3
KIRISH
Bitiruv
malakaviy
ishi
mavzusining
dolzarbligi.
O’zbekistonda
iqtisodiyotni strategik va innovatsion rivojlantirish jarayonlarini amalga oshirish
borasida qabul qilinayotgan davlat dasturlarida davlat byudjeti shaffofligini va
barcha darajadagi byudjetlar mutanosibligini ta’minlash, byudjet mablag’larini
samarali rejalashtirish hamda maqsadli sarflash kabi o’ta muhim vazifalar
belgilanmoqda. O’zbekiston Respublikasi byudjet tashkilotlarida smetasini tashkil
etishning muhim tarkibiy qismi hisoblangan byudjet
nazoratining nazariy va
huquqiy asoslariga, uning zarurligi va mohiyati, turlari va usullariga tayangan
holda ushbu mavzuni yoritishga harakat qildik. O’zbekiston Respublikasi
mustaqillikka erishganidan so’ng bozor talabalariga
javob bera oladigan milliy
byudjet tizimini shakllantira oldi hamda ushbu sohada hozirgi kunga kelib xalqaro
me`yor talablari darajasida strategik islohotlar amalga oshirib kelinmoqda.
Byudjet tashkilotlarining samarali faoliyati ko’p jihatdan uning moliyaviy
mablag’lar bilan etarli darajada ta’minlanishiga bog’liq. Shu sababdan byudjet
tashkilotlarida byudjet mablag’laridan oqilona va samarali
foydalanish dolzarb
masalalardan biri sanaladi. Byudjet tashkilotlari byudjet mablag’larining asosiy
iste’molchisi hisoblanadi. Shu sababdan Davlat byudjeti
xarajatlarining asosiy
ulushi byudjet tashkilotlari hissasiga to’g’ri keladi va bu xarajatlar smetasi asosida
qonunchilikda belgilangan tartibda byudjetdan moliyalashtiriladi. Ushbu holatlar
normativ hujjatlarda ham o’z aksini topgan bo’lib, “Byudjet tashkiloti va byudjet
mablag’lari oluvchilarning O’zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti hisobidan
xarajatlari byudjetdan ajratiladigan mablag’lar doirasida va ularning xarajatlar
smetalarida ko’rsatilgan maqsadlarda amalga oshiriladi”
1
- deb belgilab qo’yilgan.
Zero, davlatimiz rahbari Sh.Mirziyoyev ta’kidlaganlaridek, “Davlat byudjeti
o’lchovsiz emas, mablag’larni qattiq tejash, belgilangan maqsad uchun va oqilona
ishlatishni ta’minlash zarur. Bu – hammaga ravshan va rad etib bo’lmaydigan
1
“Byudjet tashkilotlari va byudjet mablag’lari oluvchilarning xarajatlar smetasi
va shtat jadvallarini tuzish,
tasdiqlash va ro’yxatdan o’tkazish tartibi to’g’risidagi” Nizom O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan
2014 yil 15 dekabrda 2634-son bilan ro’yxatdan o’tgan.
4
haqiqat.
2
Shuning uchun ham 2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini
rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasini
«Faol tadbirkorlik, innovatsion g’oyalar va texnologiyalarni qo’llab-quvvatlash
yili»da amalga oshirishga oid davlat dasturida «Byudjet daromadlari va
xarajatlarining xalq uchun ochiq va oshkora bo’lishini ta’minlash»
3
bo’yicha aniq
chora-tadbirlar belgilab berildi.
Byudjet tizimida bosqichma-bosqich amalga oshirilgan
islohotlar natijasida
Davlat byudjeti ijrosini amalga oshirishning mukammal me’yoriy huquqiy hamda
tashkiliy asosi yaratildi. Jumladan, O’zbekiston Respublikasining Byudjet kodeksi,
“Buxgalteriya hisobi to’g’risida”gi Qonun, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasining
“Byudjet
muassasalarini
mablag’
bilan
ta’minlashni
takomillashtirish to’g’risida”gi Qarori, “Byudjet tashkilotlari va byudjetdan
mablag’ oluvchilarning xarajatlar smetasi va shtatlar jadvalini tuzish, tasdiqlash va
ro’yxatdan o’tkazish tartibi to’g’risida”gi Nizom, “Byudjet tashkilotlarida
buxgalteriya hisobi to’g’risida”gi Yo’riqnoma, “O’zbekiston Respublikasi Davlat
byudjetidan mablag’ bilan ta’minlanadigan tashkilotlarning
davriy moliyaviy
hisobotlarini tuzish, tasdiqlash hamda taqdim qilish bo’yicha qoidalar” va boshqa
shu kabi me’yoriy hujjatlar qabul qilindi. Davlat byudjeti ijrosining ushbu
me’yoriy hujjatlar doirasida amalga oshirilishi byudjet daromadlari va xarajatlari
o’zaro muvofiqligini ta’minlab kelmoqda.
Byudjetlarni tuzish, ijrosini amalga oshirish va nazorat qilish mablag’larni
samarali va maqsadli sarflanishini ta’minlashga xizmat qiladi. Shu sababdan
byudjet ijrosi jarayonida ishonchli axborotga ehtiyoj vujudga keladi. Hozirgi
sharoitda byudjet mablag’laridan oqilona va samarali foydalanish dolzarb
masalalardan biri sanaladi. Yuqoridagi holatlar g’aznachilikda byudjet tashkilotlari
2
Mirziyoyev Sh.M., Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik – har bir rahbar faoliyatining
kundalik qoidasi bo’lishi kerak, http://prezident.uz/uz/lists/view/187
3
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 22 yanvardagi «2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini
rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasini «Faol tadbirkorlik, innovatsion
g’oyalar va texnologiyalarni qo’llab-quvvatlash yili»da amalga oshirishga oid davlat Dasturi to’g’risida»gi PF-5308-
son Farmoni. www.lex.uz
5
smetalariga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritish tartibi
va uni optimallashtirish
masalalari ilmiy o’rganish zaruratini yuzaga keltiradi va mazkur bitiruv malakaviy
ishi mavzusining dolzarbligini belgilab beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: