik xalqaro anjumanlar bo‘lib o‘tdi va 
ularda muhim qarorlar qabul qilindi.
Muhim tomoni shundaki, atrof-muhitni muhofaza qilish va ekologiyani 
sog‘lomlashtirish muammolarini hal qilishda BMT va uning ko‘plab bo‘limlari 
faol ish olib bormoqda. Jumladan, BMTning atrof-muhitni muhofaza qilish dasturi 
(YUNEP)dir. Bu dastur atrofida shakllangan rasmiy idoralar turli mamlakatlarda 
bu sohada olib borilayotgan ishlarni muvo fiqlashtirib turadi, mamlakatlarda 
to‘plangan tajribalarni umumlashtiradi, istiqbolli ishlarni qo‘llab-quvvatlaydi. 
YUNEPning bosh idorasi Nayrobi (Keniya) shahrida joylashgan.
Atrof-muhitni sog‘lomlashtirishda, ekologik muammolarni ijobiy hal qi-
lishda jamoatchilikning ham katta xizmat qilishi kutiladi. Aynan shu maqsadda 
O‘zbekistonda jamoatchilik asosida «Ekosan» harakati tashkil topdi. U nafaqat 
O‘zbekistonda, balki butun Markaziy Osiyo mintaqasida tabiatni muhofaza qilish, 
aholi yashash muhitini sog‘lomlashtirish yo‘lida harakat qilmoqda.
Shunday qilib, tabiatdan foydalanishni takomillashtirish, barcha hudud va 
davlatlarda ilmiy asoslangan samarali ekologik siyosatni yuritish hozirgi davr 
oldida turgan eng muhim vazifalardan biridir.
Amaliy ish
1. «Atlas»dagi «Ekologik xarita»ni yozuvsiz xaritaga tushiring va uni tahlil qiling.
2. Yer sharida eng ifloslangan hududlar, havzalar va daryolarning ro‘yxatini aniqlab, 
daftaringizga yozib oling.


32

Download 3,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   166




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish