Genetika va evolyutsion



Download 8,04 Mb.
Pdf ko'rish
bet38/186
Sana18.02.2022
Hajmi8,04 Mb.
#456680
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   186
Bog'liq
GENETIKA VA EVOLYUTSION TA’LIMOT EVOLYUTSION TA’LIMOT II QISM

chiqishi.
Organik olamning tarixiy, rivojlanishi to`g`risidagi g`oya to`g`ri ekanligini 
dastlab Darvin o`simliklar va hayvonlarning uy sharoitida o`zgarishi misolida
ko`rsatdi. Avval madaniy o`simliklarning, xonaki hayvonlarning nav va zotlari 
nihoyatda ko`p ekanligi Darvinni hayratga soldi.Aniqlanishicha, nokning 5000 
dan ortiq, tokning 1000 dan ortiq, olxo`rining 2000 ga, shaftolining 5000 ga, 
qulupnayning 2000 ga, atirgulning 10000 yaqin , g`o`zaning 6000 dan ortiq navi 
bor. Qoramollarning 400ta, qo`ylarning 350 ta, otlarning 250 ta, itlarning 350 ta, 
tovuq va kanareykalarning 150 dan ortiq zoti mavjud. Bir turga mansub zot va 
navlar tashqi belgi va xossalari bilan o`zaro farqlanadi. Masalan, har xil tovuq 
zotlarini olsak, ular tanasining katta-kichikligi, umurtqalari soni, kalla suyagining 
tuzilishi, tojining shakli va boshqa xossalari bilan bir-biridan keskin farq qiladi. 
Bramaputra tovug`ining tirik vazni bentamka tovug`ining vaznidan 17 marta og`ir. 
Bentamka tovug`ining kalla suyagi kaxenxin tovuqlarinikiga nisbatan ikki marta 
kichik. (10-rasm).Turli tovuq zotlari tuxumining vazni 20 g dan 80 g gacha bo`ladi.
Xonaki hayvon zotlari va o`simlik navlarida, odam uchun foydali belgi-xossalar 
yovvoyi formalarnikiga nisbatan yaxshi rivojlangan. Darvin xonakilashtirilgan 
hayvonlar va madaniy o`simliklarning kelib chiqishini isbotlash maqsadida kaptar, 
tovuq, karam va boshqa hayvon, o`simlik zotlari va navlarini har tomonlama 
chuqur tahlil qildi va tajribalar o`tkazdi. Bu hodisa ayniqsa kaptarlar misolida 
ko`zga yaqqol tashlanadi. 
Darvin xonaki kaptarlarning kelib chiqishiga doir ma’lumotlar anchagina 
qadimiy ekanligini, bu to`g`rida turli asarlar yozilganligini, kaptarlardagi 
o`zgarishlar juda xilma-xilligini qayd qildi. Uning fikricha, barcha xilma-xil 
kaptar zotlarini 4 guruhga bo`lish mumkin. Birinchi guruhga bo`qoq kaptarlar 
kiritilib, ularning jig`ildoni
anchagina kengaygan bo`ladi. Ikkinchi guruhga kiruvchi 
kaptar zotlari tumshug`i uzunligi, ko`zi atrofida bo`rtib chiqqan so`galsimon 
o`simtalar borligi bilan xarakterlanadi. Uchinchi guruhdagi kaptarlarning tumshug`i 
kalta, ko`zi atrofidagi terisi kam rivojlangan bo`ladi. Tuzilishiga ko`ra yovvoyi qoya 


51 
kaptariga o`xshaydigan xonaki kaptarlar to`rtinchi guruhga kiradi.(11-rasm). 
10-rasm.
 Yovvoyi va xonaki tovuq zotlari: 1- yovvoyi bankiv tovug`i; 2- leggorn; 
3- plemutrok; 4-yurlov qichqirog`i; 5-kaxenxin; 6-urushqoq dakan tovug`i;
7- yapon feniks tovug`i. 
Har bir guruhga kiruvchi kaptarlar ayrim belgilari bilan bir-biriga bir oz 
o`xshasada, boshqa belgi-xossalari bilan keskin farq qiladi. Masalan, uchinchi 


52 
guruhdagi tovuqsimon kaptarlarda dum patlarining soni 42 taga yetadi. Vaholanki, 
boshqa xonaki kaptarlarda u 12 ta. Turman kaptarlari esa boshqa kaptarlardan 
farq qilib, uchayotganda orqasiga to`nkarilib o`ynaydi. Bu ma’lumotlar ham xonaki 
kaptar zotlari bir- biridan keskin farq qilishini ko`rsatadi. Shunga qaramay, xilma-xil 
zotlar bir-biri bilan taqqoslansa, eng xarakterli formalardan tortib, to yovvoyi qoya 
kaptarlarigacha bo`lgan oraliq formalarni ko`rish mumkin. 
11-rasm
. Kaptar zotlari va ularning yovvoyi ajdodi. 1. Bo`qoq kaptar.
2. Pochta kaptar. 3. Yakobin kaptari. 4. Tovus kaptar. 5. Ko`k qoya yovvoyi 
kaptari. 
Darvin xonaki kaptar zotlari qanchalik xilma-xil bo`lmasin, ularning hammasi 
bitta yovvoyi tur—qoya ko`k kaptaridan kelib chiqqan, degan xulosaga keldi va bu 
fikrning to`g`riligini isbotlash maqsadida bir qancha dalillar keltirdi. Uning qayd 
qilishicha, qoya yovvoyi kaptarlarining kul rangi zangori tus bilan aralashgan, 
dumining usti oqish, chetlari qora yo`l-yo`lli bo`ladi. Qanotlarida ham ikkitadan 
qora yo`l bor. Mazkur belgilar ko`pgina xonaki zotlarda ham har xil darajada 
rivojlanadi. Darvin kaptarlarning ko`pgina zotlariga xos tashqi va ichki belgilarni: 
oyog`i, dumi, qanotlari, kalla suyagi, bo`qog`ini, tumshug`ining katta-kichikligi, dum 
patlarinnng sonini tekshirdi. Ularning urchishi, fe’l-atvori, jo`ja ochishi, erkak va 
urg`ochi kaptarlar o`rtasidagi munosabatlarni kuzatdi hamda Hindistondan, Erondan 
mahalliy kaptarlarning xilma-xilligiga, tashqi, ichki tuzilishiga oid ma’lumotlar oldi 
va ularni o`zidagi ma’lumotlar bilan taqqosladi. U o`zidagi barcha ma’lumotlarni 
tahlil qilib, barcha uy kaptarlari jamoat qushlari hisoblanishini, daraxtlarga 


53 
qo`nmasligini, ko`pincha bo`g`otlar ostida bola ochishini, qoya yovvoyi kaptari bilan 
chatishib, nasl berishini aniqladi. 
Darvin oq va qora kaptarni chatishtirish yo`li bilan ularning naslida qoya ko`k 
kaptarlariga o`xshash formalarni olishga muvaffaq bo`ldi. Ba’zan kaptarlarda atavizm 
hodisasi ro`y beradi, ya’ni har xil kaptarlarni chatishtirganda, qoya ko`k yovvoyi 
kaptarlariga o`xshash kaptarlar vujudga keladi. Ana shunday dalillarni xulosalab, 
Darvin barcha xonaki kaptarlarning ajdodi qoya yovvoyi ko`k kaptari ekanligini 
ta’kidlaydi. Bu tur Norvegiyadan to Yapon dengizigacha bo`lgan butun territoriyada 
tarqalgan, Yevropada u O`rta Dengiz qirg`oqlarida, Qrim, Don, Kavkazda va O`rta 
Osiyo respublikalarida uchraydi. Shuningdek, tovuqlarning barcha xonaki zotlari 
ham 

Download 8,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   186




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish