Genetika akadem ik litsey o ‘quvchilari uchun darslik



Download 2,96 Mb.
Pdf ko'rish
bet71/132
Sana03.02.2022
Hajmi2,96 Mb.
#427924
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   132
Bog'liq
Genetika

40-r a s m.
Normal holatda va xromo­
soma sindromlarida atd burchagi.
1 — Patau sindromi, 2 —
Daun sindro- 
mi, 3 — Shereshevskiy-Terner sindro­
mi, 4 —
norma, 5 —
Klaynfel’ter sin- 
dromi.


106
Genetika
O ‘naqaylarda murakkab teri chiziqli shakllari o ‘ng qo‘lda 
ko‘proq uchraydi. Ayollarda o‘ramalar erkaklarga nisbatan kam- 
roq, sirtmoqlar va yoylar esa ko‘proq uchraydi.
Teri chiziqlari relyefi irsiy jihatdan determinatsiyalangandir va 
poligen irsiylanish tipida nasldan naslga o‘tadi. Monozigot egizak- 
larda teri chiziqlari shakli konkordantligi 0,8—0,9 ga, dizigot egi- 
zaklarda esa 0,3—0,5 ga tengdir, shuning uchun ham bu usuldan 
egizaklarning zigotaligini aniqlashda keng foydalaniladi.
Keyingi yillarda dermatoglifika usuli tibbiyot genetikasida keng 
qo‘llanilmoqda. Bu usul xromosoma sindromlariga tashxis qo‘yish- 
da qo‘shimcha usul sifatida qo‘llanilishi mumkin.
Masalan, jinsiy xromosomalar soni o‘zgarganda (aneuploidiya) 
umumiy papillyar qirralar soni o‘zgaradi. X xromosomalar soni 
qancha ko‘p bo‘lsa, umumiy qirralar soni shuncha kamayib bora- 
di. D, C, E trisomiyalarida bosh kaft chiziqlarining yo‘nalishlari 
ham o‘zgaradi. Autosomalar aneuploidiyalari ham umumiy qirralar 
sonining o‘zgarishiga sabab bo‘ladi. Masalan, o ‘ramalar deyarli 
uchramaydi, radial sirtmoqlar ko‘proq IV barmoqda uchraydi
E trisomiyasida faqat yoylar uchraydi (umumiy qirralar soni 0 ga 
teng bo‘ladi).
Daun kasalligida ulnar sirtmoqlar ko‘proq uchraydi, atd bur- 
chagi 80° ga yaqin bo‘ladi, kaftda chuqur ko‘ndalang burma 
(“maymun” burmasi) uchraydi. Jimjiloqda yolg‘iz bukuvchi bur- 
macha 40% gacha uchraydi (2% o‘rniga).
Patau sindromida yoylar miqdori ortadi, umumiy qirralar soni 
kamayadi, IV va V barmoqlarda radial sirtmoqlar ko‘proq uchray­
di (umumiy populyatsiyada esa II barmoqda), t triradiusining dis­
tal siljishi natijasida atd burchagi 108° gacha ortadi.
Edvards sindromida ham yoylar soni ortadi (6 yoki undan 
ko‘proq barmoqlarda), kaft chiziqlari soddalashishi kuzatiladi.
Multifaktorial patologiyada ham dermatoglifikaning o ‘zga- 
rishlari kuzatiladi. Shizofreniya, qandli diabet, semirish va shu kabi 
irsiy moyilli kasalliklarda dermatoglifika o‘zgaradi. Lekin bunday 
kasallikda dermatoglifikaning o ‘ziga xos o ‘zgarishlari kuzatilmaydi. 
Shuning uchun ham dermatoglifik tekshirishlar irsiy kasallikka 
tashxis qo‘yishning birdan bir asosi bo‘lishi mumkin emas.
Lekin shunday bo ‘lishiga qaramasdan kasal proband va uning 
fenotipik sog‘lom ota-onalari hamda sibslar genotipida o ‘xshashlik 
elementlarini aniqlash lozim bo‘lganda dermatoglifika qulay usul 
hisoblanadi. Masalan, dermatoglifika o‘xshashligi asosida kasal


107
proband qarindoshlari o‘rtasida xatar darajasi yuqori bo‘lgan 
guruhlarni ajratib olib ularni dispanser nazoratiga qo‘yish mumkin.
Dermatoglifik m a’lumotlarning prognoz ahamiyati bo ‘lishi 
ham mumkin. Dermatoglifika ko‘rsatkichlari umum populyatsiya 
darajasidan qancha katta farq qilsa, proband uchun prognoz shun- 
cha noqulay hisoblanadi.
Dermatoglifika usuli quyidagi maqsadlarda qo‘llaniladi:
1. Xromosoma sindromlarini aniqlashda yordamchi usul sifatida.
2. Egizaklar zigotaligini aniqlashda. 3. Sud tibbiyotida.
Populyatsion-statistik usul. Bu usul populyatsiyaning genetik 
strukturasini, ya’ni undagi allellar va genotiplar uchrash chasto- 
tasini aniqlashga imkon beradi.
Genetikada 

Download 2,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   132




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish