ABO sistemasi bo‘yicha odam qoni guruxlarining xarakteristikasi
Qon guruxi
|
Gen
|
Genotip
|
Plazmadagi agglyutinin
|
Eritrotsitlardagi agglyutinogen
|
1
|
0
|
J0J0
|
alfa betta
|
|
2
|
A
|
J AJA,Ja J0
|
Betta
|
Alfa
|
3
|
V
|
JBJB,JBJ0
|
Alfa
|
Betta
|
4
|
AV
|
JaJB
|
|
AB
|
A va B dominant genlar genotipda birga bo‘lganda , bir-birini inkor qilmasdan 4-chi qon guruxini hosil qiladilar. Har bir allel ishtirokida alohida-alohida oqsil sintez qilingani uchun, 4-chi gurux geterozigotali
( AB ) organizmning qonida ikkala allelning oqsili bo‘ladi. SHunday qilib, odamlarda 4-qon guruxi kodominantlik bilan yuzaga chiqadi.
Mavzu: Mendelning birinchi va ikkinchi qonuni
Reja:
1. Dominantlik yoki birinchi avlod duragaylarining bir xillilik qonuni
2. Duragaylarida belgilarining ajralish qonuni
Tayanch so’zlar: Dominant, retsessiv, bir xillilik qonuni, ajralish yoki xilma-xillik qonuni
Mendelning 1-qonuni. Birinchi avlod duragaylarining bir xilligi yoki dominantlik qonuni.Mendel o‘zining tadqiqot larini eng sodda- monoduragay chatishtirishdan boshladi. U no‘xatning bir juft belgisi bilan farq qiladi -gan ikkita toza liniyasini ajratib oldi. Ulardan birining doni sariq, ikkinchisiniki esa yashil edi.Keyin bu ikki no‘xatni bir-biri bilan chatishtirganda, birinchi avlodda no‘xat donlarining xammasining rangi sariq bo‘lib chiqdi.
No‘xatning boshqa juft belgilarining irsiylanishini o‘rganganda xam, Mendel xuddi shunday natijalar oldi.Binobarin,birinchi avlod duragaylarida har bir juft alternativ belgilardan faqat bittasi yuzaga chiqdi Birinchi avlod duragaylarida yuzaga chiqqan bu belgini Mendel dominant belgi, yuzaga chiqmagan belgini esa retsessiv belgi deb atadi.Dominant belgilarni lotincha katta – A,V,S, harflar bilan, retsessiv belgilarni esa kichik a,v,s, harflar bilan belgiladi.Mendelning ushbu tajribasida sarik rangni belgilovchi gen dominant \A\, yashil rangni belgilovchi gen esa retsessiv \a\ deb ifodalanadi.Alternativ belgilarni belgilovchi bir juft \Aa\ genlari – allel genlar deyiladi.
Mendel 3 - avlodni analiz qilib,tashqi ko‘rinishi bir hil bo‘lgan organizmlar,irsiy faktorlari bilan farq qilishiga e’tibor berdi. Keyingi avlodda ajralish bermay- digan organizmlarni, Mendel gomozigota organizmlar deb atadi. Gomozigota organizmlarda bir genning bir xil allellari – ikkalasi dominant \AA\,yoki ikkalasi xam retsessiv \aa\ bo‘ladi.Keyingi avlodlarda ajralish beradigan organizmlarni geterozigota organizmlar deyiladi va ular \Aa\ deb belgilanadi.
Mendel o‘zining tajribalaridan olgan natijalariga asoslanib, birinchi avlod duragaylarining birxillik qonunini quyidagicha ta’rifladi: “Bir juft alternativ belgilari bilan farq qiladigan gomozigota organizmlar o‘zaro chatishtirilganda, birinchi avlod duragaylarining hammasi ota-onasining birining belgisiga ega bo‘ladi va avlodlarning hammasi bu belgi bo‘yicha bir hil bo‘ladi”
Mendelning ikkinchi qonuni: Mendel tadqiqotlarini davom ettirib,birinchi avlod duragay no‘xat donlarini ekib o‘stirdi. Keyin u G‘1 duragayno‘xatlarni o‘zaro chatishtirib, olingan donlarni statistik usulda taxlil qilganda, no‘xat donlarining 3\4 qismi sariq, 1\4 qismi esa yashil bo‘lib chiqdi.
Mendel belgilarning ajralish xarakterini,no‘xatning boshqa belgilarini o‘rganib tasdiqladi va ikkinchi avlodda belgilarning ajralishini asoslab berdi. Mendel o‘zining ikkinchi konunini quyidagicha ta’rifladi:”Birinchi avlod duragaylarini o‘zaro chatishtirilganda, ikkinchi avlodda dominant va retsessiv belgilarning ajralishi fenotip bo‘yicha 3 :1 nisbatda , genotip bo‘yicha esa 1:2:1 nisbatda bo‘ladi. Retsessiv belgili individlar ikkinchi avlodning umumiy miqdorining 1\4 qismini dominant belgili individ- lar esa 3\4 tashkil qiladi.
Keyingi tadqiqotlar Mendelning konunlari jinsiy yo‘l bilan ko‘payadigan diploid organizmlarning xammasi uchun tegishli ekanligini tasdiqladi. Odamlarda ham bir qator monoduragay irsiylanuvchi belgilar bor.Bularga lablarning qalin-yupqaligi, kipriklarning uzun-kaltaligi, qoshning qalin-yupqaligi va boshqa bir qator belgilar kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |