G’aznachilik va davlat jamg`armalari fakulteti “byudjet hisobi va g`aznachilik ishi” kafedrasi baxramov shukrullo shodiqul o’G’LI


Bitiruv malakaviy ishi tarkibi va hajmi



Download 0,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/23
Sana13.06.2022
Hajmi0,74 Mb.
#664050
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
Bog'liq
Smeta Yo\'ldasheva Diyoraxon

Bitiruv malakaviy ishi tarkibi va hajmi.
Bitiruv malakaviy ishining tarkibi 
kirish, uchta bob, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro`yxatidan tashkil topgan. 
Bitiruv malakaviy ishining kirish qismida mavzuning dolzarbligi, maqsad va 
vazifalari, tadqiqot ob’yekti va predmeti, nazariy-amaliy ahamiyati hamda bitiruv 
malakaviy ishi tarkibining qisqacha tavsifi keltirib o`tilgan.
Bitiruv malakaviy ishining I bobi “Byudjet tashkilotlarida smetalarni 
shakllantirish hamda g’aznachilikda ularga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritish 
tartibi”, II bobi “G’aznachilikda byudjet tashkilotlari smetalariga o’zgartirish va 
qo’shimchalar kiritishning amaldagi holati va tahlili” shuningdek, III bob “Byudjet 
tashkilotlarida risklarni boshqarish va xarajatlar smetasiga kiritiladigan 
o’zgartirishlar nazoratini amalga oshirish” deb nomlangan bo`lib, ushbu boblar 
doirasida mavzuga oid masalalari keng yoritilgan hamda yanada takomillashtirish 
bo’yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan. 
Bitiruv malakaviy ishning xulosa qismida g’aznachilikda byudjet 
tashkilotlari smetalariga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritish jarayonini 
optimallashtirish bo’yicha olib borilgan tadqiqotlar natijasi bo’yicha tegishli 
xulosalar, taklif va tavsiyalar bayon etilgan. 


7
I BOB. BYUDJET TASHKILOTLARIDA SMETALARNI 
SHAKLLANTIRISH HAMDA G’AZNACHILIKDA ULARGA 
O’ZGARTIRISH VA QO’SHIMCHALAR KIRITISH TARTIBI 
1.1. Byudjetdan mablag’ oluvchilarning xarajatlar smetasi to’g’risida 
tushuncha, ularning mazmun va mohiyati 
 
Xarajatlar smetasi tashkilotlarni saqlashga hamda xo’jalik va madaniy 
qurilish bo’yicha markazlashtirilgan tadbirlarni amalga oshirishga byudjetdan 
beriladigan mablag’larning hajmini, maqsadli yo’nalishini va choraklar bo’yicha 
taqsimotini belgilovchi asosiy reja hujjati hisoblanadi va Moliya vazirligi 
tomonidan o’rnatilgan namunaviy normativ hamda sotsial-iqtisodiy rivojlanish 
rejasi asosida tuziladi.
Byudjet tashkilotlari va byudjet mablag’lari oluvchilarning xarajatlar 
smetalarini tuzish - xarajatlar smetalari byudjet tashkilotlari va byudjet mablag’lari 
oluvchilar tomonidan, yil oylari bo’yicha taqsimlangan holda: 
-
xarajatlarning birinchi - uchinchi guruhlari bo’yicha xarajatlarning 
moddalariga ko’ra ajratib; 
-
xarajatlarning to’rtinchi guruhi bo’yicha xarajatlarning moddalariga ko’ra 
ajratmasdan tuziladi. 
Xarajatlar smetasiga xarajatlarning moddalari bo’yicha to’rtinchi guruh 
xarajatlari yoyilmasi, shuningdek davlat ehtiyojlari uchun ustuvor ravishda kichik 
tadbirkorlik sub’yektlaridan xarid qilinadigan tovarlar (ishlar, xizmatlar) 
guruhlarining ro’yxati bo’yicha xarajatlar yoyilmasi ilova qilinadi. 
O’zbekiston Respublikasining xorijdagi har bir diplomatik vakolatxonasi 
va 
konsullik 
muassasasi 
bo’yicha 
xarajatlar 
smetalari 
O’zbekiston 
Respublikasining 
xorijdagi 
diplomatik 
vakolatxonalari 
va 
konsullik 
muassasalarining O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan 
yillik jamlanma xarajatlar smetalari asosida xorijiy va milliy valyutada tuziladi. 
“Byudjet tashkilotlarining va byudjet mablag’lari oluvchilarning xarajatlar 
smetalari ikki nusxada, byudjet mablag’larini taqsimlovchi tasarrufidagi byudjet 


8
tashkilotlari va byudjet mablag’lari oluvchilar bo’yicha uch nusxada tuziladi”
4

Moliya organlari va byudjet mablag’larini taqsimlovchilar byudjet 
tashkilotlari hamda byudjet mablag’lari oluvchilarning xarajatlar smetalariga doir 
hisob-kitoblarni talab qilishga haqlidir. 
Byudjet mablag’larini taqsimlovchi o’z tasarrufidagi tashkilotlardan kelib 
tushgan xarajatlar smetalarini moliya yili uchun byudjet mablag’larini 
taqsimlovchiga byudjetdan ajratiladigan mablag’lar hajmi doirasida ko’rib chiqadi 
va byudjet mablag’larini taqsimlovchining O’zbekiston Respublikasi Moliya 
vazirligiga taqdim etiladigan jamlanma xarajatlar smetasini tuzadi. 
Xarajatlar smetasining, jamlanma xarajatlar smetasining va ularga doir 
ilovalarning shakllari, shuningdek ularni tuzish tartibi O’zbekiston Respublikasi 
Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadi. 
O’z qaramog’idagi tashkilotlarning smetalarini markazlashtirilgan 
xarajatlar smetasi vazirlik, idora, hokimiyatning boshqarma va bo’limi bo’yicha 
smetalarni 
ko’rib 
chiqqandan 
keyin 
O’zbekiston 
Respublikasi 
va 
Qoraqalpog’iston Respublikasi, vazirliklari, idoralari, hokimiyatlarning 
boshqarmalari hamda bo’limlari, Davlat byudjeti xarajatlari tasnifiga muvofiq, 
tegishli byudjet bo’yicha boblari, paragraflari, ob’yektlari va kichik ob’yektlari 
bo’yicha xarajatlarning umumlashtirilgan umumiy smetasini tuzadilar, 
xarajatlarni amalga oshirish muddati va mavsumiyligiga qarab umumlashtirilgan 
smeta xarajatlarini har bir paragrafi, ob’yektlar turi hamda kichik ob’yektlar 
bo’yicha yilning choraklari bo’yicha taqsimotini belgilaydilar. 
“Byudjet tashkilotining yoki byudjet mablag’lari oluvchining so’roviga 
ko’ra moliya yilida uning uchun nazarda tutilgan xarajatlarning ayrim moddalar 
bo’yicha byudjetdan ajratiladigan mablag’larning hajmlari xarajatlarning boshqa 
moddalari bo’yicha byudjetdan ajratiladigan mablag’lar teng miqdorda 
kamaytirilgan hamda byudjet tashkiloti yoki byudjet mablag’lari oluvchi uchun 
nazarda tutilgan byudjetdan ajratiladigan mablag’larning tasdiqlangan umumiy 
4
Ozbekiston Respublikasi Byudjet kodeksi. 2013 yil 26 dekabr. 102-modda. 


9
hajmi saqlab qolingan holda ko’paytirilishi mumkin”
5
.
Mazkur o’zgartirishlar byudjet tashkilotlari va byudjet mablag’lari 
oluvchilar tomonidan xarajatlar smetasiga yiliga ko’pi bilan to’rt marta kiritiladi, 
shuningdek: 
-
O’zbekiston 
Respublikasining 
respublika 
byudjetidan 
moliyalashtiriladigan byudjet tashkilotlari va byudjet mablag’lari oluvchilar 
bo’yicha - byudjet mablag’larini taqsimlovchi tomonidan; 
-
byudjet mablag’larini taqsimlovchilar bo’yicha-O’zbekiston Respublikasi 
Moliya vazirligi tomonidan; 
-
Qoraqalpog’iston Respublikasining respublika byudjetidan, viloyatlarning 
viloyat 
byudjetlaridan 
va 
Toshkent 
shahrining 
shahar 
byudjetidan 
moliyalashtiriladigan byudjet tashkilotlari va byudjet mablag’lari oluvchilar 
bo’yicha - Qoraqalpog’iston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent 
shahar hokimliklarining moliya boshqarmalari tomonidan; 
-
tumanlar va shaharlar byudjetlaridan moliyalashtiriladigan byudjet 
tashkilotlari va byudjet mablag’lari oluvchilar bo’yicha - tumanlar va shaharlar 
hokimliklarining moliya bo’limlari tomonidan; 
-
davlat maqsadli jamg’armalari byudjetlaridan moliyalashtiriladigan 
byudjet mablag’lari oluvchilar bo’yicha - davlat maqsadli jamg’armalarini 
taqsimlovchi organlar tomonidan ro’yxatdan o’tkaziladi. 
Byudjet tashkilotlarining xarajatlar smetasiga kiritiladigan o’zgartirishlar 
soni hisobga olinayotganda byudjet tashkilotlarida ishlovchi ayollarga 
homiladorlik va tug’ish nafaqasi to’lash uchun byudjet tashkilotining tasdiqlangan 
xarajatlar smetasi doirasida byudjetdan ajratiladigan mablag’larni bir moddadan 
boshqa moddaga ko’paytirishni yoki kamaytirishni nazarda tutuvchi o’zgartirishlar 
hisobga olinmaydi. 
Byudjet tashkilotining va byudjet mablag’lari oluvchining so’roviga ko’ra 
kamaytirish tomonga o’zgartirishlar kiritishga yo’l qo’yilmaydigan xarajatlar 
moddalari O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilanadi. 
5
Ozbekiston Respublikasi Byudjet kodeksi. 2013 yil 26 dekabr. 150-modda. 


10
Qonun hujjatlariga muvofiq ish haqi miqdorlari oshirilishi munosabati 
bilan byudjet tashkilotining shtat jadvaliga kiritiladigan o’zgartirishlar moliya 
organi tomonidan ro’yxatdan o’tkazilmaydi. Byudjet tashkilotining shtat jadvaliga 
kiritilgan o’zgartirishlar O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan 
belgilangan shakl bo’yicha tegishli moliya organida ro’yxatdan o’tkazilishi lozim, 
ushbu moddaning uchinchi qismida ko’rsatilgan hollar bundan mustasno. 
Byudjet tashkilotlarida asosiy moliyaviy hujjat xarajatlar smetasi 
hisoblanadi, uning asosida byudjet tashkilotlari xarajatlarni amalga oshirish 
huquqiga ega. «Smeta» termini tushunchasini turli manbalar asosida ochib 
beramiz
11 
ushbu holatni quyidagi rasm ma`lumotlarida keltiriladigan mahalliy va 
xorijiy olimlarning ilmiy talqinlari misolida ko`rib chiqamiz (1-jadval). 

Download 0,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish