Genetika va evolyutsion



Download 8,04 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/186
Sana18.02.2022
Hajmi8,04 Mb.
#456680
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   186
Bog'liq
GENETIKA VA EVOLYUTSION TA’LIMOT EVOLYUTSION TA’LIMOT II QISM

3.
 
Darvinning yirik asarlari va ularning qisqacha mazmuni. 
Darvining “Turlarning kelib chiqishi” nomli asari aniq va mantiqiy reja 
asosida yozilgan bo`lib, Lyayel ta’biri bilan aytganda, «bir uzun argument»dan 
iborat edi. Asar 14 bobdan tuzilgan bo`lib, xilma-xil hayvonlar zoti va o`simliklar 
navini 
chiqargan 
inson 
amaliyotini 
tahlil 
qilishdan 
boshlanardi. 
Inson 
organizmlarning irsiyati va o`zgaruvchanlik xossalari tufayli sun’iy tanlashda 
ajoyib natijalarga erishganligi ko`p misollar zaminida tushuntiriladi. So`ngra tabiiy 
sharoitdagi tanlanish bayon etiladi. Darvin o`zgaruvchanlik va irsiyat xossalari 
tabiiy sharoitda yashaydigan organizmlarga ham mansubligini, lekin bu yerda 
«yashash uchun kurash» yoki «hayot uchun raqobat», «organizmlarning geometrik 
progressiya yo`li bilan ko`payishi» tanlanish sababchisi ekanligini qayd qiladi. 
Yangi nazariyaga oid qiyinchiliklar Darvinning diqqat markazida turdi. Bu 
qiyinchiliklarning eng asosiysi tur xili qanday qilib turga aylanadi, nima sababdan 
har xil turlar o`rtasida oraliq formalar uchramaydi, degan masaladir. Bu qiyinchilik 
yashash uchun kurash, belgilarning ajralishi va oraliq formalarning qirilib ketishi 
g`oyalari bilan bartaraf qilindi. Darvin ba’zi hollarda soddadan murakkab tomon 
rivojlanishda oraliq formalar uchrashini ta’kidladi. 
Yangi nazariya oldidagi qiyinchiliklardan yana biri hozirgi organizmlarning 
ajdodlari orasida izchil paleontologik qatorlar yo`qligi va paleontologik 
qazilmalardagi yetishmovchilikdir. Darvin bunday yetishmovchiliklar tabiiy 
ekanligini, chunki qadimgi davrda yashagan hayvonlar vaqt o`tishi bilan yo`qolib 
ketishini, shunga ko`ra, hech bir vaqt «geologik solnoma» to`la bo`lmasligini qayd 
qildi. Asarning so`nggi boblari evolyutsion nazariyani paleontologik, biogeografik, 
sistematik, qiyosiy anatomik va embriologik dalillar bilan isbotlashga qaratilgan. 
Darvin turli-tuman dalillar, g`oyalar zaminida tabiiy tanlanish yo`li bilan 
turlarning paydo bo`lishidagi nazariya kreatsionistlar nazariyasiga nisbatan ko`p 
afzalliklarga ega ekanligini ta’kidladi. 
«Turlarning kelib chiqishi» asari Darvin tomonidan bajarilgan juda katta 
mehnatning bir ulushidir. Asarda bayon etilgan fikrlarning to`g`riligini isbotlash va 
rivojlantirish maqsadida Darvin keyinchalik ham yana ko`p asarlar yozdi. 
Ulardan biri 1868 yili nashr etilgan «Xonakilashtirilgan hayvonlarning va madaniy 
o`simliklarning o`zgaruvchanligi» nomli asardir. Asarda tabiiy tanlanish haqidagi 
nazariyani isbotlash maqsadida hayvon zotlari, o`simlik navlarini chiqarish tajribasi, 
ya’ni sun’iy tanlash masalasi juda keng, puxta, ilmiy tarzda yoritildi. 
1871 yili Darvin «Odam paydo bo`lishi va jinsiy tanlanish» degan asarini nashr 
ettirdi. Bu kitobning ko`p sahifalari, antropolog Ya. Ya. Roginskiy uqtirishicha, 
Uolles maqolasidagi fikrlar xususidagi munozara natijasi edi. Uolles 1864 yili nashr 
ettirgan maqolasida odam paydo bo`lishida Darvin qarashlaridan keskin farq qilgan 
g`oyani ilgari surdi. Uning mulohazasiga ko`ra, odam ajdodlaridagi o`zgarishlar 
tabiiy tanlanish yo`li bilan vujudga kelgan bo`lsada, biroq odam miyasi
aqliy 
qobiliyatlarining rivojlanishi bilan uning ta’siri to`xtaydi, chunki odamdagi tuyg`ular, 
ongli hayot qobiliyati, ahloqni tabiiy tanlanish yoki evolyutsion nazariya bilan 
tushuntirib bo`lmaydi. Darvin yuqoridagi asarida Uolles fikrlarining noto`g`ri 
ekanligini uzil-kesil isbotlashni maqsad qilib qo`ydi. Asarning birinchi bobida odam 
hayvonot olamidan kelib chiqqanligini isbotlovchi qiyosiy anatomiya, fiziologiya, 


46 
embriologiya, sistematika, paleontologiya dalillari keltiriladi. 
Asarning keyingi boblarida hayvonlar bilan o`simliklar turlarining paydo 
bo`lishida muhim rol o`ynagan omillar — o`zgaruvchanlik, irsiyat, tanlanish 
odamning kelib chiqishida ham muhim rol o`ynaganini ko`rsatib o`tildi. Asarda 
odamning hayvonot olamida tutgan o`rni belgilab berildi, Darvin Ouen va 
Uolleslarning «odam o`z miyasining rivoj topishi va ruhiy holati bilan hayvonlardan 
tubdan farq qiladi va shunga binoan uni hayvonlardan ajratish kerak» degan 
mulohazalarini tanqid qildi va mazkur masalani ilmiy jihatdan hal etdi. 
Darvin odam paydo bo`lishi masalasini biologiya fani nuqtai nazaridan hal 
etgan bo`lsada, lekin bunda ijtimoiy omillar qanday rol o`nnaganini ochib bera 
olmadi. Darvin asarining ikkinchi qismi jinsiy tanlanishga bag`ishlangan. U juda ko`p 
dalillar, kuzatishlarni tahlil qilib, ikkinchi darajali jinsiy belgilarning paydo 
bo`lishini, hayvonlarda jinsiy tanlanish qanday ro`yobga chiqqanligini atroflicha hal 
qildi. Bulardan tashqari, Darvin yana ko`pgina asarlar yozdi va ularda evolyutsion 
nazariyaning ayrim muammolarini atroflicha yoritdi. «O`simliklar olamida chetdan 
va o`z-o`zidan changlanishning ta’siri», «Hasharotxo`r o`simliklar to`g`risida», 
«Odamda va hayvonlarda tuyg`uning ifodalanishi» kabi asarlari bunga yorqin 
misoldir. Darvin asarlarining jami 10 tomdan iborat. Uning asarlari sinchkovlik 
bilan dalillar to`plash va ularni keng ko`lamda nazariy jihatdan asoslashning yorqin 
namunasidir. U induksiya bilan deduksiyaning, analiz bilan sintezning doimiy o`zaro 
aloqasini to`g`ri qo`llagan olimdir. 

Download 8,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   186




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish