«Navoiyazot» aksiyadorlik jamiyati tabiatni (atrof-muhitni) himoya qilish - œzining eng dolzarb vazifalaridan biri va korxonaning o‘zoq muddatli rivojlanishining asosiy shartlaridan deb hisoblaydi va o‘zining birinchi o‘rindagi asosiy vazifalaridan biri ekanligini chuqur anglaydi. Korxona o‘zining faoliyati davomida Tabiatni muhofaza qilish borasidagi qonunlarga, Vazirlar Mahkamasi Qarorlari va yuqori tashkilotlar qo‘llanmalariga suyangan holda atrof-muhitga zararli ta'sirni kamaytirish borasida doimiy va aniq maqsadlarga qaratilgan ishlarni tashkil etadi va olib boradi.
Ushbu prinsiplarga asoslanib o'zining uzoq muddatli rivojlanish dasturlari va korxonaning texnik qayta jixozlash rejalarida har doim tabiatni muhofaza qilish ob'ektlarini qurish va rekonstruksiya qilishni kœzda tutadi.
Korxonaning atrof-muhitni himoya qilish borasidagi ishlari qo‘yidagi eng asosiy prinsiplarga asoslangan holda tashkil etilgan:
ekologik qonunchilik talablariga va atrof-muhitni himoya qilish borasidagi normativ va boshqa hujjatlar talablariga qat'iy rioya qilish;
xom-ashyo va energiya resurslarini tejash, texnologik rejim me'yorlaridan chetlashishini oldini olish, atrof-muhitga zararli moddalarni chiqishini kamaytirish, oqova suvlar bilan zararli moddalarni tashlanishini oldini olish, chiqindilarni minimizasiyasiga erishish va utilizasiya qilishga ko‘maklashuvchi tashkiliy-texnikaviy chora-tadbirlar ishlab chiqish va bajarilishini ta'minlash;
atrof-muhitni muhofazasida manfaatdor tashkilot va jamoatchilik bilan hamkorlikda ish olib borish, korxonaning ekologiya bo‘yicha olib borayotgan ishlarida ochiqlik;
avariya holatlarini oldini olishni tashkil etishda xavfsizlik darajasini oshirish va profilaktik tadbirlarni tashkil etish orqali korxona ishchi-xodimlari sog‘ligini ta'minlash;
atrof-muhitni muhofazasiga yo‘naltirilgan kompleks programmalar qabul qilish va bajarish orqali korxona ish faoliyatini atrof-muhitga ta'sirini kamaytirishga intilish.
Korxonada uchta asosiy yo‘nalishni o‘z ichiga olgan atrof-muhit muhofazasiga qaratilgan kompleks sistema ishlab chiqilgan va amalga oshirib kelinmoqda, bular:
har kunlik sistematik ishlar (kuzatuv, nazorat, o‘z vaqtida operativ tadbirlar qabul qilish, hisobga olish va hisobotlarni olib borish va boshqalar);
tashkiliy ishlar (normativlarni ishlab chiqish va tasdiqlash, ekologik ta'lim va targ‘ibot);
stiqbolli yo‘nalishlar (tadbirlar ishlab chiqish, tashlamalarni kamaytirish borasida xulosalarni qabul qilish, prosesslarni takomillashtirish, yangi loyihalarni ishlab chiqarish jarayonida xulosalar qabul qilish).
"Navoiyazot" AJdagi atmosferaga chiqariladigan tashlamalarni korxona Ekotaxlil (sanitar) laboratoriyasi hamda sex laboratoriyalari tomonidan nazorat qilinadi. Ekotaxlil laboratoriya O‘zdavstandart tizimida akkreditasiyalangan bo‘lib, texnikaviy vakolatga va 2015 yil 05 maydagi UZ.AMT.07.MAI.538-sonli akkreditasiya attestatiga ega. Laboratoriya zaruriy asboblar, jamlangan shtatlar va tasdiqlangan uslublarga ega.
Ekoanalitik (sanitar) laboratoriya, Navoiy ixtisoslashgan analitik tahlil inspeksiyasi bilan kelishilgan jadval asosida quyidagi yunalishlarda atrof-muhitni doimiy monitoringini olib boradi:
- ishlab chiqarish va sexlarning ishchi zonalari havo muhiti;
- "Navoiyazot" AJ territoriyasi havo muhiti;
- shlamonakopitel atrofi havo muhiti;
- sanitar-ximoya zonasi havo muhiti;
- profilaktoriya atrofi havo muhiti;
- shahar chegarasidagi va yaqin atrofdagi aholi yashash punktlari havo muhiti;
- 3 km masofagacha mash'al (podfakel'nie nablyudenie) osti kuzatuvlari.
- korxona gaz tashlamalari manbalari;
- korxona oqova suvlari monitoringi;
- yer osti suvlari (kuzatuv skvajinalari);
Navoiy viloyati ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi AMIMQB (Atrof muhit ifloslanishini monitoring qilish bo‘limi) bilan birgalikda Zarafshon daryosiga quyiladigan oqova suvlari monitoringi va LMZAV (atmosfera havosidagi zararli moddalar bilan zararlanishi monitoring etish laboratoriyasi) bilan birgalikda yaqin joylardagi turar joylar atmosfera havosi tarkibi tahlillari olib boriladi.
Ekoanalitik (sanitar) laboratoriya akkreditasiya doirasiga muvofiq, suv va havoni tahlil qilishda tashqi tashkilotlarga xam xizmat ko‘rsatadi.
"Navoiyazot" AJ, ekologik xavflilik bo‘yicha I kategoriyadagi korxonalar jumlasiga kiradi va talablarga asosan, atmosfera havosiga zararli moddalarni chiqishlari, oqova suvlar tashlamalari va chiqindilarni joylashtirish bo‘yicha barcha normativ hujjatlar ishlab chiqilib Davlat tabiatni muhofaza qilish organlari bilan kelishilgan.
Korxonada barcha qurilayotgan va rekonstruksiya qilinayotgan ob'ektlar, ushbu ob'ektlarni O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish qumitasida atrof-muhitga ta'sirini baholash tartibidan o‘tadi va Respublika Davlat ekologik ekspertizasining ijobiy xulosasidan so‘nggina foydalanishga qabul qilinadi.
"Navoiyazot" AJda davlat siyosati miqyosida har yili tabiatni muhofaza qilish bo‘yicha tadbirlar, hamda xom-ashe va energiya resurslarini tejash, texnologik rejim me'yorlaridan chetlashishini oldini olish (kamaytirish), atrof-muhitga zararli moddalarni chiqishini kamaytirishga ko‘maklashuvchi tashkiliy-texnikaviy chora-tadbirlar ishlab chiqilmoqda va bajarilmoqda.
Jumladan 2017 yil mobaynida 964 530 ming so‘mlik 80 ta tadbir muvofiq holda bajarildi. 2018 yilda sarf-xarajati 514 257 ming so‘mlik 52 ta, 2019 yilda sarf-xarajati 802 285 ming so‘mlik 59 ta tadbir muvofiq holda bajarildi. Atrof -muxitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqish va ekologik holatni yaxshilash, yuqori darajadagi ekologik xavfsizlikni ta'minlash maqsadida qilinadigan tadbirlar sarf-xarajati «Navoyazot» AJning o‘z hisobidan ajratiladi.
«Navoyazot» AJ balansida mintaqaviy ahamiyatga ega tabiatni muhofazalash ob'ekti - Navoiy shahri va Navoiy mintaqasi oqova suvlarini biokimyoviy tozalash inshooti mavjud. Biokimyoviy tozalash inshootiga keladigan oqova suvlarini 81%ni Navoiy shahri va Navoiy mintaqasi oqova suvlari tashkil etadi. Tozalangan oqova suvlar BXO dan so‘ng yaqin fermer xo‘jaliklari tomonidan ekinlarni sug‘orish uchun ishlatiladi.
2008 yilda 1-toifadagi xavfli chiqindi hisoblangan, ishlatilgan lyuminessent yoritgichlarni zararsizlantirish qurilmasi ishga tushirildi. Bu qurilmaning ishga tushishi nafaqat «Navoyazot» AJdagi yaroqsiz lampalarni zararsizlantirish muammosini yechibgina qolmay, Navoiy mintaqasidagi korxona va jamiyatlarning simobli lampalarini ishlatib bo‘lgan resurslarini utilizasiya qilish (zararsizlantirish) muammosi yechimini hal etdi.
2017 yilda qurilmada 15 402 dona ishlatib bo‘lgan resurslarini utilizasiyasi amalga oshirildi, shundan 3 168 donasi boshqa korxona va jamiyatlarnikidir.
2018 yilda 11 708 dona rtutli lampalar utilizasiya qilindi, shundan 2 981 donasi boshqa korxona va jamiyatlarniki bo‘lib shular ichida sponsorlik yordami shaklida Navoiy viloyati ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasining 100 dona lampasi utilizasii qilindi.
2019 yilda 11 690 dona rtutli lampalar utilizasiya qilindi, shundan 4 803 donasi boshqa korxona va jamiyatlarnikidir
«Navoiyazot» AJ tabiatni muhofaza qilishni yaxshilash faoliyati bo‘yicha davlat dasturlarida doimiy faol ishtirok etib kelmoqda.
Atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha harakat dasturining bajarilishi «Navoiyazot» AJ joylashgan hududda ekologik tanglikni kamaytirishga imkon beradi. Jumladan:
- 2015-2020 yillarda atrof muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi;
- atrof muhitni muhofaza qilish bo‘yicha 2017-2021 yillarga mo‘ljallangan dastur:
- O‘zbekiston Respublikasining atrof-muhitni muhofaza qilish va ekologiya bo‘yicha 2018-2028 yillar uchun chiqindilar sohasidagi tadbirlari dasturi.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat ekologik sertifikasiyalash sistemasida quyidagi ishlab chiqarish va chiqindilar sertifikasiyalashtirilgan:
Korxonaning Ammiak selitrasi, AFU, suyuq xlor, xlorid kislotasi, ammoniy xlorid, metanol, akril emulsiyasi, poliakrilamid geli, suyuq natriy sianidi va suyuq ammiak kabi ishlab chiqarishlariga ISO-14001 Xalqaro standarti tatbiq etilgan. ISO-14001 Xalqaro standartini amalga tatbiq etish bo‘yicha ishlar olib borish davom ettirilmoqda.
Atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha Amaliy dasturni bajarish «Navoyazot» AJ joylashgan tumanda atrof muhitga ta'sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan muammolarni bartaraf etishga qaratilgan.